Inson va inson tanasi haqida faktlar

"Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suratda yaratdik" (“Tin” surasining 4-oyati).

Inson tanasi
Foto

1. Odam miyasi sig‘imi 4 terabaytdan ko‘proq.
2. Chaqaloq 7 oylikkacha bir vaqtning o‘zida ham sutni yutib, ham nafas ola biladi.
3. Odam bosh chanog‘i 29 xil suyaklardan iborat.
4. Miyadagi asab pulsi soatiga 274 km tezlikda harakatlanadi.

Yong‘oqning qanday foydalari bor?

5. Bizning miyamiz bir kunda hosil qiladigan elektr impulsi dunyodagi jami telefonlar hosil qiladigan impulslardan bir barobar ko‘proqni tashkil etadi.
6. Inson yuragi hayoti davomida 182 million litr qonni o‘zidan o‘tkazadi.
7. Charlz Osborn degan odamni 68 yil to‘xtovsiz xiqichoq tutgan ekan.
8. Odamning o‘ng qo‘li chapiga nisbatan 9 yil ko‘proq yashay oladi.
9. Inson o‘zi ko‘radigan tushlarning 99 foizini ertalaboq unutadi.
10. Inson organizmidagi qon tomirlarning jami uzunligi 100 ming kilometrga teng.
11. Bahorda nafas olish darajamiz kuzdagiga nisbatan 1, 5 barobar yuqoriroq bo‘ladi.
12. Odam tana haroratining 80 foizi boshdan chiqadi.
13. Odam dunyodagi chalqancha yotib uxlay oladigan yagona jonzotdir.
14. 4 yashar bola bir kunda o‘rtacha 450 marta ota-onasi yoki yaqinlariga savol beradi.
15. Kindikning ilmiy atamasi umbilikusdir.
16. Chapaqaylar dunyo aholisining atigi 7 foizini tashkil etadi.

Nimaga insonlar yigʻlashadi?

17. Olma va banan hidi ozishda yordam beradi.
18. Agar odam boshidagi sochlarning bir umrlik uzunligi hisoblansa, 725 kilometrga yetadi.
19. Odam organizmida yashovchi bakteriyalarning sof vazni 2 kilogrammga teng.
20. Organizmdagi kalsiyning 99 foizi tishlarimizdan joy olgan.
21. Agar organizmimizdagi jami temir moddasini bir joyga to‘plasak, soatning jajjigina vintini yasashgagina yetadi.
22. Aksa urishga majbur etuvchi viruslarning 100 xil turi bor.
23. Hayoti davomida odam terisi 1000 marta yangilanadi.
24. Qo‘ldagi barmoqlarda tirnoq oyoqdagi barmoqlarga nisbatan 4 karra tezroq o‘sadi.
25. Odam organizmidagi mushaklarning eng baquvvati tili hisoblanadi.
26. Odam yuragining hajmi o‘z mushti bilan barobar, vazni esa 220-260 grammga teng.
27. O‘rta yashar odamlar bir kunda 23000 marta nafas olib chiqaradi.
28. Ko‘zlarimiz 10 milliontagacha rangni taniy oladi.
29. Samolyotda uchish jarayonida odam sochi yerdagiga nisbatan ikki karra tezroq o‘sa boshlaydi.
30. Odam suyagi po‘latga nisbatan besh karra mustahkamroqdir.

Comments