Qushlar haqida faktlar

qushlar

1. Qushlarning 10 000 turi mavjud. Ular katta kichik va juda ko'p turli xil ranglarga qarab turlarga bo'linadilar! 

Yong‘oqning qanday foydalari bor?

2. Qarg'alar inson nutqi va tovushlariga taqlid qila oladilar. 
Yovvoyi tabiatdagi qarg'alar inson tilini tushuna olmasa-da, uy ichida, qafasda ular juda gapiruvchan bo'lib qolishlari mumkin. Ba'zi qarg'alar odam nutqini taqlid qilishda to'tiqushlardan ham yaxshiroq, mashina dvigatellari yoki hojatxonalarning suvi chayqalishi kabi odam dunyosidan tovushlarni aytmasa ham bo'ladi. Yovvoyi tabiatda qarg'alar ba'zan bo'ri yoki tulki kabi yirtqichlarga taqlid qilib, ularni yordamga o'zlari ochishga qodir bo'lmagan mazali tana go'shtiga chaqirishadi.

qarg'a
Foto: https://www.istockphoto.com/photos/funny-raven

3. Tuyaqushlar quruqlikdagi yashovchi hayvonlar orasida eng katta ko'zlarga ega. Tuyaqushning ko'zlari quruqlikda yashovchi har qanday hayvonlarning eng kattasidir va taxminan bilyard sharchasidek kelib, bu ko'zlar tuyaqush miyasidan kattaroqdir.

tuya qush
foto: https://www.livescience.com/27433-ostriches.html

4. Boyqushlar o‘ljasini butunligicha yutib yuboradi. Boyqushlar kattaroq hayvonlarni (masalan quyonlarni) ushlaganlarida, ularni "yirtib" tashlashadi. Biroq, ular kichikroq hayvonlarni (masalan sichqonlarni) shunchaki yutib yuborishlari ham ma'lum. 

Hayvonlar tabassumi

5. Ba'zi o'rdaklar bir ko'zini ochib uxlaydi. Guruh bo'lib uxlaganda, navbatchi o'rdaklar bir ko'zini ochib uxlab, guruhni qo'riqlashadi. 

6. Kolibrilarning ko‘pchiligi juda kam vaznga ega. O'rtacha 1 ta kolibri 4 gramm atrofida, eng kichigi, ari kolibri esa 1,6 grammga yaqinroq, 1 tanga og'irligidan kamroqdir. Kolibrilar oilasining eng katta a'zosi, "ulkan kolibri" 24 grammgacha vazn yig'ishi mumkin.

7. Ko‘pchilik to‘tiqushlar tovushga taqlid qila oladi. To'tiqushlar atrof-muhitga moslashishi uchun tovushga taqlid qiladilar. Bu ijtimoiy qushlar o'zlarini chetda his qilishni yoqtirmaydilar, shuning uchun ular muloqot qilish uchun atrofida eshitadigan tovushlarga taqlid qiladilar. Ularda odamlardagidek ovoz paychalari yo‘q, ular tomog‘idagi mushaklar yordamida havoni boshqacha yo‘naltiradi, bu esa ularga telefon jiringlashi, eshikning g'iyqillashi yoki itning huriyotgani kabi tovushlarni taqlid qilishga imkonini beradi.

to'ti qush

8. Bassian thrushes nomli qush orqasidan yel chiqarib oziq ovqat topadi. Qurt bilan oziqlanuvchi Bassian thrushes qushi o'z o'ljasini ya'ni qurtlarni daraxtning qaysi kavagida joylashganligini bilish uchun orqasidan gaz chiqaradi va qurtlarni harakatga keltirib ular bilan oziqlanishni boshlaydi. 

Germaniya haqida qiziqarli ma’lumotlar

Foto: https://www.thesprucepets.com/three-birds-great-pets-for-kids-390539

Ma'lumotlar manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi

Uzbek

Comments