O'qituvchilar haqida faktlar

▪️O‘qituvchilar vaqtlarining 79 foizini tik oyoqda o‘tkazadilar;
▪️Kuniga o‘rtacha 3,5-4 soat baland ovozda yoki juda baland ovozda gapirishlariga to‘g‘ri keladi;

Inson va inson tanasi haqida faktlar

▪️Nominal ravishda o‘qituvchining ish kuni 6-7 soat davom etadi, lekin uning haqiqiy davomiyligi 10-12 soat;
▪️O‘qituvchilarning 80 foizi vitaminlarning qisman yetishmasligidan aziyat chekadi, chunki ish haqi va ish tartibi to‘g‘ri ovqatlanishga imkon bermaydi;

Namoz foydalari

▪️O‘qituvchilarning 2/3 qismi doimiy stress ostida. Stressning eng yuqori darajasi - rektor, direktorlar va ularning o‘rinbosarlari orasida, o‘rtachadan yuqorisi - aniq fanlar, lingvistik fanlar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida;
▪️O‘qituvchilar tarkibining o‘rtacha 85 foizini xotin-qizlar tashkil etadi, demak, ularning zimmasiga ta’lim yukidan tashqari uy yumushlari, bola tarbiyasi yuki ham tushadi;
▪️O‘qituvchilarning 50 foizi kuniga sakkiz soat o‘rniga olti soatdan kam uxlaydi;
▪️O‘qituvchilarning atigi 14 foizi ertalabki mashqlarni bajarishga imkon topadi;
▪️Har beshinchi o‘qituvchi kuniga atigi ikki marta ovqatlanadi, har ikkinchisi - uch marta, holbuki kuniga to‘rt yoki besh marta yengil ovqatlanish to‘g‘ri deb hisoblanadi;

Polat Alemdar haqida faktlar

▪️O‘qituvchilarning 80 foizi sanatoriy yoki dengiz bo‘yida hordiq chiqara olmaydi, aslida aynan shunday ta’til sog‘liqni to‘laqonli tiklaydi.

▪️Yunonistonlik Arastu dunyodagi birinchi ustoz hisoblanadi. 

▪️O‘rta Osiyolik Farobiy esa Aristotelning “Metafizika”, “Ritorika”, “Etika” va “Sofistika” asarlariga sharh yozgani uchun dunyodagi ikkinchi muallim hisoblanadi.

▪️Dunyo miqyosida o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar jamiyat farovonligiga bog‘liq bo‘lgan kasblar reytingida harbiylar va shifokorlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

▪️Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, o‘qituvchilik havo harakatini boshqaruvchilari hisoblangan uchuvchilik va o‘t o‘chiruvchilik kabi qiyin kasblar sirasiga kiradi. Mazkur soha vakillarida stress darajasi deyarli bir xil bo‘ladi.

▪️O‘qituvchilardan juda ko‘p siyotchilar, olimlar yetishib chiqqan. Masalan, Lindon Jonson AQSh prezidenti bo‘lgunga qadar o‘qituvchilik qilgan. 20 yoshiga qadar u uchta maktabda dars bergan. Bundan tashqari, manbalarda ta’kidlanishicha, uning dars berish uslubi va malakasi ancha ijobiy baholangan.

▪️Rivojlangan mamlakat AQShda o‘qish individual hisoblanadi. Ya’ni o‘qituvchi bolaga qanday baho qo‘yganini aytmaydi. Faqat 6 oyda bir marta o‘quvchining ota-onasiga hisobot kartasi yuboradi. 

▪️Buni qarangki, Chexiyada "matematika", "fizika" va "Jismoniy tarbiya" o'qituvchilari yo‘q ekan. Bir nafar o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida bir nechta fanlarni o‘qitishga majbur bo‘ladi. 

▪️Chingiz Aytmatovning “Birinchi mullim” qissasi o‘qituvchi matonatini ifoda qiluvchi eng yaxshi asar hisoblanadi. 

 

 


Ma'lumotlarning ayrimlari xabardor.uz (Nozima RAHMATOVA) manbasidan olindi.  

Foto manba

 

Comments