Ginnes Rekordlari Kitobi

Ginnesning Rekordlar kitobi bu har yili yangilanib kelinayotgan inson, hayvon va noyob tabiat hodisalarining rekordlari haqida ma’lumotnomadir. Muxtasar qilib aytganda, barcha ajoyib va aql bovar qilmaydigan narsalar haqida.

Ginnes Rekordlar Kitobi, shu nom bilan 1955 yildan 2021 yilgacha ma’lum va Ginnes rekordlar kitobi sifatida Amerika Qo’shma Shtatlarining avvalgi nashrlarida har yili chop etilgan qo’llanma bo’lib kelgan. Ushbu kitob, Hugh Beaverning g’oyasi bo’lgan. 1954 yil avgust oyida Londondagi Ross Makuirter egizaklar tomonidan asos solingan.

2021-yilda ushbu kitobning nashr etilib kelinganiga 66 yilga to’ladi. U shu 66 yil ichida 100 ta mamlakatda, 23 tilda nashr etiladi va uning ma’lumotlar bazasida 53 000 dan ortiq rekordlar mavjud. Ginnes Rekordlari nafaqat bosma shaklda balki o’z muzey va teleko’rsatuvlariga egadir. Butun dunyodan keladigan rekordlarni tekshirish tashkilot maxsus sudyalarni yollaydi. Olingan rekordlar tartib bilan kataloglashtiriladi va so’ng tekshiriladi.

Ginnes Rekordlari Kitobi tarixi

Ginnes rekordlari muallifi
Foto:https://eadaily.com/ru

Mashhur kitobning tarixi 1951 yilning 10 noyabrida boshlandi. Shu kuni Ginnes pivo zavodi ijrochi direktori Xyu Biver Irlandiyada Slaney daryosi yaqinidagi bir necha mahalliy aholi bilan ov qilayotgan edi. Ov paytida barcha ovchilar garov o’ynashadi. Garovda Biver “oltin rjanka” qushini nishonga olib ota olmaydi. U oltin rjanka qushi Yevropadagi eng tez qush ekanligini ta’kidlaydi va shu onda u da’vo qilayotgan ma’lumotga hech qanday isbot yo’qligini tushunadi. Biver ingliz va irland pub (pivoxona) larida ko’pgina garovlar o’ynalishi, lekin u garovlarni isbotlash uchun hech qanday kitob hali ham yozilmaganligini tushunadi.

3 yildan so’ng Biver yana garov o’ynaydi va bu garovda nishon bo’lib shotland kakligi bo’ladi. Aynan mana shu voqeadan keyin u dalil bo’ladigan qandaydir manba kerak ekanligiga amin bo’ladi. Bu fikr amalga oshishi uchun Ginnes hodimi Kristofer Chatevey o’zining universitetdagi do’stlari Norris va Ross Mak-Uayrterga taklif bilan chiqishadi. 1954 yilda loyiha moliyalashtiriladi va Ginnes kompaniyasi direktorlar kengashi loyihani tasdiqlashadi. 

Ginnes Rekorlari Kitobi ofisi Londonning Flit-stritida ochilgandan so’ng, ilk nashr 198 betda 1955 yilning 27 avgustida dunyo yuzini ko’rib, britan “bestseller”lari (eng ko’p sotilgan) qatoriga qo’shiladi. Keyingi yilda kitob AQSH da nashr qilindi va 70 000 tirajda sotildi. O’sha vaqtdan beri Ginnes Rekordlari Kitobining 100 milliondan ortiq nusxasi 100 ta davlatda 37 ta tilda nashr etilgan.

Kitob kutilmagan xitga aylandi va ko’pgina boshqa turda ham chop etildi. Mak-Uayrterlar kitobga ma’lumot yig’ishga ozgina kuch sarflashmagan. Ular kitobni dunyoga keltirish uchun ko’p yillar mehnat qilishgan. Ikkisining xotirasi juda ham yaxshi bo’lib, “Rekordsmenlar” nomli serialda ular auditoriyadagi bolalarning turli jahon rekordlari haqidagi savollariga to’g’ri javob berishib hammani lol qoldirishgan.

Ginnes Rekordlari Kitobi Evolusiyasi

ginnes kitobi muallifi
Foto: https://2queens.ru/

Rekordlar uchun rasmiy mezon yo’q. Musobaqalar Olimpiya og’ir atletika, eng uzoq masofaga tuxum otish, Grand Theft Auto IV o’yinini eng uzoq o’ynash, uch daqiqa ichida iste’mol qilinadigan xotdoglar va boshqa turlarga bo’linadi. Rekordlardan tashqari, u eng og’ir shish, eng zaharli qo’ziqorin, eng uzun opera yoki eng qimmatli hayotni sug’urtalash siyosati va boshqalar kabi faktlarni o’z ichiga oladi. Masalan Maurisio Julianoga tegishli bo’lgan dunyoning barcha mamlakatlariga tashrif buyurgan eng yosh yigit kabi yoki biror narsaga erishgan insonlar va ularning yoshi bilan ham bog’liq bo’lgan rekordlar ham Ginnes Rekordlari Kitobiga yoziladi.

