Sher haqida top faktlar

Ulug'vor sher dunyodagi yo'lbarsdan keyin ikkinchi eng katta mushuk ekanligini bilasizmi? Qo'rqinchli ko'rinishiga qaramay, sher yo'qolib ketish xavfi ostida turgan ko'plab katta mushuksimon oilasiga kiruvchi jonzotlardan biri bo'lib, Afrikada ularning soni atigi 20000 gacha kamayib ketgan. 

Mushuklar haqida top 10 fakt

Arslon rasmi
Foto

Sherlar nima yeydi?
Yirtqich hayvonlar sifatida, sherning dietasi asosan antilopa, buyvol va zebra go'shtidan iborat, ammo ular timsohlar, qushlar va fillar va jirafalar kabi yirik hayvonlarni ovlashlari ham ma'lum.

Sherlar qayerda yashashini bilasizmi?
Arslonlar asosan Afrikada yashaydi, ammo Hindistonning kichik bir mintaqasida taxminan 300-400 sherlar yashaydi. "O'rmon qiroli" laqabiga qaramay, sherlar asosan o'tloqlarda va toshli tepaliklarda yashaydilar. Ularning o'tloq va toshli tepaliklarda yashashlarining sababi bu o'ljani ta'qib qilishda ranglardan "kamuflyaj" sifatida foydalanishlaridir. Ya'ni, bu yerlarda ular o'ljalarini poylab yaxshigina yashirina oladilar.

Dunyodagi eng katta 10 ta o’rmon

Sher rasmi
Foto

Sherlar qancha yashaydi?
Yovvoyi tabiatda katta yoshli erkak sher 8-10 yilgacha yashashi mumkin, urg'ochi esa 15-16 yil yashashi mumkin, ammo yoshlar o'rtasida farqning kattaligi sabablari to'liq ma'lum emas. Tutqunlikda bu yirtqichlarning umri uzoqroq kechadi va qayd etilgan eng keksa sher 29 yoshgacha yashaydi.

Dunyoda qancha yovvoyi sherlar qolgan?
Yovvoyi tabiatda 20 000 ga yaqin sherlar qolgan. Biroq, minglab sherlar ovlanish yoki boshqa sabablarga ko'ra asirlikda saqlanadilar. Masalan, ayrim odamlar ularni uylarida boqadilar yoki ba'zilar Osiyo davlatlari tibbiyot bozorlari uchun saqlaydilar. 

Sherlarning vazni qancha?
O'rtacha erkak sherning vazni 190 kg, kichikroq urg'ochi sherning vazni esa 130 kg. Umuman olganda, erkak sherlar nafaqat vazni, balki bo'yi va uzunligi bo'yicha ham urg'ochi sherlardan kattaroqdir.

Sherlar rasmi
Foto

Sherlar guruhi nima deb ataladi?
Siz sherlar guruhini "praid" deb atalishini bilsangiz kerak, ammo bu nom 20 dan kam sherlar va ularning bolalaridan tashkil topgan guruhga ishlatiladi. Ammo erkak sherlar guruhining atamasi "koalitsiya" deb atalishini kam odam bilsa kerak.

Arslonlar daraxtlarga chiqa oladimi?
Ha! Mushuksimonlar oilasiga mansub bo'lganlari uchun ular dam olish, o'ljani qidirish va boshqa yirtqichlaridan qochish uchun daraxtlarga chirmashib chiqa olishlari mumkin. 

Sher sutemizuvchimi?
Ha. Sut emizuvchilarning ta'riflaydigan bo'lsak, ular bola tug'adi, va bolalariga sut beradilar.

Sherlar mushuklarmi?
Sherlar uy mushuklari bilan o'xshashliklarga ega; ular uxlashni yaxshi ko'radilar, quyoshda yotishadi va ajoyib ovchilardir. Bu sifatlari bilan ularni mushuksimonlar oilasiga mansubliklarini aytish lozim. 

Sherlar suza oladilarmi?
Uy mushuklariga o'xshab, sherlar suzishlari mumkin, ammo suzish ularga yoqadi degani emas. Bu yirtqich jonivorlar lozim topilganda suzishlari mumkin. 

Arslon rasmi
Foto

Sherlar qanchalik tez?
Arslonlar Afrikadagi ikkinchi eng tez quruqlikdagi hayvonlardan bo'lib, 80 km/soat tezlikka yugura oladi, ammo urg'ochi sherlar erkak sherlarga qaraganda tezroq yugura oladi. Tezligi bilan mashhur bo'lgan boshqa katta mushuklardan farqli o'laroq, sherning tezligi uzoq masofalarda emas, balki qisqa masofalarga ko'proq foyda beradi.

Sherlar qancha vaqt uxlaydilar?
Arslonlar kuniga o'rtacha 20 soat uxlashadi, chunki ular kechqurun salqinroq bo'lganda ov qilishga quvvatini tejashadi.

Sherlarni qanday hayvonlar yeyishi mumkin?
Arslonlar boshqa hayvonlarning o'ljasi bo'lmasada, lekin ularning dushmanlari bor. Gienalar sherlarni oziq-ovqat uchun raqobatchi deb bilishadi va shuning uchun sherga o'ldirish uchun hujum qilishadi, lekin ovqat uchun emas. 

Sher ovi
Foto

Ma'lumotlar manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi.

 

Comments