Suv qanchalik foydali?

Suyuqlik ichish hozirgi zamonning eng keng tarqalgan amaliyotlaridan biridir. Kasal bo‘ldingmi – ko‘proq suv ich, ozishni hohlaysanmi – ko‘proq suv ich... Buning ustiga bunday tavsiyalarni bizga nomi chiqqan vrachlar berishadi.

Aslida suv shunday foydalimi? Ba’zan zararli ham. Xo‘sh, u holda salomatlik uchun qancha suyuqlik ichish kerak?

Kuniga 8 stakan suv ichish kerakligini bilmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Bir kunda shuncha suv ichish kerak degan fikr bor. Lekin buning minimum ekanligi shubhali. Birinchi marta bu miqdor 1921 yilda taklif etilgan. Bu fikr muallifi sutka davomida bir kishi aynan shuncha suyuqlikni peshob va ter orqali chiqarib yuborishini aniqlagan va shuncha suyuqlik ichish kerakligini taklif qilgan. Ya’ni bu miqdor konkret bitta odamda aniqlangan.

Zamonaviy olimlar bu masalada aniq fikrga ega emas. Ya’ni qat’iy miqdor belgilamaydi. Amerika injenerlik va tibbiyot fanlar Akademiyasi kundalik suyuqlik meyyorida “tahminan” so‘zini ishlatib tavsiya qilgan:

-  Erkaklar uchun tahminan 3.7 litr

-  Ayollar uchun tahminan 2.7 litr

Ushbu miqdorning 80% qismi turli ichimliklar, sut, meva sharbatlari bilan, 20% qismi esa qattiq taomlar (meva va sabzavotlar) bilan kirishi taxmin qilinadi.

BJSST ham tahminan shunday hajmni tavsiya qiladi. Bu miqdor biroz jismoniy faollik va atrof haroratining o‘rtacha bo‘lganida taalluqlidir. Agar jismoniy faollik yuqori va atrof harorati yuqori bo‘lsa bu miqdor albatta oshadi.

Qanchaga? Bu endi individual savol. Ya’ni holat va kishining o‘zidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Tibbiyot hodimlari sizga suv yetayotganini ikkita belgiga qarab aniqlashadi:

-  chanqoq his qilmayapsiz

-  peshob rangsiz yoki somon-sariq rangida

Agar sizda suvsizlik belgilarining kamida bittasi bo‘lsa ovqatlanishlar orasida suv, kompot, mors yoki boshqa sharbatlardan bir stakan ichib ham holatni ancha yengillatish mumkin.

Suv tanadagi barcha tizimlarning to'g'ri ishlashini ta'minlaydi. Garvard tibbiyot maktabining 6 haftalik sog'lom ovqatlanish rejasi bo'yicha maxsus salomatlik hisobotida suvning ko'plab muhim foydalari borligini ta'kidlaydi, masalan:

  • hujayralaringizga ozuqa moddalari va kislorod yetkazib berish
  • siydik pufagidan bakteriyalarni yuvish
  • hazm qilishga yordam beradi
  • ich qotishining oldini olish
  • qon bosimini normallashtirish
  • yurak urishini barqarorlashtirish
  • organlar va to'qimalarni himoya qilish
  • tana haroratini tartibga solish
  • elektrolitlar (natriy) muvozanatini saqlash.

Agar siz har kuni yetarli miqdorda suv ichmasangiz, sizda suvsizlanish xavfi mavjud bo'ladi. Suvsizlanishning ogohlantiruvchi belgilari zaiflik, past qon bosimi, bosh aylanishi, chalkashlik yoki qora rangdagi siydikni o'z ichiga oladi.

 

Manba: U24.uz

Manba: Health.harvard.edu

Surat: kidadl.com

Comments