Namoz foydalari

Namoz o‘qigan odam bu go‘zal ibodat uchun oxiratda oladigan ajr-mukofotlariga qo‘shimcha ravishda dunyo hayotining o‘zida uning salomatlikka oid manfaatlariga ham erishadi.

Namoz haqida
Foto

1.🔶  Namozda bajariladigan harakatlar yengil va oson bo‘lgani bois yurakni zo‘riqtirmaydi va kunning muayyan bir vaqtlarida bajarilgani uchun insonni doimo tetik tutadi.

2. 🔶  Bir kunda boshini 62 marta yerga qo‘ygan insonning miyasiga muntazam ravishda ko‘p miqdorda qon oqib keladi. Miya hujayralarining qon bilan yaxshi to‘yinishi tufayli namoz o‘qiydigan odamlarda xotira sustligi va skleroz kamroq uchraydi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni ko'rinishlari haqida 69ta fakt

3. 🔶Namoz o‘qiydigan kishining boshi muntazam egilib-ko‘tarilib turishi sababli uning ko‘zlarida qon aylanishi yaxshilanadi.

4.🔶  Namozdagi izometrik harakatlar oshqozondagi oziqaning yaxshilab aralashishiga va uning yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beradi, safroning (o‘t suyuqligining) o‘t pufagida to‘planib qolmay, bir me’yorda ajralib chiqishiga, oshqozonosti bezining ravon ishlashiga imkon berib, qabziyat (ich qotishi)ning oldini oladi.

5. 🔶 Bir kecha-kunduzda kamida besh mahal bajariladigan bir me’yordagi tana harakatlari bo‘g‘imlar, mushaklar va tomirlarni JOnlantirib, artroz (artrit), osteoxondroz kabi kasalliklarning, xususan, bo‘g‘imlarda tuz to‘planishining oldini oladi, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmaydigan odamlarda tomirlarda tiqin paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

Umar ibn Hattob haqida faktlar

6.🔶  Vujudning salomatligi tananing tozaligiga bog‘liqdir. Namoz uchun shart bo‘lgan tahorat va g‘usl poklikning aynan o‘zidir. Badanni, ruhni poklamay turib namoz o‘qib bo‘lmaydi. Natijada namozning barcha shartlarini ado etgan kishi ruhan pok, jismonan tetik bo‘ladi.

7.🔶 Namoz vaqtlari organizmda qon aylanishi va nafas olishni yaxshilash uchun eng qulay va maqbul paytlardir.

8. 🔶 Namoz uyquni tartibga solishning eng mukammal nizomidir. Mutaxassislar o‘tkazgan tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra, namoz yordamida tanada to‘planib qoladigan statik elektr zaryaddan ham xalos bo‘lish mumkin ekan. Tanamizdagi bunday zaryad sajda paytida yerga yoki tahorat paytida suvga yoxud tayammum paytida tuproqqa tekkanimizda yerga uzatiladi. Namozdan so‘ng tetiklashishimizning sababi qisman mana shu hikmatga bog‘liq.

Mirzo Bobur haqida faktlar

 

Ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqdan olindi. Agar siz ushbu ma'lumotlarni egasi bo'lsangiz va ularni saytda chop etilishini istamasangiz, iltimos telegramdan bog'laning: @sadikovuz

Comments