Burak Özçivit haqida siz bilmagan faktlar

Burak Özçivit 1984 yilning 24 dekabrida tavallud topgan. Burak turkiyalik aktyor va model hisoblanadi va u 2003 yilda Turkiyaning top modeli sifatida tanlanib turli agentliklar bilan ishlashni boshlagan. Uning aktyorlik faoliyati "Eksi 18" teleserialida boshlangandir.

Umar ibn Hattob haqida faktlar

Oila va ta'lim
Burak - turk artisti va modelidir. Avval Istambuldagi Kazim Ismen maktabida o'qigan Burak keyinchalik yana shu shahardagi Marmara universitetini bitiradi. Ota onasi Jeyhan Ozchivit va Bulenta Ozchivit. Burakning kavkaz millatiga yaqinligi bor. Yana uning Burkun Denis ismli singlisi bor. 

Burak yoshligi

Karyera va debyut 
Burak Ozchivit 2006 yilda televideniyeda "Eksi 18" serialida Murat rolini o'ynaydi. Keyingi yildan boshlab esa u katta ekranda "Musallat" serialida Suat rolini o'ynab chiqishni boshlaydi. Burak top model sifatida nafaqat Turkiyada tanlanadi, balki 2005 yilda ham dunyoda eng zo'r model sifatida 2-o'rinni egallaydi. O'zining karyerasida Burak 10 ta sovrinni qo'lga kiritgan. 2012 yilda "Yil erkagi"  uning ilk sovrinidir. 

Amir Temur haqida qiziqarli 10 ta fakt

Bura

Muvaffaqiyat yili
2003 yil Burak uchun juda muvaffaqiyatli keldi. U shu yilda "Dunyoning eng yaxshi modeli" tanlovida 2-o'rinni, "Turkiyaning eng yaxshi modeli" tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritadi va uning surati "Marie Claire" zamonaviy jurnalining sahifalarida chop etiladi. Burak uchun modellik kasbi muhim bo'lganligi uchun u Marmaradagi tasviriy san'at bo'limida o'qiydi va bir vaqtning o'zida model sifatida ishlaydi. Burak Turkiyada o'ta mashhur model bo'lib yurgan vaqtida ko'pgina Yevropa brendlari bilan hamkorlik qilib keladi. 

Aktyorlik
Shubasizki, Burakning aktyorlik kasbi unga ko'p mashhurlik olib keldi. 2011 yilda aktyor Turkiyaning eng mashhur Usmoniylar imperiyasi haqidagi seriallaridan biri "Muhtasham yuz yil"da asosiy rollardan birini qo'lga kiritadi. Bu serialda u usmoniylar harbiy kuchlarining jasur ofiseri rolini o'ynaydi. Burak bu rolni qoyilmaqom tarzda ijro etib ko'pgina davlatlarda o'z muxlislariga ega bo'ldi. 2013  yilda esa Burak Ozchivit "Choliqushi" (Rashod Nur Guntekin) serialida Kamron rolini o'ynaydi va bu rolini ham huddi muxlislari kutganidek ajoyib tarzda o'ynaydi. 

Burak faktlar

Burak Ozchivitning qiziqishlari
Barcha insonlar kabi Burakning ham o'ziga yarasha qiziqishlari bordir. Burak futbol o'ynashni yaxshi ko'radi, undan tashqari u chiroyli avtomobillarga mehrini bergan va yana ingliz tilini ham yaxshigina biladi. 2014 yilda Burak o'zining "Balibey Doner" xususiy kafesini Istanbulda ochadi. Garchi u o'ziga yarasha xush surat ko'rinishga ega bo'lsada, hali ham turmush qurmagan, lekin Turkiyalik Jeylan Chapa ismli model bilan uchrashib turadi. 

Бурак хакида

Xususiy kompaniya
Ozchivit o'zining shaxsiy prodyuserlik tashkilotiga asos soladi va Amine Gulseni (Miss Turkiya 2014) ilk filmida rol o'ynash uchun taklif qiladi. 

Mashhur okeanolog Jak-Iv Kusto haqida qiziqarli faktlar

Munosabatlar
Burak o'zining sevgilisi Fahriye Evjenga o'ylangan. Ularning to'yi 2017 yilning 29 iyunida Sail Xalim-posha qasrida bo'lib o'tgan. 

 

Ma'lumotlar manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi

Comments