Quyosh haqida qiziqarli faktlar

# Quyosh Yerga eng yaqin G2 sinfiga mansub sariq mitti yulduz hisoblanadi. 

#  Quyoshning massasi 1,990×1030 kg (Yernikidan 332958 marta koʻp). 

Boshqalar o'qimoqda: Yer sayyorasi haqida faktlar

# Yerdan Quyoshgacha masofa 1,4710×1011 m dan (yanvar) 1,5210×1011 m gacha (iyul) boʻlib, oʻrtacha 1,4960×1011 m ni tashkil etadi (astronomik birlik).

# Quyosh Yerga eng yaqin joylashgan yulduzdir. 

#  Quyosh Galaktika markazi atrofida 200 mln. yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh sekundiga 20 km tezlik bilan harakat qiladi. Quyoshning yoshi 5T09yil.

# 1611-yilda G. Galiley teleskop yordamida Quyoshni birinchi bor kuzatib, Quyosh dogʻlari va oʻz oʻqi atrofida aylanish davrini aniqtagan.

Boshqalar o'qimoqda: Geografiya haqida faktlar

# Olmon astronomi G. Shvabe esa 1843-yilda Quyosh oʻzgarishining soni yoki Quyosh faolligi davriy oʻzgarishini topdi, 1814-yilda Y. Fra-ungofer Quyosh spektrida yutilish chiziqlarini, 1859-yilda nemis olimlari Kirxgof bilan Bunzen bu chiziqlar Quyoshning tashqi qatlamlarida, uning atmosferasida paydo boʻlishini kashf etdi. 

# 1913-yilda amerikalik astronom J. Xeyl Quyosh dogʻlari Quyosh sirtining sovigan qismlari ekanligini va fraungofer chiziqlarining zeyemancha ajralishidan Quyosh sirtida kuchli magnit maydonlari borligini kashf etdi. 

# 1940-yillar boshida Quyosh radiotoʻlqinlar manbai ekanligi aniqlandi.

# Quyosh borgan sari issiqroq va yorqinroq bo‘lib bormoqda. Vaqtlar o‘tib u o‘n marta yorqinlashishi mumkin. Faqat buning uchun taxminan milliard yil kerak.

Boshqalar o'qimoqda: Qushlar haqida faktlar

# Hisob-kitoblarga ko‘ra, Quyosh o‘zining o‘rta yoshini yashamoqda. Astronomlar ma'lumotlariga qaraganda bu yulduz paydo bo‘lganiga 4,5 milliard yil bo‘lgan va yana taxminan 5 milliard yildan keyin u yonib bitib, avval qizil gigantga, keyin oq karlik yulduzga aylanadi.

# Agar insoniyat Quyosh energiyasini ishlab chiqarishni istasa, har soniyada 100 milliard tonna dinamit portlatib turishi lozim va bunga aql bovar qilmaydi.

 

Ma'lumotlar quyidagi manbalardan olindi:

1-manba: O'zbek tilidagi wikipedia

2-manba: Kun.uz

Surat manbasi

Комментарии