Mirzo Bobur haqida faktlar

Savollar:
1.Bobur ismi nima ma’noni anglatadi?
2.Mirzo Boburning ota onasi kim bo’lishgan?
3.Mirzo Bobur necha yoshida taxtga o’tirgan?
4.Bobur Mirzo necha yoshida Qobulni bosib oladi?
5.Bobur nechanchi yilda Daulatxon Lodiga qarshi jang qilish uchun Hindistonga taklif qilinadi?
6.Bobur nechanchi yilda Panipat jangida Ibrohim Lodiyga qarshi jang qilib g’alaba qozonadi?
7.Mirzo Bobur rostdan ham Amir Temur avlodi bo’lganmi?
8.Boburning qanday iste’dodlari bo’lgan?
9.Boburnoma asari qaysi tilda yozilgan? 


Javoblarni quyidagi ma'lumotlardan bilib oling:

#1 Boburning haqiqiy ismi Zahiriddin Muhammad Bobur bo'lgan. Uning ismi forscha "Babr" so'zidan olingan bo'lib, yo'lbars degan ma'noni anglatadi.

BObur haqida
Foto: https://en.wikipedia.org/wiki/Babur

#2 Mirzo Bobur Umar Shayx Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo'lib, Amir Temurning avlodi sanalgan. Uning onasi Osiyo esa Chingizxonning bevosita avlodi bo'lgan.

Makka haqida bilishingiz lozim bo'lgan faktlar

#3 U 1495-yilda 12 yoshida Fargʻona taxtiga oʻtiradi. 1504-yilda Oʻrta Osiyoda muhim qal'asi hisoblangan Qobulni bosib oladi.

#4 Bobur 1524-yilda Lodilar sulolasidan boʻlgan qoʻzgʻolonchi Daulatxon Lodi tomonidan Shimoliy Hindistonga bostirib kirish va Rajputanada sulola va ularning dushmanlariga qarshi kurashish uchun taklif qilinadi. Rajputana Mevar qiroli Rana Sanga boshchiligidagi hindu Rajput konfederatsiyasi tomonidan boshqarilib kelgan bo'ladi.

Ibn Sino haqida faktlar

#5 1526-yilda Bobur Panipat jangida Lo‘diy podshohi Ibrohim Lodiyga qarshi jangda g‘alaba qozonadi. U Dehlini bosib oladi va Shimoliy Hindistonning eng yirik sulolasi - Boburiylar imperiyasiga asos soladi.

panipat jangi
foto: https://chanakyaforum.com/first-battle-of-panipat/

#6 Boburning millati haqida chalkashliklar mavjud. U Temur avlodi bo‘lgani uchun o‘zini turkiy temuriy deb hisoblagan. Biroq o‘zbek tarixi Boburning o‘zbek bo‘lganini ko‘rsatadi.

#7 Bobur o‘zini juda kuchli va jismonan sog‘lomligini ta’kidlab kelgan. U, duch kelgan barcha yirik daryolarni, shu jumladan Gang daryosidan ikki marta suzib o'tganini da'vo qiladi. 

Al Xorazmiy haqida 8 ta faktlar

#8 Bobur notiqlik va adabiy mahorati bilan ham mashhur bo'lgan. Bizgacha uning ko'plab bir - biridan go'zal va ma'noga boy ruboiylari yetib kelgan.

#9 Shu kungacha Bobur O‘zbekistonda xalq qahramoni sanalib keladi. U o‘zining “Boburnoma” nomli avtobiografiyasini chog‘atoy turkiy tilida yozgan. Bu ajoyib asar esa Nabirasi Akbar davrida fors tiliga tarjima qilingandir.

Boburnoma
Foto

Ma'lumotlar manba dan tarjima qilindi va tahrirlandi.

Uzbek

Comments