# Alisher Navoiyning to'liq ismi Nizomiddin Mir Alisher bo'lib 1441 - yilda Hirotda tug'ilib, 1501 - yilda shu yerda vafot etgan.
# Buyuk mutafakkir "Navoiy" va "Foniy" taxalluslari bilan turkiy va forsiyda ijod qilib, yoshligidanoq zullisonayn shoir sifatida tanilgan.
Imom Buxoriy haqida qiziqarli faktlar
# Buyuk shoir Lutfiy Alisher Navoiyning o'smirlik davrida yozgan "Orazin yopgach ko'zumdin sochilur har lahza yosh" matla'li birgina g'azaliga o'zining butun ijodini almashtirish istagini bildirgan.
# Navoiy yigitlik davrida 50000 baytdan ortiq she'rni yod bilgan.
# Alisher Navoiy "Ulug' amir", "Hazrat Sultonning yaqin kishisi", "Haqiqat va din nizomi" kabi yuksak nomlar bilan sharaflangan.
# Navoiy qariyb 52000 misralik "Xamsa" asarini yozishga atigi olti oy sarflagan.
# Alisher Navoiy o'z ijodida 26000 dan ortiq so'zdan foydalangan.
Ahmad Farg'oniy haqida faktlar
# Navoiy til, adabiyot, tarix, din va tasavvufga oid 30 dan ziyod asar yozgan.
# Alisher Navoiy 52 rabot, 25 masjid, 19 hovuz, 16 ko'prik, 14 xonadon, 9 hammom, 4 madrasa, 2 to'g'on va 1 kutubxona qurilishiga homiylik qilgan.
# Alisher Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) do‘st bo‘lgan.
# Navoiy 10-12 yoshidan she’rlar yozishni boshlagan.
Ma'lumotlarning bir qismi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va O'zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi chiqargan qo'llanmalardan olindi.
Alisher Navoiy haqida boshqa qiziqarli ma'lumotlar:
🔹1. Nizomiddin Mir Alisher 1441 yilning 9 fevralida Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.
🔹2. Tarixchi Mirxond «Ravzatus-safo» asarida yozishicha, Mir Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan.
🔹3. Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan.
🔹4. Navoiy 7 yoshida Farididdin Attorning "Mantiqut-tayr" asarini yoddan bilgan.
🔹5. Mir Alisher 7 yoshida buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan.
🔹6. Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.
🔹7. Alisher Navoiy «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan.
🔹8. Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan.
🔹9. Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.
🔹10. Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi. Shoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan.
🔹11. Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan “Guli” ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Bu nom Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi.
🔹12. Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi.
🔹13. Samarqand shahri Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san’at bilan tanishadi.
🔹14. Navoiy 1469 yilda do‘sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat “Hiloliya” qasidasini yozadi (“hilol” – yangi chiqqan oy).
🔹15. Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.
🔹16. Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan.
🔹17. Navoiy turkiy tildagi ilk “Xamsa"ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.
🔹18. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.
🔹19. Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etgan. Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir “hatto tabiat ham motam tutdi” deya ta’riflagan.
🔹20. Navoiyning turkiy tilni qayta tiriltirishi ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan.
Ayrim ma'lumotlar manbadan olindi va tahrirlandi.
Farrux Xamroyev haqida faktlar
Текст на русском языке:
1. Алишер Наваи (1441-1501) был узбекским поэтом, писателем, философом и государственным деятелем.
2. Он родился в городе Херат (ныне в Афганистане) в семье торговца.
3. Наваи был придворным поэтом и министром в двух государствах: Тимуридском и Шайбанидском.
4. Он написал более 30 книг на узбекском, персидском и арабском языках, включая поэтические сборники, прозу, философские трактаты и исторические работы.
Факты об Аль-Фергани
5. Его наиболее известные произведения включают "Мухаккамат" (Семь рассказов), "Лисан ат-Тайр" (Язык птиц), "Мажалис ат-Нафайс" (Собрание драгоценностей) и "Хикояти Наваи" (Истории Наваи).
6. Наваи также считается отцом узбекской литературы и языка, так как он разработал стандартный язык, основанный на узбекском диалекте, который стал основой для современного узбекского языка.
7. Его вклад в узбекскую культуру и литературу признан не только в Узбекистане, но и в других странах Центральной Азии, а также в Иране и Индии.
Факты об Абу Райхане Беруни
8. В честь Наваи было названо множество учреждений, улиц и площадей в Узбекистане и других странах.
9. Наваи также был известен своими социальными реформами, включая улучшение образования и здравоохранения, а также борьбу с коррупцией и неправильным использованием государственных средств.
10. Он умер в 1501 году в Херате, где и был похоронен. Его творчество и наследие продолжают жить и вдохновлять новое поколение писателей и поэтов.
Факты об Имаме Термизи
Comments