Yugurish haqida 6ta qiziqarli faktlar

Yugurish inson uchun tabiiy harakat shakli bo'lib, u ba'zan odatiy hol sifatida qabul qilinadi. Yugurish tanamizga qanday ta'sir qilishini hech o'ylab ko'rganmisiz yoki nega biz ba'zan yugurishga ehtiyoj sezamiz?

Yugurish haqida bilishingiz kerak bo'lgan 11 ta qiziqarli faktlar bilan tanishing.

#1. Useyn Bolt - dunyodagi eng tez yuguruvchi inson.

Usayn Bold haqida

Odamlar uzoq masofalarga yugurishda ham, sprintda ham ko'plab rekord darajadagi tezlikka erishganlar. 2009 yilda Useyn Bolt 100 metrga eng tez yugurish bo'yicha jahon rekordini atigi 9,58 soniyada o'rnatgan. Yugurish tezligi metr va vaqt bilan o'lchanadi, ya'ni Boltning rekord darajadagi yugurishi sekundiga 10,44 metrni tashkil etgan. Bu soatiga 37.57 kmga teng.

#2. Yalang oyoq yugurish yanada tabiiy yugurish uslubidir.

Yugurish foydasi

Yalang oyoq yugurish odamlar uchun foydalidir, chunki bu tabiiydir. Bu muvozanat va kuchni yaxshilash uchun xizmat qiladi. Biroq, ba'zida yalangoyoq yugurish biroz xavflidir. Sababini esa o'zingiz bilasi. Biror-bir o'tkir narsa oyog'ingizga kirib ketishi yoki shilib o'tishi mumkin. 

#3. Yugurish ruhiy salomatlikni yaxshilashga yordamga beradi.

Yugurish foydasi

Biz yugurganimizda tanamiz endorfin deb ataladigan kimyoviy moddalarni chiqaradi. Endorfinlar miyadagi retseptorlar bilan o'zaro ta'sirlashganda stress va og'riqni chiqaradi. Yugurish esa bizning ruhiy holatimizni yaxshilash uchun juda yaxshi mashq bo'lishi mumkin. 

#4. 30 daqiqa yugurish 200-500 kaloriyani "yoqishi" mumkin!

Yugurish haqida faktlar

Agar siz ozgina vazn yo'qotmoqchi bo'lsangiz, yugurish tanadagi kaloriyalarni yo'qotishning ajoyib usuli hisoblanadi. Yo'qotilgan miqdor biror-bir balandlikka yugurayotganingizda tanangizning zo'riqishiga qarab belgilanishi mumkin. Bu omillar sizning yugurishingizni qiyinlashtirishi mumkin, shuning uchun siz ko'proq energiya sarflaysiz. Bu sizning sog'lig'ingiz va vazningizga ham bog'liq. Umuman olganda, agar siz ko'proq vaznga ega bo'lsangiz, bir vaqtning o'zida yugurish paytida kamroq vaznga ega bo'lgan odamga qaraganda ko'proq kaloriya yoqasiz. 

#5. Dunyodagi eng keksa marafonchi 101 yoshda bo'lgan.

eng keksa marafonchi

Biz ko'pincha jahon rekordchilari yosh sportchilar bo'lsa kerak deb o'ylaymiz, ammo siz yugurish orqali har qanday yoshda ham natijaga erishsa bo'ladi. Dunyodagi eng keksa marafonchi 101 yoshli Fauja Singx bo'ldi va u London marafonida 7 soat 49 daqiqada yugurdi. U bir nechta rekordlarni yangilagan bo'lsa-da, ularning hech biri rasman tan olinmagan.

#6. Yugurish uchun birinchi qadamni qo'yganingizda siz 200 ta mushakni faollashtirasiz.

Yugurayotgan odam

Yugurishda biz foydalanadigan ikkita asosiy mushak guruhi mavjud bo'lib, ular bizga oldinga siljish uchun yordam beradi. Bular sonlar va boldirlardagi mushaklardir. Undan tashqari, yugurishga shaylanganimizda biz tanamizdagi boshqa mushak guruhlarini ham faollashtiramiz. Siz yugurishni boshlamoqchi bo'lganingizda, 200 ta mushak sizni harakatga keltirish uchun birgalikda ishlaydi, bu esa biz yugurishda nima uchun juda ko'p kaloriyalarni yoqishimizni anglatadi. 

 

Maqola va suratlar manbadan tarjima qilindi. 

Comments