Dubay haqida faktlar

Dubay haqida qiziqarli va daxshatli faktlar. 

Bir paytlar sahroning bir qismi bo'lgan va undan tortib olingan ushbu shahar haqida quyida ajoyib faktlarni bilib olishingiz mumkin. 

Dunyo muzeylari qiziqarli faktlar

Birlashgan Arab Amirligidagi Dubay amirligining markazi Dubay shahri hozirda ko'pchilik tomonidan "Kelajak shahri" deya tilga olinadi. Dubay so'zini "lichinkadan chiqqan chigirtka" deya tarjima qilish mumkin. O'z ma'nosiga yarasha ushbu shahar boshqa yirik shaharlar bilan solishtirilganda go'yoki birdaniga paydo bo'lib qolgan megapolisga o'xshaydi. XIX asr boshlarida Dubay aholisi atigi 1200 kishini tashkil qilgan bo'lsa, hozirda ushbu shahar aholisi 3,5 milliondan oshgan. Shahar maydoni esa 2019-yilgi ma'lumotlarga ko'ra 3885 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Ammo shahar vaqt o'tgan sayin kengayib bormoqda. Shahar yerlarini esa sahrodan tortib olingan yerlar deb ta'riflash mumkin. 

Dubay ko'rinishi

Dubayning qisqacha tarixi

1940-yilgacha Dubay kichik bir aholi punkti edi. Bu yerda yashagan aholi marvarid sotish va uni oziq-ovqatga almashtirish orqali kun ko'rishar edi. Keyinchalik yaponiyaliklar marvaridni sun'iy yo'l bilan yetishtirishni boshlashdi va shu bilan haqiqiy marvaridga bo'lgan ehtiyoj jahon bozorida ancha pasaydi. Natijada Birlashgan Arab Amirliklarida inqiroz boshlandi. Biroq keyinchalik ushbu hududda neft topilgach hammasi o'zgardi. Dubayda ko'p qavatli binolarning qurilishi 1979-yilda boshlangan bo'lib o'sha yili bu yerda 39 qavatli Dubay jahon savdo markazi bunyod etildi. Qurulishi tugallangach, bu bino yaqin sharqdagi eng baland binoga aylanadi. Keyinchalik esa, bu kabi va bundan ham baland osmonupar binolar birin-ketin qurilishi boshlandi. Misol uchun Dubay shahrining timsollaridan biri bo'lgan Burj Al Arab binosi 1994-1999 yillarda qurib bitkazilgan. 321 metr balandlikka ega ushbu bino 2008-yilgacha eng baland mehmonxona maqomini saqlab turgan. 

Dubay tarixi

Dubay metropoliteni

Yaponiyalik rassom yetti yil davomida miniatyurali qiziqarli dioramalarini yaratib kelgan

Bu yerdagi metropolitenning hayratlanarli jihati bu yerda metro harakati avtomatlashtirilgan. Ya'ni metropolitendagi poyezdlarni hech kim haydamaydi, ya'ni vagonlar metr, santimetrgacha aniqlikda bir xil nuqtalarda to'xtaydi. Metropoliten 2009-yil 9-sentabr kuni ishga tushirilgan bo'lib, o'zining 2 ta tarmog'iga va ularning ichiga kiruvchi 49 ta bekatiga egadir. Metropolitenning umumiy uzunligi 90 kilometrga tengdir. Metro odatda har 10 daqiqada keladi. Ammo tig'iz paytlarda har 4-5 daqiqada manzilga yetib keladi. Shu yo'l bilan metro vagonlarining to'lib ketishi oldi olinadi. Dubay metropolitenini yana bir qulay tomoni poyezdlar shaharning diqqatga sazovor joylari savdo markazlari bilan kesishgandir. Ya'ni siz savdo markazlariga metro orqali bemalol o'tishingiz mumkin. Bu yerdagi vagonlar 3 toifaga bo'lingan: gold, silver hamda ayollar va bolalar uchun vagonlar. Panoramali oynali gold toifadagi vagonlar kengroq va keng charm o'rindiqlarga ega. Hashamatli vagonda sayohat qilish uchun siz metro kassalaridan birida mahsus tarif bo'yicha chipta sotib olishingiz kerak bo'ladi. 

