Yevropaliklar musulmonlardan nega qarzdor?

Yevropa aholisi musulmonlardan bir umr qarzdor!

O‘rta asrlarda fransiyaliklar ko‘chaga hojat chiqarishar yoki idishga hojat chiqarib, o‘shani derazadan ko‘chaga uloqtirishar edi. Parij shahri badbo‘y hidga to‘lib ketardi. 

yevropa
Foto

Yozuvchi Sandor Marai o‘zining xotiralarida shunday degan “Yevropaliklar o‘ta iflos bo‘lganlari uchun toqat qilib bo‘lmaydigan darajada badbo‘y edilar". Hatto Rus shohligi elchisi Fransiya qiroli Lyudovik O‘n To‘rtinchini “Uning hidi yovvoyi hayvonning hididan ham badbo‘yroq” deb sifatlagan. Kanizak de Montespan qirolning badbo‘y hidini hidlamaslik uchun o‘zini atir vannasida namlar edi.
 
Sayyoh Ahmad ibn Fazlon ruslarni “Allohning eng iflos maxluqlari. Ular bavldan ham, g‘oitdan ham istinjo qilmasdilar” deb sifatlagan. Rus shohi Pyotr hammaning oldida qasr devoriga bavl qilardi.

 Abu Bakr (RA) haqida ajoyib faktlar

Andalusiyadagi musulmonlarni o‘ldirgan Izabella Birinchi hayotida faqat ikki marta cho‘milgan ekan. U Andalusiyadagi hammomlarni vayron qilgan.
 
Ispaniya qiroli Filip Ikkinchi cho‘milishni yurtida butunlay ta’qiqlagan. Uning qizi Izabella Ikkinchi shaharlardan birining qamali tugamaguncha ichki kiyimlarini yechmaslikka qasam ichgan. Qamal uch yil davom etgan. Izabella esa ana shu sababli vafot etgan. 
 
Fransuz tarixchisi Draper “Biz yevropaliklar ijtimoiy hayotimizda farovonlik vositalariga ega bo‘lganimiz uchun arablardan qarzdormiz. Musulmonlar bizga tanamiz pokligini qanday saqlashni o‘rgatdilar. Ular iflos bo‘lib, yomon hid chiqargandan keyingina kiyimlarini almashtiradigan yevropaliklarning tamoman aksi edilar. Shunday qilib, biz kiyimlarimizni yechish va ularni yuvishda musulmonlarga taqlid qila boshladik. Musulmonlar toza, yorqin lioslar kiyishardi. Hatto ba’zilari liboslarini zumrad, yoqut, marjon kabi qimmatbaho toshlar bilan ziynatlardi. Yevropa cherkovlari cho‘milishni kufr va gunoh vositasi deb hisoblagan paytda Qurtuba o‘zining 300 ta hammomi bilan mashhur edi”.

Umar ibn Hattob haqida faktlar

Cho‘milish joyiga inglizchada “bathroom” deb nom berilishi hindistonlik musulmon Muhammad Bas (Bath)ning xotirasini ulug‘lash bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘z vaqtida yevropaliklarga yuvinish va tozalanishni o‘rgatgan.
 
Parijning mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan fransuz atirlari aslida badbo‘y hidni yo‘qotish uchun o‘ylab topilgan. 
 
Yevropadagi ushbu ifloslik tufayli aholi orasida kasalliklar tarqalib, vabo har davrda ularning yarmini yoki uchdan birini olib ketardi.
 
Parij va London kabi Yevropaning eng yirik shaharlari aholisining soni, hisob-kitoblarga ko‘ra, 30-40 ming bo‘lgan bo‘lsa, islomiy shaharlardagi aholi soni esa millionning chegarasidan o‘tgan edi. 
 
Dinimiz Islomda poklik masalasiga katta e’tibor berilgan. 

Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni ko'rinishlari haqida 69ta fakt

Imom Molik, Imom Ahmad va boshqalar Abu Sa’id al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytadilar: «Har jumada g‘usl qilish har bir balog‘atga yetganga vojibdir».

Imom Buxoriy va Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda esa:

«Har bir musulmon uchun yetti kunda bir marta boshini va jasadini yuvmoq lozimdir», deyilgan.

Hozirgi kundagi sog‘liqni saqlash mutaxassislari bundoq ishlarni odamlarga tushuntirish borasida ko‘plab ishlar olib boradilar. Bizda esa bu ma’nolar ming besh yuz yil ilgari ibodat maqomiga ko‘tarilgan.

Imom Ahmad ibn Hanbal Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

"Misvok qilish og‘izni poklovchi va Robbni rozi qiluvchidir", deganlar.

Shu yerda tishni tozalashni birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘ygan shaxs Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ekanliklarini alohida ta’kidlash zarur. Hozirda ko‘plab xastaliklar aynan og‘izni yaxshi tozalamaslikdan kelib chiqishi ilmiy ravishda ravshan bo‘lganidan keyin bu masalada qanchalik ustun ekanimizni aytib o‘tirishning ham hojati yo‘q.

Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasaiy va boshqalar Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisi sharifda:

"O‘n narsa fitratdandir: mo‘ylabni qaychilash, soqolni ko‘paytirish, misvok, burunga suv olib tozalash, tirnoqlarni qisqartirish, badanning bukiladigan joylarini yaxshilab yuvish, qo‘ltiq va kindik osti tukini tozalash, suv ila istinjo qilish. Mis’ab: «O‘ninchisini unutdim, menimcha, og‘izni suv bilan tozalash bo‘lsa kerak" dedi", deyilgan.

evropa tarixi
Foto

 

Islom.uz, dostor.org va ru.wikipedia.org ma’lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

Комментарии