Meduzalarning jismoniy ko'rinishida g'alatilik shundaki ular butunlay ilviragan massadan iborat. Meduzalar ogʻzi soyabonining ostki botiq tomoni oʻrtasida boʻlib, odatda, ogʻiz parraklari bilan oʻralgan.
# Meduzalarning yoshi dinozavrlardan kattaroq bo'lishi mumkin. Meduzaning suyaklari yo'qligi uchun ularni yer yuzida qoldiqlarini topish amri mahol. Shunga qaramay, olimlar bu jonzotlar dunyo okeanida kamida 500 million yil davomida aylanib yurganliklarini tasdiqlaydilar. Aslini olganda, meduzalar avlodi bundan ham uzoqroqqa, ehtimol 700 million yilga borib taqaladi. Bu degani meduzalar ilk dinozavrlardan avval ham mavjud bo'lgan bo'lishlari mumkin.
Sher haqida top faktlar
# Meduzalar baliq emas. Meduzalarning tuzilishiga qarab ularning baliq emasligiga ishonch hosil qilish qiyin emas. Bu turdagi jonzotlar Cnidaria filumidan umurtqasiz hayvonlar turkumidan bo'lib, taksonomik guruh sifatida juda xilma-xildirlar, ko'plab olimlar ularni oddiygina "jelatinli zooplankton" deb atashgan. Meduzalarda baliq kabi qanotlar yo'q. Buning o'rniga ular "qo'ng'iroqlarini" ochish va yopish orqali suzadilar.
# Meduzaning miyasi, yuragi, suyaklari va ko'zlari yo'q. Bu aql bovar qilmaydigan umurtqasizlar o'ljani yutib yuborishdan oldin uni shokka tushurish yoki falaj qilish uchun o'zlarining uzun oyoqlaridan foydalanadilar.
# Meduzaning og'zi tanasining markazida joylashgan. Bu kichik teshikdan u ham ovqat yeydi ham chiqindi chiqaradi. Va u yana bir maqsadga xizmat qiladi - og'zidan o'tayotgan suv oqimi bilan meduza oldinga siljishi mumkin! Ajoyib, a?
Kabutarlar haqida ajoyib faktlar
# Meduzalarning o'zlari ham boshqa okean jonzotlari, ayniqsa dengiz toshbaqalari uchun mazali taom hisoblanadilar. Dengiz toshbaqalari meduzalarni muntazam ravishda yeyishni yaxshi ko'radilar. Dunyo bo'ylab ba'zi odamlar ham meduzalarni iste'mol qilishadi. Xitoyda ular nozik taom hisoblanadi va Xitoy tibbiyotida ham qo'llaniladi.
# Meduza chaqishi odamlar uchun og'riqli bo'lishi mumkin va ba'zi turlardan ular hatto o'limga olib kelishi mumkin. Garchi bu ajoyib dengiz jonzotlari odamlarga ataylab hujum qilmasalar ham, ko'pincha chaqishlar odamlar tasodifan meduzaga tegib ketganida sodir bo'ladi.
Dengiz otlari qiziqarli faktlar va suratlar
# Har yili 150 million odam meduzalar tomonidan chaqiladi. Bu shuni anglatadiki, siz bu ma'lumotni o'qayotgan vaqtingizda 1000 lab insonlar meduzalar tomonidan chaqilayotgan bo'ladilar.
# Dunyo bo'ylab meduzalarning 2000 ta turlari bor. Olimlar butun dunyo bo'ylab meduzalarning 2000 turini aniqlaganlar va yana ularning ishonishlaricha meduzalarning kamida 1000 turi hali aniqlanmagan.
Hayvonlar tabassumi
Ma'lumotlarni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi:
Foto manbasi
Comments