Dunyo mo'jizalari haqida

Dunyo mo'jizalari haqida shu kungacha ko'pgina ma'lumotlar mavjud. Ba'zi ajoyibotlar Alloh taolo tomonidan yaratilgan bo'lsa, ba'zilari esa insoniyat tomonidan qurilgan yoki yasalgandir. Quyida sizlar uchun inson tomonidan qurilgan yoki yasalgan dunyo mo'jizalari haqida ma'lumotlarni taqdim etamiz. 

Dunyoning qadimiy 7 mo'jizasi:

# Klassik Yunonistonning eng taniqli haykaltaroshi Fidiys tomonidan yasalgan Zevs haykali;

# Eramizdan avval 356-yilda qurilgan, kichik osiyoda joylashgan Artemida ibodatxonasi;

# Galikarnasdagi maqbara yoki Mavsol maqbarasi yunon arxitektorlari Satiros va Prienelik Pifiy tomonidan loyihalashtirilgan;

# Qadimgi yunonlarning quyosh tangrisi bronzadan yasalgan o'lkan Gelios haykali;

# Misrning Iskandariya shahri yaqinida qadimiy Iskandariya mayog'i;

# Yo'nilgan va katta toshlardan piramida shaklida qurilgan Misr fir'avnlarining maqbaralari;

# Ossuriya malikasi Semiramida Bobilga maxsus inshootlar qurib bunyod etan osma bog'lar;

Boshqalar o'qimoqda: Toj mahal haqida qiziqarli faktlar

Dunyoning yangi 7 mo'jizasi:

Buyuk Xitoy devori. Dunyodagi eng yirik qurilish loyihalaridan biri bo'lgan Buyuk Xitoy devorining uzunligi taxminan 8,850 km bo'ladi. Buyuk xitoy devori (xitoycha "Vanli changcheng" — "10 ming li uzunligdagi devor"). Qalʼa devori sifatida dastlabki qismi miloddan avvalgi IV—III asrlarda (tosh va gʻishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan toʻldirib, shibbalab) qurilgan. Miloddan avvalgi II— I-asrlarda Gʻarbga tomon 500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uni qurish va mustahkamlash ishlari (eng muhimi 14—15-asrlar) davom etgan. 1953-yilda Szyuyyunguan qalʼasi (Pekin) yaqinidagi qismi taʼmirlangan. Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida B.Buyuk Xitoy devori "Saddi Chin" devori nomi bilan tilga olingan.

Xitoy devori
Foto

 

Meksikadagi Chichen Itsa (ChichenItza) - Yukatan yarim orolning shimolidagi mayyalarning siyosiy va madaniy markazi. Milodiy 8-asrda barpo etilgan deb taxmin etiladi. 10-asrda tolteklar tomonidan bosib olingan. 11-asr oʻrtalaridan Ch.I. tolteklarning Yukatandagi davlati poytaxtiga aylangan. Mayyapana, Ushmal va Itsmal kabi shahardavlatlar qoʻshinlari tomonidan 1178-yil vayron qilingan. Ispanlar istilosi davrida (16-asr oʻrtasi) Ch.I. xaroba holatida boʻlgan. Ch.I. hududida bir necha marta qazishma ishlari olib borilgan; mayyatolteklarga mansub eng muhim meʼmoriy obidalarga "Qizil uy", "Ayol monastiri", "Cherkov", "Qorakoʻl" rasadxonasi, "Jangchilar ibodatxonasi", Kukulkan ibodatxona ehromi ("Kastilo"), toʻp oʻynashga moʻljallangan katta stadion va boshqalarni kiritish mumkin. Koʻplab monumentaldekorativ haykaltaroshlik namunalari va devoriy rasmlar topilgan.

Chichen itsa
Foto

 

Braziliyada joylashgan Isoning haykali. Rio-de-Janeyrodagi Korkovado togʻining tepasida joylashgan Iso Masihning art-deko uslubidagi haykali. Haykal Rio-de-Janeyro va umuman Braziliyaning ramzi. 2007-yilda norasmiy ravishda dunyoning yangi yetti moʻjizasidan biri sifatida tanlangan. Haykal dengiz sathidan 709 metr balandlikda, Tijuka milliy bogʻi joylashgan. Haykalning balandligi — 38 metr bo'lib, poydevori — 8 metr; qoʻl oraligʻi — 28 metr. Ogʻirligi — 635 tonnadir. Viloyatning eng baland nuqtasi boʻlgan haykal, muntazam ravishda (oʻrtacha yiliga toʻrt marta) chaqmoq nishoniga aylanadi. 

