Navro'z haqida faktlar

#1. Navro‘z so‘zi forscha “nav” (yangi) va “ruz” (kun) so‘zlaridan kelib chiqqan. U har yili mart oyida kunduz va tun vaqti teng boʻlganida boshlanadi va shimoliy yarim sharda bahorning boshlanishini bildiradi. Navro'z bayrami 2010 yilda YuNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Boshqalar o'qishmoqda: Germaniya haqida faktlar
Navruz bayrami
Foto

#2. Navro‘z Eronda 11-asrda boshlangan bo‘lsa, hozirda butun Markaziy Osiyo va butun dunyo bo‘ylab Osiyo diasporalari orasida nishonlanadi. Bu bayramda do'stlar va qarindoshlarni ziyorat qilish, atrof muhitni obodonlashtirish, yangi kiyim kiyish, lola sotib bolish odat sifatida ta'riflanadi. Bu kunda odamlar sumalak, ko'k somsa va boshqa mazali taom va shirinliklar bilan to'lgan dasturxon atrofida yig'ilishadi. Quyidagi dasturxonda Eronliklar bezatgan dasturxonni ko'rishimiz mumkin. 

Navruz dasturxoni

#3. Navro'z bayrami Markaziy osiyodagi davlatlarda ham keng nishonlanadi. Markaziy osiyo davlatlari orasida eng ko'p aholiga ega bo'lgan O'zbekistonda bu bayram ham davlat miqyosida nishonlanib, ko'pchilik oilalarda yillar mobaynida go'zal tadbirga aylanib ulgurgan. O'zbeklar 21-mart yoki shu sanaga yaqin kunlarda o'z yaqinlaridan xabar olib, xonadonlarida sumalak va boshqa bahoriy taomlarini tayyorlashadi. Umuman olganda Navro'z bayrami bu xalq bayramidir. 

Boshqalar o'qishmoqda: Anor po'chog'i foydalari 
Navruz sumalak
Foto

 

#4. Navro'z Sovet davrida O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa qismlarida ochiq nishonlanmagan. Bir necha ming yillik tarixga ega bu bayram O'zbekistonda ayniqsa 1980-yillarga kelib rasman taqiqlangani haqida ma'lumotlar bor. 

#5. Bu bayram 1991-yildan boshlab Navro'z umumxalq bayrami sifatida yurtimizda nishonlana boshlangan. 

Boshqalar o'qishmoqda: Kelinlarga 10 ta foydali maslahat

#6. 2009-yil 30-sentabrda Navro'z UNESCO tarafidan nomoddiy madaniy meros ro'yxatiga kiritilgan, 2010-yil 23-fevralda esa BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida 21-mart "Xalqaro Navro'z Kuni" deb e'lon qilinadi.  

 

Ma'lumotlarni tayyorlashda 1- manba 2-manba  3-manba lardan foydalanildi. 

Комментарии