Kabutarlar haqida ajoyib faktlar

Kabutarlar atrofimizda ko'p uchrab turganliklari sababli, ko'pchilik uchun ular oddiy qushdek qabul qilinishlari mumkin. Lekin, quyida siz uchun bu go'zal qushlar haqida ajoyib faktlarni tayyorlab qo'ydik. 

Qushlar haqida faktlar

1. Kabutarlar osmonda mukammal harakatlanishlari uchun ularda "kompas" bordir. Ular yaxshi rivojlangan vizual xotiraga ega: ular atrofdagi muhit va havodagi hidlarni eslashadi. Bu hislatlari yordamida esa ular har doim uyga yo'l topadilar. Ammo, ko'rish qobiliyatlari yoki hid sezish organlariga ziyon yetsa, ular darhol o'z "kompas" laridan ayriladilar. 

Kabutarlar faktlar
Foto

2. Fransiya-Prusiya urushidan so'ng, bir nechta kabutarlar jasorat uchun medallar bilan taqdirlanishgan. Urush paytida qushlar muhim xatlarni telegrafdan ancha tezroq yetkazib borganlar.

Kaptar
Foto

3. 20 - asr tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki: kabutarlar odamlar ularni g'ayrioddiy xatti-harakatlari uchun boqishadi deb o'ylashadi, shuning uchun ularga uzatilgan ovqatni yeyishdan oldin boshlarini aylanada aylantiradilar.

Mushuklar haqida top 10 fakt

4. Bu qushlar turli xil chiroyli patlarga ham ega bo'lishi mumkin. Masalan, tojli kabutar yer yuzidagi eng noyob va chiroyli qushlardan biri hisoblanadi. Ko'plab noyob kaptar zotlari yovvoyi tabiatda yashaydi.

Chiroyli kaptarlar
Foto

5. Patlarning maxsus tuzilishi kaptarlarga parvoz paytida bir-biri bilan aloqa qilish imkonini beradi.

6. Nega hech kim ko'chada kichkina kaptarlarni ko'rmaydi? Buning sababi shundaki, kattalar urg'ochilari tuxumlarini inson ko'zidan yashiringan joylarga qo'yadilar. Kichkintoy tuhumdan chiqqanda, u 6 oy uyada o'tiradi. Va shundan keyingina mustaqil parvoz uchun ochiq havoga chiqadi. 

7. Turli mamlakatlarda kabutarlar turli funktsiyalarni bajarishgan. Masalan, Angliyada ular qon testlarini kasalxonalarga yetkazish uchun ishlatilgan. Afg'onistonda esa giyohvand moddalarni tashish uchun ishlatilgan.

Chayonlar haqida hayratlanarli faktlar!

8. 20 - asrning boshlarida kabutarlar olimpiadada shavqatsizlarcha ishlatilganlar. Ya'ni, olimpiada mobaynida ularni havoga uloqtirishib, nishonga olishib quroldan o'tganlar. 

 

Ma'lumotlar tarjima qilindi va tahirlandi

Comments