1.Urta bo‘y edilar.
2. Ranglari oq-qizil, yuzlari bug‘doyrang edi.
3. Oldinga moyil bo‘lib yurardilar.
4. Ikki yelkalari orasi keng edi.
5. Kaft va qadamlari to‘la, go‘shtli.
6. Boshlari katta, yuzlari dumaloqroq, ko‘zlari qora edi.
Payg’ambarimiz, Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallam haqida 30 ta fakt
7. Suyaklarining qo‘shilgan yeri yo‘g‘on.
8. Kipriklari uzun. Tana a’zolari bir-biriga mutanosib, xushbichim edi.
9. Siynadan kindikkacha uzun va ingichka mo‘y.
10. Badanlari tuksiz.
11. Biror tarafga burilsalar, gavdalari bilan burilar edilar.
12. Peshonalari keng.
13. Qoshlari qo‘shilmagan, egik edi.
14. Burunlari baland, qirrali.
15. Soqollari qalin edi.
16. Tishlari mayda, yaltiroq, oldingi tishlari bir-biridan alohida ko‘rinar edi.
17. Qorin va siynalari tekis hamda barobar.
18. Ko‘kraklari keng.
19. Bilaklari uzun.
20. Ikki yelkalari o‘rtasida payg‘ambarlik muhri bor. Bu muhr kaptar tuxumidek keladigan qizg‘ish go‘sht, usti tuk edi.
21. Yurishlari tez.
22. Barchadan ilgari salom berardilar.
23. Sochlari ikki quloq yarmiga tushadi.
24. Sochlarini tarar, bo‘yar (qora-qizil rangga) va ba’zida farq ochardilar.
25. O‘ngdan boshlashni suyardilar. Sochga yog‘ surtardilar. Haj va umrada oldirganlar.
26. Ko‘zlariga har kecha surma qo‘yardilar.
27. Kiyimni yirtilguncha kiyar edilar.
28. Uzuklari kumushdan bo‘lib, o‘ng qo‘lga taqqanlar.
29. Salla o‘rardilar (7-12 gaz).
30. Izorlari to‘piqdan pastga tushmagan.
31. Taomni suyanib yemasdilar. Taomni ayblamas, yoqsa yer, yoqmasa tark etar edilar.
32. Taomdan so‘ng barmoqlarini uch bor yalar edilar.
33. Xontaxta ustida ovqatlanmas edilar.
34. Taomlari tovuq go‘shti, qo‘y go‘shti, to‘rg‘ay go‘shti, sirka, zaytun yog‘i, arpa noni, non to‘g‘ralgan sho‘rva (sarid), xurmo, talqon edi. Shirin va sovuq ichimlikni, sutni, zamzamni suyardilar.
35. Piyolalari yog‘ochdan bo‘lgan edi.
36. Bodringni va qovunni (yangi) xurmo bilan qo‘shib yer edilar.
37.Suv ichganlarida uch bor to‘xtab-to‘xtab, nafas olib ichardilar.
38. Xushbo‘yliklar uchun maxsus idishlari bor edi.
40. Biror narsaga ishora qilsalar, butun kaftlari bilan ishora qilar edilar.
41. Yettita qilichlari bo‘lgan.
43. Avval ikki rakat yengil namoz o‘qib, so‘ngra tahajjudga kirishardilar.
44. Qiroatni harf-harf, ochiq va ravshan, har bir oyatni alohida o‘qir edilar.
45. Qur’onni o‘zgadan eshitishni suyar edilar.
46. To‘shaklari teridan, ichiga xurmo daraxti po‘stlog‘i solingan edi.
47. Sahobalar u zotni kutib olish uchun o‘rinlaridan turishmas edi.
48. Qayerga borsalar, bo‘sh o‘ringa o‘tirardilar.
49. Uydagi vaqtlari uchga bo‘linardi: 1. Ibodat; 2. Uy ishlari; 3. Shaxsiy ishlar.
50. Har bir ishning tadbirini avvaldan qilar edilar.
51. O‘zlariga erta uchun oziq- ovqat olib qo‘ymas edilar.
52. Liboslariga o‘zlari qarar, o‘zlari yamar, jonivorlar sutini o‘zlari sog‘ar edilar.
53. Sariq libosni suymas edilar.
Umar ibn Hattob haqida faktlar
54. Hech kimni urmaganlar.
55. O‘zlari darveshona hayot kechirsalar-da, ehsonlari shohlarnikidan a’lo edi.
56. Hadya olib, mukofot berardilar. Hadyalarni kelgan kuniyoq (muhtojlarga) tarqatar edilar.
57. Uzoqdagi tovushlarni ham eshitar, hech kim ko‘ra olmaydigan masofani bemalol ko‘rar, qorong‘uda ham kunduzgidek bemalol ko‘raverar edilar.
58. Lo‘nda, qisqa, aniq, takallufdan xoli va ayni paytda fasohat bilan gapirar edilar.
59. Har kimning aqliga moslab so‘zlar edilar.
60. Hazillariga yolg‘on aralashmas edi.
61. Kulishlari chiroyli tabassum edi.
62. Dastlab ko‘rgan odamni haybatlari bosar, muomala qilib taniganidan so‘ng, hamma u zotni yaxshi ko‘rib qolar edi.
63. Tuya, ot minganlar.
64. Bir marta haj, to‘rt marta umra qilganlar.
65. Kam ovqat yer, kam uxlar edilar.
66. O‘zlari uchun intiqom olmasdilar.
67. Vafot etganlarida hazrati Ali (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) g‘usl qildirgan, amakilari Abbos va u zotning o‘g‘illari Fazl (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) yordam berganlar.
68. Qabrni Abu Talha qazigan.
69. Meroslari sadaqa qilib berilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar olindi.
Comments