Yaponiya haqida qiziqarli faktlar

Yaponiya deb atalgan go'zal va ajoyib mamlakat haqida eshitmagan kimsa bo'lmasa kerak. Bu mamlakat bilan bog'liq ko'pdan-ko'p qiziqarli ma'lumotlar va faktlar bor. Quyida sizlar uchun ularning ayrimlarini taqdim etamiz:

# Yaponiya toʻrtta asosiy oroldan iborat: Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu. Xonsyu mamlakat hududining 61 foizini, Xokkaydo 22 foizini, Kyusyu 11 foizini va Sikoku esa 5 foizini egallaydi. Bundan tashqari, mamlakatda 6800 dan ortiq kichik orollar mavjud.

Boshqalar o'qimoqda: Al Aqso masjidi haqida qiziqarli faktlar

# Yaponcha "karaoke" soʻzi "kara" (boʻsh) va "oke" (orkestr) soʻzlaridan kelib chiqqan.

# Yaponiyada dunyodagi eng yuqori umr koʻrish davomiyligi kuzatiladi: oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 85 yil.

# Yaponiyada 100 yoshdan oshgan 50 mingdan ortiq odam yashaydi, bu esa mamlakatni uzoq umr koʻruvchilar soni boʻyicha yetakchilardan biriga aylantiradi.

# Yapon temir yoʻl tizimi dunyodagi eng aniq tizimlardan biri boʻlib, poezdlar soniyagacha aniq qatnovga ega.

# Yaponiya joylashgan Tinch okeanining yongʻin halqasida yilda 1500 dan ortiq zilzila sodir boʻladi.

# Yapon gullarni bezash sanʼati — ikebana, uygʻunlik, muvozanat va soddalikka eʼtibor qaratadi.

Boshqalar o'qimoqda: Dubay haqida faktlar

# Har yili yaponlar 24 milliarddan ortiq ramen isteʼmol qilishadi.

# Sumo kurashi Yaponiyaning milliy sport turi boʻlib, u 1500 yildan ortiq tarixga ega.

# Yaponiyada 6000 dan ortiq odam yashamaydigan orollar mavjud.

# Fukuoka shahrida dunyodagi birinchi boʻronlardan himoyalangan metro tizimi mavjud.

# Yaponiyada choychaqa qoldirish odobsizlik hisoblanadi va qabul qilinmaydi.

# Yaponiya arxipelagi shimoldan janubga 3000 kilometrga choʻzilgan.

# Nishiama Onsen Keyunkan, dunyodagi eng qadimgi faol kompaniya, 705 yildan beri ishlaydi va Yamanashi prefekturasida joylashgan.

# Yaponiya dunyodagi ikkinchi eng katta musiqiy bozor hisoblanadi.

Boshqalar o'qimoqda: Kanada haqida qiziqarli ma'lumotlar

# Okunosima oroli "Quyonlar oroli" deb nomlanadi, bu yerda yuzlab quyonlar erkin yashaydi.

# Yaponiyada 200 dan ortiq vulqon bor, ulardan 108 tasi faol hisoblanadi.

# Dunyodagi eng qisqa eskalator Yaponiyaning Kavasaki shahrida joylashgan boʻlib, u atigi 5 qadamdan iborat.

# Yaponiyada dunyodagi eng past semizlik darajasi kuzatiladi, bu anʼanaviy ovqatlanish va porsiyalarni nazorat qilishga bogʻliq.

# Yaponiyada eng tez tarqalayotgan din islomdir.

# Yaponiyada 130 dan ortiq masjid va yuzlab namozxonalar mavjud.

# Yaponiyadagi musulmonlar soni taxminan 250 mingga yetadi.

# Yaponiyada turkiy xalqlar va yaponlarning umumiy ajdodlarga ega ekanligi haqida nazariyalarni qoʻllab-quvvatlovchi guruhlar mavjud. 1921 yilda "Turon milliy ittifoqi" tashkil etilgan. Keyinchalik, bu fikrlar mustahkamlanib, boshqa tashkilotlar ham tuzilgan.

# Yapon tili alohida tarmoq sifatida turkiy, moʻgʻul va koreys tillarini oʻz ichiga olgan Altay til oilasiga kiradi.

Boshqalar o'qimoqda: Qatar haqida siz bilmagan faktlar

# Yaponlar dunyodagi eng mehnatsevar xalqlardan biri boʻlib, ular intizom, hurmat va burchni his qilish bilan ajralib turadi. Shuningdek, ular oʻta xushmuomala va tejamkor.

# 50-59 yoshdagi yaponlarning 48 foizi kuniga 6 soatdan kam uxlaydi.

# Yaponiya betakror madaniyati bilan tanilgan. Bu yerda Fudzi togʻi, sakura gullashi, qadimiy anʼanalar va zamonaviy texnologiyalar birlashgan.

# Yaponiyaning anʼanaviy sanʼatlari orasida choy marosimlari, kalligrafiya va gullarni bezash sanʼati mashhur.

# Samuraylar Yaponiyaning jangchilari boʻlib, ular 19-asr oʻrtalarigacha faol boʻlgan.

# Yaponiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri hisoblanadi.

# BMT reytingiga koʻra, Yaponiyada hayot darajasi boʻyicha 10-oʻrinni egallaydi.

# Yaponiya dunyoda aholi soni boʻyicha 11-oʻrinda, orollar davlatlari orasida esa Indoneziyadan keyin 2-oʻrinda.

# Yaponiya iqtisodiyoti dunyodagi eng rivojlangan iqtisodiyotlardan biri boʻlib, yalpi ichki mahsulot boʻyicha AQSh, Xitoy va Germaniyadan keyin 4-oʻrinda turadi.

 

Maqola manbadan olindi

Surat manbasi

Комментарии