O'qituvchilar haqida faktlar

▪️O‘qituvchilar vaqtlarining 79 foizini tik oyoqda o‘tkazadilar;
▪️Kuniga o‘rtacha 3,5-4 soat baland ovozda yoki juda baland ovozda gapirishlariga to‘g‘ri keladi;

Inson va inson tanasi haqida faktlar

▪️Nominal ravishda o‘qituvchining ish kuni 6-7 soat davom etadi, lekin uning haqiqiy davomiyligi 10-12 soat;
▪️O‘qituvchilarning 80 foizi vitaminlarning qisman yetishmasligidan aziyat chekadi, chunki ish haqi va ish tartibi to‘g‘ri ovqatlanishga imkon bermaydi;

Namoz foydalari

▪️O‘qituvchilarning 2/3 qismi doimiy stress ostida. Stressning eng yuqori darajasi - rektor, direktorlar va ularning o‘rinbosarlari orasida, o‘rtachadan yuqorisi - aniq fanlar, lingvistik fanlar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida;
▪️O‘qituvchilar tarkibining o‘rtacha 85 foizini xotin-qizlar tashkil etadi, demak, ularning zimmasiga ta’lim yukidan tashqari uy yumushlari, bola tarbiyasi yuki ham tushadi;
▪️O‘qituvchilarning 50 foizi kuniga sakkiz soat o‘rniga olti soatdan kam uxlaydi;
▪️O‘qituvchilarning atigi 14 foizi ertalabki mashqlarni bajarishga imkon topadi;
▪️Har beshinchi o‘qituvchi kuniga atigi ikki marta ovqatlanadi, har ikkinchisi - uch marta, holbuki kuniga to‘rt yoki besh marta yengil ovqatlanish to‘g‘ri deb hisoblanadi;

Polat Alemdar haqida faktlar

▪️O‘qituvchilarning 80 foizi sanatoriy yoki dengiz bo‘yida hordiq chiqara olmaydi, aslida aynan shunday ta’til sog‘liqni to‘laqonli tiklaydi.

Yunonistonlik Arastu dunyodagi birinchi ustoz hisoblanadi. 

O‘rta Osiyolik Farobiy esa Aristotelning “Metafizika”, “Ritorika”, “Etika” va “Sofistika” asarlariga sharh yozgani uchun dunyodagi ikkinchi muallim hisoblanadi.

Dunyo miqyosida o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar jamiyat farovonligiga bog‘liq bo‘lgan kasblar reytingida harbiylar va shifokorlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, o‘qituvchilik havo harakatini boshqaruvchilari hisoblangan uchuvchilik va o‘t o‘chiruvchilik kabi qiyin kasblar sirasiga kiradi. Mazkur soha vakillarida stress darajasi deyarli bir xil bo‘ladi.

O‘qituvchilardan juda ko‘p siyotchilar, olimlar yetishib chiqqan. Masalan, Lindon Jonson AQSh prezidenti bo‘lgunga qadar o‘qituvchilik qilgan. 20 yoshiga qadar u uchta maktabda dars bergan. Bundan tashqari, manbalarda ta’kidlanishicha, uning dars berish uslubi va malakasi ancha ijobiy baholangan.

Rivojlangan mamlakat AQShda o‘qish individual hisoblanadi. Ya’ni o‘qituvchi bolaga qanday baho qo‘yganini aytmaydi. Faqat 6 oyda bir marta o‘quvchining ota-onasiga hisobot kartasi yuboradi. 

Buni qarangki, Chexiyada "matematika", "fizika" va "Jismoniy tarbiya" o'qituvchilari yo‘q ekan. Bir nafar o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida bir nechta fanlarni o‘qitishga majbur bo‘ladi. 

Chingiz Aytmatovning “Birinchi mullim” qissasi o‘qituvchi matonatini ifoda qiluvchi eng yaxshi asar hisoblanadi. 

 

 


Ma'lumotlarning ayrimlari xabardor.uz (Nozima RAHMATOVA) manbasidan olindi.  

Foto manba

 

Comments