Yil fasllari haqida qiziqarli ma'lumotlar

Yil fasllari bahor, yoz, kuz va qishdir. Har bir fasl o'zining ob-havosi xususiyatlari, tabiiy muhiti o'zgarishi va madaniy urf-odatlari bilan ajralib turadi. 
 

Boshqalar o'qimoqda: Nimaga moychechak choyi foydali? 

# Yer asosan ikki xil harakatlanadi: o‘z o‘qi atrofida (sutkalik harakat) va Quyosh atrofida (yillik harakat). Yeming o‘z o‘qi atrofidagi sutkalik harakati natijasida kun va tun vujudga kelsa, yillik harakati natijasida yil fasllari vujudga keladi.

# Yoz fasli Shimoliy yarimsharda 22 iyundan 22 sentabrgacha , Janubiy yarimsharda esa 22 yanvar dan 21 martgacha davom etadi.
Yoz — yilning eng issiq fasli; moʻʼtadil mintaqada (mas, Oʻzbekistonda) iyun, iyul, avg . oylari Yo. hisoblanadi. Xalq orasida yilning issiq yarmi Yo. deyiladi. Yoz faslining astronomik davomiyligi 93,6 sutkadan iborat. Baʼzi tarixiy manbalarda, chunonchi, "Bobirnoma"da bahor fasli Yo. deyilgan. Yoz fasli inson organizmi uchun eng kerakli fasllardan biridir. Yoz fasli, inson sogʻligʻi uchun juda zarur boʻlgan, suyaklarning rivojlanishi uchun katta dastak beradigan D vitaminiga boydir. Chunki D vitamini eng yaxshi quyosh nurlari bilan insonga oʻtadi. Quyoshda toblanish bod kasali bilan ogʻrigan odamlar uchun ham juda foydali. Meva , sabzavot va boshqa oʻsimliklar ham yoz faslida pisha boshlaydi.
Yozning juda qattiq jazirama issiq kunlari inson sogʻligʻi uchun zararlidir, haddan ziyod oftobda toblanish ham inson terisiga zarar berishi mumkin. Manba

Boshqalar o'qimoqda: Quyosh haqida qiziqarli faktlar

# Shimoliy Yarimsharda bahor fasli Bahorgi tengkunlik 19-21 martdan yozning 21 iyunigacha davom etsa, Janubiy Yarimsharda avgust oyidan noyabr oyigacha davom etadi. Ushbu 2020 yilda bahor Shimoliy Yarimsharda 20 mart haftaning juma kunidan, 20 iyun shanba kunigacha davom etadi deb hisoblanadi. Manba

# Agar O'zbekistonda qish - dekabr, yanvar va fevral oylari bo'lsa, unda janubiy yarimsharda aksincha. U yerda taqvimiy qish bizda issiq yoz bo'lgan paytda keladi. Bu Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrika va Janubiy Amerika uchun to'g'ri keladi. Manba

# To'rt fasl: Bir yilda to'rt fasl bor: bahor, yoz, kuz va qish. Har bir mavsum taxminan uch oy davom etadi.

# Bahor faslida qoqio‘t, oq-sariq nargis guli, siren va lolalarning turli xillari birinchi bo‘lib ochiladi. Yaponlar bahor fasli kelganini milliy Sakura daraxti (olcha daraxti) gullaganidan bilib olishadi. Bahor faslida dunyoning turli joylarida Pasxa bayrami, Aprel hazil-mutoyiba kuni, Yer kuni, Daraxtlar kuni, Xotin-qizlar kuni, Otalar kuni, Meksika xalqlarida g‘alaba kuni (Cinco De Mayo), Hindistonda Ranglar festivali (Holi) va boshqa bayramlar nishonlanadi. Manba

# Ob-havo o'zgarishi: Har bir faslda har xil ob-havo bor. Bahor ko'pincha yomg'irli, yoz issiq va quyoshli, kuzda salqin harorat va barglar tushadi, qish esa sovuq va qorli bo'lishi mumkin.

Boshqalar o'qimoqda:  Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun eng muhim 6 mahsulot

# Tabiatning ranglari: bahorda gullar ochilib, daraxtlar yangi barglar o'sadi. Yoz yorqin yashil o'simliklar bilan to'la. Kuz, barglar o'zgarishi bilan qizil, to'q sariq va sariq kabi go'zal ranglarni olib keladi. Qishda ko'plab daraxtlar barglarini yo'qotadi va dunyo oq qor bilan qoplanishi mumkin!

