#1 Italiyada 20 ta hududiy birikma (viloyat) bor, ularning barchasi xilma-xil va betakrordir.
#2.Italiya bir tilli mamlakat bo‘lsada har bir hudud o‘z shevasi, lahjasiga ega. Bir hudud ikkinchisini hatto mutlaqo tushunmasligiyam mumkin.
#3. Sisiliya, Kalabriya va Kompaniya hududidagi 80 % biznesmenlar mafiyaga soliq to‘lab turadilar.
#4. Italiyada bitta ham bolalar uyi yo‘q.
Umar ibn Hattob haqida faktlar
#5. Italiyada uysiz hayvonlar ham yo‘q.
#6. Italiyalik erkaklar o‘z xotinlaridan juda ham qo‘rqadilar
#7. Agar kafe yoki restoranda buyurtmani boshqa tilda bersangiz italyanlar narxni ikki barobar oshirib yuborishlari ham mumkin.
#8. Ko‘pchilik italyanlarning dengiz bo‘yida dachalari bor.
#9. Aosta hududining aholisi italyan tilida emas balki nemis tilida gapiradilar
#10. Italiyada 3000 dan ortiq muzeylar bor. Umuman olganda Italiyaning o‘zi muzey desa ham bo‘ladi.
#11. Italiya hududi ichida ikkita mitti mamlakat San-Marino va Vatikan bor.
#12. Italiyada badiiy til bu Florensiya lahjasidir. Chunki Dante o‘zining buyuk asari "Ilohiy komediya" ni shu tilda yozgan.
#13. Dunyoga mashhur ertak "Pinokio" (Buratino) ni italyan adibi Karlo Kallodi yozgan.
#14. YUNESKO ning fikricha Italiyada butun dunyoning 60 % madaniy merosi joylashgan.
#15. Dunyoga mashhur sayyoh-kashfiyotchilar Marko Polo, Jon Kabot, Xristofor Kolumb, Ameriko Vespuchchilar asli italyanlar hisoblanadilar.
#16. Italyanlar rostdan ham juda ko‘p vino ichadilar va makaron yeydigan xalqdir.
#17. Italiya modalar mamlakatidir. Ayniqsa kiyim-kechak bobida ularga yetadigani yo‘q. Gucci, Prada, Versace, Dolce & Gabbana, Giorgio Armani, Salvatore Ferragamo, Roberto Cavalli, Fendi, Valentino, Trussardi, Benetton kabi brendlarni sanab o‘tish kifoya qilsa kerak.
#18. Yevropada uchta vulqon bor, uchchalasi ham Italiyada joylashgan bo’lib bular Etna, Stromboli va Vezuviylardir.
#19. Dunyodagi eng katta xristian cherkovi xam Italiyada joylashgan. Bu Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonsi bo‘lib uning qurilishiga 120 yil vaqt ketgan (1506-1626)
Germaniya haqida qiziqarli ma’lumotlar
#20. Bolonya universiteti Yevropadagi eng eski universitet hisoblanadi. U 1088 yilda tashkil topgan.Umuman olganda yoshi 500 yildan oshgan oliy o‘quv yurtlaridan Italiyada yana 13 tasi bor.
#21. Fashizm dastlab Italiyada paydo bo‘lgan.
#22. Ilk bank ham Italiyada, Genuyada XII asrda paydo bo‘lgan.
#23. Violenchel, skripka, fortepyano, mexanik soat, barometr, termometr, optik oyna, telefon kabi ixtirolarni xam italyanlar kashf qilganlar.
#24. Italiya dunyoga shu qadar ko‘p daholarni yetkazib berganki ularni sanab sanog‘iga yetolmaysan. Birgina: Bottichelli, Mikelandjelo, Leonardo da Vinchi, Donatello, Fra Anjeliko, Tintoretto, Karavadjo, Bernini, Tisian, Rafael, Dante, Galiley, Paganini, Vivaldi, Korelli, Monteverdi, Albinoni va boshqalari aytib o‘tish mumkun. Hatto Napoleon ham asli kelib chiqishi italyanlarga borib taqaladi.
#25. Dunyodagi eng qimmatbaho avtomobillar Ferrari, Lamborghini, Maserati, Bugatti va De Tomaso ham italiyada ishlab chiqariladi.
Комментарии