Qaldirg'ochlar haqida faktlar

Qaldirg'ochlar o'zlarining chiroyli va bezarar qushliklari bilan insonlar tomonidan ardoqlanib keladilar. Bu ajoyib qushlar haqida ko'pgina qiziqarli ma'lumotlar mavjuddir. Quyida sizlar uchun ajoyib ma'lumotlarni keltirib o'tmoqchimiz:

Boshqalar o'qimoqda: Bulbul haqida qiziqarli faktlar

# Uzoq masofaga uchadigan muhojir qushlar: Qaldirg'ochlar (Hirundo rustica) uzoq masofaga uchadigan muhojirlar sanalib, Buyuk Britaniyadagi yerlardan Afrikaga o'lkalarigacha minglab kilometr masofani bosib uchib o'tadilar. Ular bu sayohatni yiliga ikki marta amalga oshiradilar va kuniga o'rtacha 321.869 kilometrcha masofani bosib o'tishadi.

# Bu ajoyib qushlarning uzunligi 10— 23 sm. Qanotlari uzun va ingichka; uzoq va tez (27,5 m/sekund gacha) uchishga moslashgan. 

Qaldirgoch
Foto: https://lizzieharper.co.uk/2019/01/step-by-step-barn-swallow/

# Qaldirg'ochlar hasharotlar bilan oziqlanadilar. Oyoqlari kalta va yerda yaxshi yura olmaydilar. Qaldirg'ochlar o'ljasini havoda uchib tutadilar.  

# Havo akrobatlari: Qaldirg'ochlar o'zlarining havo akrobatikasini ajoyib tarzda namoyish eta oladilar. Ularning chaqqon parvoz usullari ov strategiyasining asosiy qismidir. Bu qushlar parvoz paytida ta'sirchan tezlikka erisha oladi va ko'pincha soatiga 25-30 
40.23 km tezlikda ucha oladilar.

Boshqalari o'qimoqda: Kabutarlar haqida ajoyib faktlar

# Qaldirg'ochning 20ta urugʻi va 79 turlari fanga maʼlum. Arktika va Antarktidadan tashqari barcha hududlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 4 urugʻga mansub 6 turi (shahar qaldirgʻochi, togʻ qaldirgʻochi, qirgʻoq qaldirgʻochi, kichik qaldirgʻoch, tuyaqaldirgʻoch, qishloq qaldirgʻochi) uchraydi.

# Qishloq qaddirgʻochi respublikamizdagi barcha shahar va qishloqlarda binolarning shifti ostidagi toʻsinlarga va devoriga yarimsharsimon uya quradi. Bunda soʻlak bilan aralashtirilgan loydan foydalanadi. Uyasiga 2—7 taga yaqin tuxum qoʻyib, urgʻochisi va erkagi navbat bilan bosadi.

# Qaldirg'ochlar tuxumini 14—16 kunda ochib chiqadi. Qaldirgʻochlar avgust oyining oxirlarida oila boʻlib, issiq mamlakatlarga uchib ketadi. Sayohatni erta boshlashiga sabab manzillari uzoq boʻlib safar 2 oy davom etadi.

qaldirgoch bolalari
Foto: https://bird-x.com/blog/problems-barn-swallows/

# Qaldirg'ochlar hamma joyda uchraydilar. Bu g'aroyib qushlar oilasiga kiruvchi "ombor" qaldirg'ochini dunyoning deyarli barcha joylarida ko'rishingiz mumkin. 

# G'aroyib ahamiyatga ega dumlar. Qaldirg'ochning sanchqiga o'xshash dumi ularning juft tanlashlarida muhim ahamiyatga ega ekanligini bilarmidingiz? Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, urg'ochi qaldirg'ochlar uzunroq dumli erkak qaldirg'ochlar bilan juftlashishni afzal ko'rishadi. 

Boshqalar o'qimoqda: Qushlar haqida faktlar

 

Ma'lumotlarni ayrimlari o'zbek tilidagi wikipediadan olindi. 

Ma'lumotlarning ayrimlari quyidagi manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi. 

Комментарии