Yer sayyorasi quyoshga eng yaqin uchinchi sayyoradir. Garchi bizning sayyoramiz yerga yaqin bo'lsada, biz-insonlar uchun mos bo'lgan haroratni quyoshdan olamiz.
Yer sayyorasi haqida qiziqarli savollar:
- Yer nechanchi sayyora?
- Yer sayyorasi quyosh sistemasidagi nechanchi?
- Hajmi jihatidan yer sayyorasi nechanchi o'rinda?
- Yer po'sti qatlami qancha qalinlikda?
- Yer sayyorasida qanday sferalar joylashgan?
- Yevropa qit'asi nechiga bo'linadi?
- Yerning eng baland nuqtasi qayer?
- Yerning eng past nuqtasi qayer?
- Butun olam tortishish qonunini kim kashf qilgan?
- Biosfera nima?
- Gidrosfera nima?
# Shu vaqtgacha aniqlangan sayyoralar ichida yer sayyorasidagina hayot mavjuddir. Olimlar quyosh sistemamizdagi sayyorlarni ayrimlarini tekshirishib, faqat yer sayyorasidagina o'simliklar va hayvonlar kabi mavjudotlar borligini aniqlashgan.
# Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora hisoblanadi.
Qur'oni Karim haqida 10 ta faktlar
# Hajmi va massasi jihatidan sayyoramiz katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda.
# Zamonimizning kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Yer Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 milliard-yil muqaddam paydo boʻlgan.
# Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi.
# Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan.
# Yer yuzasining katta qismini Dunyo okeani egallaydi (361,1 million km2 yoki 70,8 %), quruqlik 149,1 million km2 (29,2 %)ni tashkil etadi (quruqlik olti katta materik va koʻpdan-koʻp orollardan iborat).
# Yevrosiyo materigi ikki qitʼaga: Yevropa va Osiyoga boʻlinadi, Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari esa bir qitʼa hisoblanadi, baʼzan Tinch okean orollari Okeaniya deb ataladi va odatda uning maydoni Avstraliya bilan qoʻshib qisoblanadi.
Abu Rayxon Beruniy haqida faktlar
# Yerning Shimoliy yarim shari, asosan, qitʼalardan (quruqlik 39 %), Janubiy yarim shari — okeanlardan (quruqlik atigi 19 %) iborat. Gʻarbiy yarim sharning koʻp qismi suv, Sharqiy yarim sharning koʻp qismi esa quruqlikdir.
# Yerning eng baland nuqtasi bilan eng past nuqtasi orasidagi farq qariyb 20 km ga yetadi, dunyodagi eng baland Jomolungma (Everest) choʻqqisi (Hi-molay togʻlarida) 8848 m boʻlsa, eng chuqur Mariana suv osti botigʻi (Tinch okeanda) 11022 m dir.
# Yer gravitatsion (tortish), issiqlik, magnit va elektr maydonlariga ega. Yerning gravitatsion kuchi Oy va sunʼiy yoʻldoshlarni Yer orbitasida tutib turadi. Yerning sferik (dumaloq) shaklda boʻlishi, Yer usti relyefining koʻp xususiyatlari, daryolar oqimi, muzliklar siljishi va b. jarayonlar ham gravitatsion maydon oqibatidir.
# 17-asr boshlarida nemis astronomi I. Kepler tomonidan sayyoralar qarakati qonuni kashf etilib, 1687-yil da I. Nyuton tomonidan Butun olam tortishish qonuni isbot qilinganidan soʻng geliotsentrik sistema nazariyasi uzil-kesil karor topdi. „Qattiq“ Yer tuzilishi, asosan, 20-asr da seysmologiya yutuklari tufayli aniqlandi.
# 20-asr 2-yarmida raketa va sunʼiy yoʻldoshlardan foydalanib, atmosferaning yuqori qatlamlari va magnitosfera haqida tasavvurlar shakllandi.
Kabutarlar haqida ajoyib faktlar
# Gidrosfera. Suv qobigʻi Yer shari yuzasini sidirgʻasiga qoplagan emas. Gidrosfera umumiy hajmining qariyb 94 % okean va dengizlardir; 4 % yer osti suvlariga, 2 % muz va qorlarga (asosan, Arktika, Antarktika va Grenlandiyada), 0,4 % kuruklikdagi suvlarga (daryolar, koʻllar, botqoqliklarga) toʻgʻri keladi.
# Biosfera. Tarkibi, tuzilishi, energetikasi tirik organizmlar faoliyati bilan chambarchas bogʻlangan biologik qobiq, yaʼni biosferaning mavjudligi Yerning sayyora sifatidagi oʻziga xos eng muhim xususiyatidir.
Foto manbasi
Ma'lumotlarning ayrimlari o'zbek tilidagi vikipediadan olindi va tahrirlandi.
Comments