# Kunduzgi soatlar: kunduzgi yorug'lik miqdori fasllarga qarab o'zgaradi. Yozda kunlar uzoqroq, shuning uchun bizda quyosh nuri ko'proq. Qishda kunlar qisqaradi va erta qorong'i tushadi.

# Hayvonlar va fasllar: Ko'pgina hayvonlar fasllarga qarab o'z xatti-harakatlarini o'zgartiradilar. Ba'zi qushlar qish uchun janubga uchadi (migratsiya), boshqalari esa sovuq oylarda qishlaydi (uyquga ketadilar).

# Bayramlar: Ko'pgina bayramlar fasllarga bog'liq. Masalan, Yer kuni bahorda. 

# Mavsumiy ovqatlar: Har xil meva va sabzavotlar har xil fasllarda o'sadi. Yozda siz qulupnay va tarvuzdan bahramand bo'lishingiz mumkin, kuzda esa qovoq va olma mashhur bo'ladi!

Yil fasllari bilan bog'liq maqollar:

Aziz momo olti kun, 
Qaltirasa — qatti kun, 
Sakransa — sakkiz kun, 
To'qransa — to'qqiz kun, 
O'qransa — o'n kun. 

Aziz aqchasiz ketmas, 
Qizlar — bo'g'chasiz.

Asad yo rasad, yo narasad. 

Asad kirsa, suv oqarar. 

Asad — rasamat. 

Asad suvi — asal suvi. 

Asad, ekinlarni yasat. 

Asad, g'o'zangni yasat.

Asadda oralab ye, 
Sunbulada — saralab.

Ayamajuz olti kun,
Olti oy qishdan qattiq kun.

Aqrab kelar hayqirib, 
Bola-chaqasini chaqirib.

Aqrab keldi aqirib, 
Sovuqlarni chaqirib.

Aqrabda jo'xorini sovuq urmasa, 
Oxiratda ham urmas.

Ahman-dahman olti kun, 
Qahriga olsa qatti kun.

Ahman muzi dahmonday bo'lsa ham, qo'rqma, 
Kuzning muzi ko'zguday bo'lsa ham, qo'rq.

Bars yili — boylik, 
Quyon yili — qahatchilik.

Dalv kirdi — davr kirdi.

Dalv kirdi,   ekinlarga davr kirdi.

Daroyi ola bo'ldi, 
Daryo bir balo bo'ldi.

Yoz — yozil, qish — qisil.

Yoz yomg'iri yondan o'tar, 
Qish yomg'iri — jondan.

Yoz yomg'iri — ilon bilan chayon.

Yoz kuyungan, qish suyunar.

Yoz mevasi — qish xazinasi.

Yoz qoqisi — qishga dori.

Yoz harakati — soz harakat.

Yozgi harakat — kuzgi barakat.

Yozda boshi pishmaganning, 
Qishda oshi pishmas.

Yozda jarohat ko'rsang, 
Qishda rohat ko'rasan.

Yozning gilami — keng.

Yozda xotin quturadi, 
Qishda — burun.

Yozning yozig'i — qishning ozig'i.

Yozning yomg'iridan qo'rq, 
Qishning — qirovidan.

Yozning kuni — yuz turli, 
Qishning kuni — qirq turli.

Yozning yuvindisi — qishga osh-qatiq.

Yolqitsa ham, yog' yaxshi, 
Yondirsa ham, yoz yaxshi.

Yomg'ir — ekinning joni. 

Javzodagi yomg'irdan ilon yog'sa yaxshi.

Javzoning yarmida suv tagida arpa pishar. 

Jul keldi — hamal keldi.

Juma yog'sa, shanba tinar, 
Shanba tinmasa, qachon tinar.

Ilib-ilib, yoz bo'lar, 
Sovib-sovib, qish bo'lar.

It yili eksang, 
To'ng'iz yili o'rasan.

Yil yaxshi kelsa, arqar ketmas.

Yilning yaxshi kelishi bahordan ma'lum.

Kuzgi qatiq kuyovga bergisiz.

Kuzning bir kuni qishning bir oyini boqar.

Kun g'amini sahar ye, 
Yil g'amini bahor ye.

Laylak kelmay, yoz bo'lmas, 
Qirg'iyak chopmay, kuz bo'lmas.

Laylak kelsa — yorug' yoz, 
Turna kelsa — tunuq yoz.

Mizon chiqib, aqrab kirsa — qish.

Navro'zdan so'ng qish bo'lmas, 
Mizondan so'ng yoz bo'lmas.

