#1. Abu Rayxon Beruniy 973-yilda Xorazmning Kat shahrida tug'ilib, 1048-yili G'azna shahrida vafot etgan.
#2. Beruniy qomusiy olim bo'lib, 150 dan ortiq asar yozgan.
#3. Beruniy dengizlar nazariyasini ishlab chiqib, geografiya fanida katta inqilobiy o'zgarish yasagan.
#4. Mutafakkir insoniyat tarixida birinchi bo'lib sayyoramiz globusini yasagan va Yer sharining radiusini aniqlagan.
Polat Alemdar haqida faktlar
#5. Abu Rayxon Beruniy Xristofor Kolumb Amerikani kashf qilishidan 5 asr avval G'arbiy yarimsharda quruqlik mavjudligini bashorat qilgan.
#6. Beruniy birinchi bo'lib Yerning o'z o'qi va Quyosh atrofida doimiy harakatlanishini ilmiy isbotlagan.
#7. Beruniy trigonometriya faniga asos solgan.
Imom Termiziy haqida faktlar
#8. Mutafakkir qiyosiy dinshunoslik, etnologiya va madaniyatshunoslik fanlarining ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqqan.
#9. Beruniy Iogann Keplerdan 600 yil avval sayyoralarning elliptik orbita bo'ylab harakatlanishi nazariyasini ilgari surgan.
Mirzo Ulug'bek haqida faktlar
Ma'lumotlarning bir qismi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va O'zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi chiqargan qo'llanmalardan olindi.
Comments