Boshqalar o'qishmoqda: Turkiya haqida qiziqarli faktlar
Iso haykali
Foto 

 

Tojmahal Agra shahri yaqinidagi Jamna daryosi boʻyida joylashgan bo'lib, bu go'zal inshootni Shoh Jahon suyukli xotini Arjumandga atab vafotidan (1631-yil 7 iyul) soʻng qurdirgan. Keyinchalik oʻzi ham shu yerga dafn qilingan. Maqbara turk meʼmori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. Tojmahal murabba tarhli, 3 qavatli, 5 gumbazlidir. Tojmahalning devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlar (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va boshqalar) dan qadama naqshlar ishlangan. Bosh tarzi (eni 56,7 metr) peshtoq ravokli. Maqbaraning old tomoniga 2 qator daraxtlar ekilgan, favvorali hovuz, gulzorlashtirilgan uzun yoʻlka bor. Zinapoyalar bilan marmar supaga chiqib, oʻyma naqshli eshikdan maqbaraga kiriladi. 

Tojmahal kurinishi
Foto 

 

Petra shahri Iordaniyaning janubi-g'arbiy qismida joylashgandir. Idumea va keyinchalik Nabateys podsholigining sobiq poytaxti. Dengiz sathidan 900 metrdan ortiq balandlikda Siqning tor kanyonida joylashgan. Iordaniya poytaxti Ammandan 236 km uzoqlikda joylashgan. Qadimgi Petra shahri dunyoning yangi moʻjizalari qatoriga kiradi. YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga ham kiritilgan. Millionlab sayyohlar tosh shaharni oʻz koʻzlari bilan koʻrish uchun bu erga kelishadi. Al-Xazna saroyi Petraning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlib, Nabatiylar qirolligi shohlaridan birining qabridir. Bino ulkan qoyaga oʻyilgan, nafis pediment va baland ustunlarga egadir. 

Petra Iordaniya
Foto

 

Giza Misrning Qohira shahri yaqinida me'moiry yodgorliklar saqlangan shahardir. Misrdagi Giza piramidasi majmuasi (Giza nekropol deb ham ataladi) Buyuk Piramida, Xafre piramidasi va Menkaure piramidalari bilan birga ular bilan bog'liq piramida majmualari va Sfinksning uyidir. Ularning barchasi qadimgi Misrning to'rtinchi sulolasi davrida qurilgan. 2600 - c. Miloddan avvalgi 2500 yil. Bu yerda, shuningdek, bir nechta ibodatxonalar, qabristonlar va ishchilar qishlog'i qoldiqlarini ham topishingiz mumkin.

Giza Nikropol Misr
Foto

 

Machu Pikchu 15-asrga oid Janubiy Peruning sharqidagi Kordilyera tog' tizmasida joylashgan tarixiy yodgorlikdir shahardir. Tarixiy yodgorlik Urubamba viloyati Machupikchu tumani yuqorisida, Muqaddas Vodiydan 80 kilometr shimoli-gʻarbda joylashgan. Taxminan 1440-yilda inklar tomonidan asos solingan va 1532-yilda to‘satdan huvillab bo‘shab qolgan shahar ancha vaqt kishilarning eʼtiboridan chetda bo‘lgan. Tog‘ shamollarining yemirishi va o‘t-o‘lanlar qoplab olishi tufayli shahar asta-sekin yo‘qlolib bora boshlagan. Shaharga 1911-yilda amerikalik tarixchi olim Hayram Binghem tasodifan kelib qoladi va shaharni kashf etadi.

Machu Pikchu haqida
Foto

 

 

Boshqalar o'qishmoqda: Robotlar haqida faktlar

 

Manba: 

O'zbek tilidagi wikipedia

Prezi platformasi

Asosiy surat manbasi

 

Комментарии