Oz bo'lmay, yoz bo'lmas, 
Yoz bo'lmay, maz bo'lmas.

Oy boshida kun yo tuzalar, yo buzilar. 

Oy chalqancha tug'sa, oy bo'yi ayoz.

Oy o'tovlasa, oylik g'amingni ye, 
Kun o'tovlasa, kunlik g'amingni ye.

Oy qulansa, oyog'ingni uzat, 
Kun qulansa, kuragingni tuzat.

Oyning beshidan qo'rqma, boshidan qo'rq.

Oqpon-oqpon olti kun, 
Oy-hoy sening qotuving. 

O'lchab osgan etingga 
Qo'noq kelsa, qattiq kun.

Oqponda ot odimiday kun uzayar.

Payti kelsa, daraxt gullar.

Payshanbaning kelishi chorshanbadan belgili.

Savr bo'lmay, sayron bo'lmas, 
Sayron bo'lmay, ayron bo'lmas.

Savr degan sonli qish, 
Men javzongdan qo'rqaman.

Savr yomg'iri — sari oltin.

Savr kelsa, muz turmas, 
Quda kelsa, qiz turmas.

Savr kirdi — ekinlarga davr kirdi. 

Savr oyi — davr oyi.

Savrning sanog'ida qishning yog'ini bor.

Saraton — sara ekish, 
Qolaversa — tariq ekish.

Saratonda suv qo'y, 
Asadda tek qo'y.

Saratonning o'ni — tegirmonning do'li. 

Safar oyi — xatar oyi.

Savalab yoqqan yomg'ir yomon, 
Maydalab yoqqan qor yomon.

Sovuq oyoqdan urar, 
Issiq — boshdan.

Soyda yotma, sel olar, 
Qirda yotma, yel olar.

Sigir yili — to'qlik, 
Qo'y yili — yo'qlik.

Sumbula tug'ar sumpayib, 
Ot semirar qampayib.

Sumbula tug'sa, suv sovir, 
Tarozi tug'sa, tong sovir.

Sumbulada suv soviydi, 
Mizonda — kun.

Sumbulaning suvi tiniq, o'zi sovuq.

Sumbulaning suvi — sharob.

Sumbulaning tuqqanini suv bilar.

Toza havo — dardga davo.

Toqqa yog'sa, cho'l obod, 
Cho'lga yog'sa, el obod.

Toqqa qalin qor tushgani — 
Yerning qonib suv ichgani.

Tog' havosi — dard davosi.

To'qson kirsa, to'rg'ay odimicha kun uzayar.

To'qson to'lmay, yoz chiqmas.

Chilla kirsa — chil oyog'i. 

Chilla suvi — tilla suvi.

Chilla qori — yerning qoni.

Chillaga chillaki chidamas.

Chillada sug'orilgan bog', 
Chil botmon uzum berar.

Shanbada bichma, jumada ko'chma.

Er tug'ilsa — elning baxti, 
Yomg'ir yog'sa — yerning baxti.

Ertalabki tuman ochar, 
Kechki tuman yopar.

Yantoq gullasa, chilgi pishar.

Yaxshi yil bahoridan ma'lum, 
Yaxshi kun — saharidan.

Yaxshi kelsa — hut, 
Yomon kelsa — yut.

Yaxshi kelsa hut — 
Kadi-kadi sut. 

Yomon kelsa hut — 
Qaqshab qolgan put.

Yaxshi kelsa hutni ko'ring, 
Xurma-xurma sutni ko'ring.

Yomon kelsa, hutni ko'ring, 
Serrayib yotgan putni ko'ring.

Qavs suvi — jon suvi.

Qantar ovsa, qalt etar, 
Dehqonning ko'zi yalt etar.

Qantar ovsa, qoziqning boshida qor turmas. 

Qantarda qarg'a odimiday kun uzayar.

Qarg'a ketmay, qor ketmas, 
Turna kelmay, muz ketmas.

Qarg'a qag'illasa, qishni chaqirar, 
G'oz g'ag'alasa — yozni.

Qirqkuyak keldi — kuz keldi. 

Qirqkuyakda qindagi ham pishar.

Qirqkuyakda qirq tomguncha, 
Mizonda bir tomsin.

Qish — oladan, yoz — moladan. 
Qish — sertashvish.

Qish o'ldirma, yoz o'ldir, 
Och o'ldirma, to'q o'ldir.
Maqollar manbasi

 

Surat manba

Комментарии