Alsgeymer kasalligiga qarshi kurash
📍Alsgeymer kasalligi xozirgi kunda dunyoda tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Kasallik yoshning 65 dan oshganda xotiraning susayib borishi, ma’lumotlarni qabul qilishga qiynalib qolishi, fikrlash xamda so‘zlashning buzilishi bilan, umuman aqliy zaiflikka olib kelishi bilan xarakterlanadi. Xozirgacha bu kasallikning kelib chiqish sababi oxirigacha o‘rganilmagan.
📍Xo‘sh, yosh 65 dan oshganda bu kasallikka chalinmaslik uchun qanday profilaktik choralar qilish lozim:
• Til o‘rganish – yangi ma’lumotlarni qabul kilib turish orqali Alsgeymer kasalligini oldini olish ilmiy isbotlangan.
• Ko‘proq muloqotda bo‘lish
• Stress xolatidan imkon darajada saqlanish
• Yaxshi kayfiyatda yurish
• Meditasiya
Suv qanchalik foydali?
• Uyqu rejimini to‘g‘irlash(7-8 soat)
• Kundalik ochiq xavoda sayr qilishni odat qilish
• Yengil fizik mashqlar bajarish
• Zararli odatlardan(chekish va b.) voz kechish
• To‘g‘ri ovqatlanish
Va albatta qon bosimini, qondagi qand mikdori xamda xolesterinni regulyar nazorat qilib turish kerak bo‘ladi.
Comments