Imom Buxoriy haqida qiziqarli faktlar
# Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 810-yilda Buxoroda tug'ilib, 870-yili Samarqandda vafot etgan. Ma’lum bo‘lishicha, uning otasining bobosi birinchi islom qabul qilganlardan bo‘lgan.
# Imom Buxoriyning otasi muqaddas rivoyatlar baxshilaridan bo‘lgan. 5-6 yoshlaridan Ismoil Qur’on va diniy ilmlarni, xususan, hadislar o‘rganishni boshlagan.
Ahmad Farg'oniy haqida faktlar
# Allomaning "Sahihul Buxoriy" asari Qur'oni karimdan keyingi eng mo'tabar manba hisoblanadi. “As-Sahih”ni yozgach, u Buxoroga qaytadi va barcha ilm istaganlarga ta’lim beradi, bu orqali u odamlarni savodga o‘rgatib, jamiyatga katta foyda olib keladi. Uning obro‘si shu qadar baland bo‘lganki, unga noma’lum hadis xalqda ishonchsiz hisoblangan.
# Imom Buxoriyning har bir darsini 20 000 talaba tinglagan, "Sahihul Buxoriy" asarini esa 90 000 kishi yod olgan.
# Allomaning ilmiy maqsadda bosib o'tgan bir martalik yo'li 13900 kilometrni tashkil etgan.
Abu Rayxon Beruniy haqida faktlar
# Imom Buxoriy 24 ta asar yozgan.
# Imom Buxoriy haqida Yahyo ibn Jaʼfar ibn Aʼyun Boyqandiy shunday deydi: “Agar oʻz umrimni Imom Buxoriyning umrlariga qoʻshib, u kishining hayotlarini ziyoda qilishga qodir boʻlsaydim, albatta shunday qilar edim. Zero, mening oʻlimim bir insonning vafoti, xolos. Ammo u zoti sharifning vafot etishi ilmning ketishi va olamdan oʻtishidir 2”.
# Imom Buxoriy 16 yoshida Buxorodagi barcha ulamolarning asarlarini yod olgan.
# Imom Buxoriy hadis ilmi bo'yicha "Alloh taoloning yer yuzidagi mo'jizasi" deb tan olingan.
# Imom Buxoriy bolalik chog'ida 70 000 dan ortiq hadisni hamda rivoyat qiluvchilarning tarjimai hollarini xotirasida saqlagan.
# Imom Buxoriy 600 000 dan ortiq hadisni yod bilgan.
Imom Termiziy haqida faktlar
# Samarqand viloyatining Chelak tumani Xartang qishlog‘ida joylashgan qabri ziyoratchilarning eng hurmatga sazovor va muqaddas qadamjosiga aylangan.
# 1998 yilning 23 oktabr kuni Samarqandda taniqli olim tavalludining 1225-yilligi munosabati bilan tanatanalar bo‘lib o‘tdi. Mazkur hodisa munosabati bilan O‘zbekiston Respublikaning Prezidenti I.A.Karimov rahbarligidagi loyiha - ulkan nodir-me’moriy majmua qad rostlagan. Loyiha amalga oshirilishida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Qo‘qon va Namanganning eng yaxshi quruvchilari va xalq ustalari ishtirok etishgan.
Mirzo Ulug'bek haqida faktlar
Ba'zi ma'lumotlar arboblar.uz saytidan olindi.
Ba'zi ma'lumotlar wikipedianing o'zbek tilidagi manbasidan olindi.
Ba'zi ma'lumotlar bukhari.uz saytidan olindi.
Ma'lumotlarning bir qismi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va O'zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi chiqargan qo'llanmalardan olindi.
Comments