Dubay metrosi

Dubayda qayerlarga borish mumkin?

Toshkent tarixi haqida faktlar

Bu shahar faqat hashamatli va osmonupar binolardan tashkil topmagandir. Shaharning eski qismi Dubay tarixini ko'rsatish uchun, o'tmishni urf-odatlarini unutib qo'ymaslik uchun o'z holicha saqlanib qolingan. Dubay Creek bo'yida saqlanib qolgan ushbu hudud bir vaqtlari savdo-sotiq va marvarid yetishtirish bo'yicha markaz bo'lgan. Ushbu joyda 1998-yildan beri Shayx Muhammad Bin Roshid madaniy tushunish markazi faoliyat yuritib keladi. Ushbu madaniyat markazida shahar mehmonlariga amirliklar tarixi, amirliklar urf-odatlari haqida so'zlab beriladi. Milliy choy va shirinliklar bilan mehmon qilinadi. Mahalliy ko'chmanchi xalq badaviylarni hayoti haqida ko'p ma'lumotlar bilib olishingiz, o'zingizni ularning sharoitida his qilib ko'rishingiz mumkin. The View At The Palm kuzatuv maydonchasi Palm Tower osmonupar binosining 52 - qavatida, 240 metr balandlikda joylashgan. Bu yerda turib Palm Jumeirah orollari va shahar osmonupar binolari va agar to'g'ri vaqt tanlay olsangiz quyosh botishi manzaralaridan bahramand bo'lish mumkin. 

Dubay ovqat

Kelajak muzeyi haqida

Museum of the Future 2022 yil 22 fevral kuni ochilgan. Ushbu majmua insoniyat taraqqiyoti va kelajagiga bag‘ishlangan bo‘lib, u yerda yaqin o‘n yilliklar ichida insoniyat kelajagi qanday bo‘lishi kutilayotgani haqida tanishib olishingiz mumkin.

Burj Khalifa

Burj Khalifa hozirda mavjud osmono‘par binolar orasida eng balandi hisoblanadi. Binoning ochilish marosimi 2010 yil bo‘lib o‘tgan va uning balandligi 828 metrni tashkil qiladi.

Binoning 148 qavatida, 555 metr balandlikda joylashga kuzatuv maydonchasi ham dunyodagi eng baland kuzatuv maydoni hisoblanadi. 148-qavatda joylashgan kuzatuv maydonchasi 2014 yilda ochilgan. Ushbu maydonchaga lift bir daqiqadan ortiqroq vaqt ichida ko‘tariladi.

Makka haqida bilishingiz lozim bo'lgan faktlar

Burj halifa

Safari-tur

BAAdagi eng hayajonli va unutilmas tadbirlardan biri bu sahro safari. Poyonsiz qumlar hashamati odamni hayratga soladi va ilhomlantiradi. 50−60 yillar uslubidagi Land Rover avtomashinalarida sahro bo‘ylab sayyohat, tuya minish, sahro ko‘chmanchi xalqlarining taomlaridan tanovul qilish — sizga yangicha taassurotlar hadya etadi.

Sahro bo‘ylab safarilarni uyushtiradigan Dubaydagi yagona kompaniya — Platinum Heritage. Sahro bo‘ylab uyushtiriladigan ekologik sayyohat davomida sahro manzarasiga zarar yetkazmaslik maqsadida faqat mahsus yo‘l bo‘ylab haraklaniladi.

The Green Planet 

The Green Planetda tabiiy hayot tarzi va yopiq tropik muhitning tabiiy muvozanatini saqlaydigan 3000 dan ortiq o‘simlik va hayvon turlari to‘plangan. The Green Planet binosida, shuningdek, ekotizimning hayotiyligini saqlaydigan, dunyodagi eng katta yopiq, sun’iy daraxt deya hisoblanuvchi 25 metrli ulkan daraxt joylashgan.

Green planet dubai

Foto manbasi

Suratlar manbasi

Manba

Comments