Nyu-York haqida qisqa faktlar

1) Nyu-Yorkni bemalol dunyoning iqtisodiy-moliyaviy markazi deb atasa bo'ladi. Tasavvur qilib ko‘ravering bu shahardagi  moliyaviy tashkilotlar va banklar butun dunyoning 40 % ga yaqin mablag‘ini nazorat qiladi. 

Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni ko'rinishlari haqida 69ta fakt

2) Nyu-York 5 ta yirik qismlarga bo‘linadi: Manhetten, Bruklin, Kvins,  Bronks, Staten-Aylend. 
3) Nyu-Yorkda shahar atrofi bilan hisoblaganda 20 milliondan ortiq aholi yashaydi. Shahar maydonining hajmi esa 790 kilometr kvadrat. 
4) Manhetten orolini XVII asrda hindu qabilasidan gollandiyalik savdogar Piter Minuit 24 tallerga sotib olgan. 
5) Shaharning nomi ingliz gersogi York sharafiga qo‘yilgan. York Angliyaning qiroli Karl II ning ukasi bo‘lgan. 
6) Nyu-York 1785-1790 yillarda AQSH ning poytaxti bo‘lib turgan. 
7) Nyu-Yorkda har 21-kishi millioner hisoblanadi. 

Xiaomi haqida siz bilmaydigan faktlar

8) Nyu-Yorkda yiliga 200 dan ortiq film suratga olinadi. 
9) Nyu-York aholisining 36% kelib chiqishi asli amerikaliklar emas.  
10) Nyu-York metrosi dunyodagi eng katta metrolardan biridir va uning 469 ta stansiyasi mavjud.

Video: 

{"preview_thumbnail":"/sites/default/files/styles/video_embed_wysiwyg_preview/public/video_thumbnails/W1IiRLxupcA.jpg?itok=4-j7G5gR","video_url":"https://youtu.be/W1IiRLxupcA","settings":{"responsive":1,"width":"854","height":"480","autoplay":1},"settings_summary":["Embedded Video (Responsive, autoplaying)."]}

 

Manbadan olindi va tahrirlandi. 

Комментарии