Zaʼfaron – ziravorlar sultoni va sultonlar ziravori deb bekorga aytilmaydi. Sizlar bu noyob o'simlik haqida qiziqarli faktlarni bilib o'lishingiz mumkin.
# Zaʼfaron (Crocus sativus – lotin.) –sapsarguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon tuganak piyozli oʻsimlik.
# U Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda katta maydonlarda ekiladi.
# Fevral-iyulda gullaydi, aprel—avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi boʻlgani uchun hidi juda oʻtkir va yoqimli.
# 90-100 ming dona zaʼfaron gulidan 1 kg qurigan gul tumshuqchalari olinadi.
Daraxtlar nega oqlanadi?
# Zaʼfaron gulining quritilgan tumshuqchalari murabbo, tortlar rangi va taʼmini yaxshilash, oziq-ovqat (pishloq, sariyogʻ, likyor va boshqalarda rang berish uchun), parfyumeriya (atir-upa) sanoatida ishlatiladi.
# Qadimgi Ahdda (Tavrotda) zaʼfaron qurbonlik qilishda yordamchi vosita, boʻyoqchilik va attorlik moddasi sifatida ishlatilishi haqida bitilgan.
# Qadimgi Xitoy manbalarida shifobaxsh dori vositasi sifatida eslatilgan. Sharqda budda monaxlari liboslarini boʻyash uchun ishlatilgan.
# Yevropada uni ishlatgan boylar jamiyatda kiborlar tabaqasiga mansubligini ifodalagan. Rim arkoni davlati zaʼfaronni dori sifatida, teri va matolarga boʻyoq, attorlik moddasi sifatida ishlatgan.
# Sharqda ilgarilari u “qizil oltin” deb nomlangan. Zaʼfaron qimmatbaholigining sababi ikkita: birinchidan, uni yetishtirish juda mashaqqatli ish, ikkinchidan, xushboʻyligi, taʼmi va davolash xususiyatlari boʻyicha zaʼfaron ziravorlar orasida tengsizdir.
Suyak sho'rvaning foydalari qanday?
# Zaʼfaronning kimyoviy tarkibi 10-12 % suv, 5-7 % mineral moddalar, 5-8 % moy va moʻm , 12-13 % oqsil va eng oz miqdorda yogʻ ekstraktidan iborat oʻziga xos va xushboʻy yoqimli moddalardan tarkib topgan.
# Toʻrt ming yillik ishlatish tarixida uning toʻqson xil turli kasalliklarni davolashda qoʻllanishi aniqlangan.
# Zaʼfaron 100 dan ortiq xastaliklarni davolovchi shifobaxsh xossalarga ega. Amalda har qandalik xastalik, u boshlanish bosqichidami yoki rivojlangan oxirgi bosqichidami, bundan qatʼiy nazar, zaʼfaron yordamida 85-87 % ga shifo topadi.
Kanabis haqida faktlar
Zaʼfaronning shifobaxsh xossalari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Onkologik kasalliklarni davolashda (hatto kasallikning oxirgi bosqichida saraton oʻsimtalariga qarshilik koʻrsatadi va ularning hujayralari oʻsishini toʻxtatadi);
- Qonni tozalashda (uni yangilaydi va tozalaydi, demak yurak qon tomir tizimini mustahkamlaydi, organizmning barcha hujayralarini oziqlantiradi);
- Miya faoliyati aktivligini yaxshilaydi (bosh miya toʻqimalarini oʻstiradi, xotirani yaxshilaydi);
- Nevrozdan forigʻ qiladi;
- Bosh ogʻrigʻi va uyqusizlikdan xalos etadi;
- Oshqozon-ichak faoliyatini meʼyorga keltiradi;
- Ortiqcha oʻtdan xalos etadi;
- Buyrak va qovuqni davolaydi(asal aralashtirilgan zaʼfaron buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalaydi);
- Antioksidant taʼsirga ega (energetik modda almashinuvini yaxshilaydi, zararli moddalarni chiqarib yuboradi);
- Organizmni quvvatlaydi;
- Koʻrish qobiliyatini tiklaydi, koʻz toʻrpardasidagi illatlarni davolaydi;
- Ereksiyani yaxshilaydi;
- Hayz siklida ogʻriqni yengillashtiradi;
- Terining kuygan va shish paydo boʻlish holatlarida ularni davolaydi;
- Allergiyadan xalos etadi;
- Ichkilikbozlik illatidan xalos etadi;
- Shamol va spazmalarni chiqarib yuboradi;
- Butun organizmni yoshartiradi;
- Organizmdagi radiatsiya darajasini pasaytiradi.
Barcha ma'lumotlar quyidagi manbadan olindi va tahrirlandi.
Comments