Har bir nashr Ginnes Rekordlari bazasidan olingan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Kitobning yangi nashrida albatta eski rekordlarni yangilinanganlari ham bo’ladi.

Norris Makuirterni 1995 yilda maslahatchi lavozimidan ketishi va keyinchalik Diageo Plc kompaniyasining Ginnes rekordlar kitobining brendini sotish haqidagi qarori kitoblarning kontentini matndan suratli kontentga o’zgarishiga sabab bo’lgan. Ginnesning barchi rekordlari uchun rasmiy veb saytda login yaratib ko’rishingiz mumkin.

Ginnes Rekordlari Kitob bilan bog’liq yana qator qo’shimcha kitoblar va television qismlar chiqarildi.

Kitobga kirgan “Eng ko’p sonli rekordlarga ega inson” rekordiga Nyu Yorklik Ashrita Furmana 2009 yilning aprel oyida erishgan. O’sha yilda unda 100 ta rekord bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib uning 220 dan ortiq rekordlari mavjud.

2005 yilda Ginnes Rekordlari Kitobi jahon bo’ylab insonlar o’rtasida rekordlarni kengaytirish uchun 9 noyabrni Xalqaro Ginnes Rekordlari kuni deb e’lon qildi. 2006 yilda 10 davlatda 100 000 dan ortiq inson o’z rekordlarini o’rnatish uchun faol bo’lganligi aytiladi. 12 oy ichida Ginnes Rekordlari Kitobi 2244 ta yangi rekordlar haqida ma’lut berdi. Bu esa o’tgan yilgan nisbatan 173% ko’proq degani. 2008 yilning fevralida NBC telekanali barcha davrlarning Top-100 dunyo Ginnes Rekordlarini e’lon qildi.

Kitobning kulgili rekordlari haqida

Vaqt o’tishi bilan “Ginnes Rekordlar Kitobi” ning tarkibiga turli kulgili va shubhali rekordlar ham kiritila boshlandi. Masalan tiritil yeyish yoki tupurish rekordlari kabilar. Nima bo’lganda ham, kitobning tarkibiga kirish uchun insonlar harakatda. 1998 yilgacha kitobning nomi “Ginnes Rekordlari Kitobi” bo’lgan bo’lsa, undan keyin uning nomi “Ginnes Jahon Rekordlari”ga o’zgardi. Hozirda kitob 100 dan ortiq mamlakatlarda, 20 dan ortiq tillarda chop etiladi. Qiziqarlisi, kitobning o’zi ham kitob nusxalarining AQSH ommaviy kutubxonalaridan o’g’irlanishi bo’yicha rekord o’rnatgan. 2015 yilda kitobning 60-yubiley nashri chop etildi.

ahmoqona ginnes rekordlari
2015 yil rekordi: Met Dopson beli bilan 1 daqiqada 19 beysbol tayog’ini sindirib rekord o’rnatgan. 
Foto: https://2queens.ru/)
Ahmoqona rekordlar
2015 yil rekordi: 83 yoshlik dog’istonlik bo’lgan Abdurahman Abdulazizov sochi bilan 81,5 kglik rekord og’irlikni ko’targan.
(Foto: https://2queens.ru/)

Ginnes rekordlariga qanday qilib ro’yxatdan o’tsa bo’ladi?

ginnes kitobidan ro'yxatdan o'tish

O’z rekordingizni o’rnatish uchun Ginnes Rekordlari Kitobi saytining rasmiy sahifasida ro’yxatdan o’tishingiz lozim bo’ladi. Saytda o’zingizni rekordingiz haqida xabar berishingiz mumkin: pullik va bepul. Pullik bo’lgan tarzda 700$ evaziga sizning arizangizni tekshiruv hay’ati 5 kunda ko’rib chiqadi. To’lashni istamasangiz, 12 hafta kutishdan boshqa chorangiz qolmaydi, sababi arizalar soni juda ko’p. 

Agar siz o’z rekordingizni o’rnatsangiz Ginnes Rekordlari Kitobiga kiritilasiz va mashhur bo’lasiz. Faqat bir narsani esdan chiqarmang, Ginnes sizga rekordingiz haqida sertifikat va rekordingizni o’z kitobida chop etishdan boshqa hech narsa bermaydi. Demak, rekord o’rnatganingiz uchun hech qanday to’lov yo’q! 

 

Materialni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi: