1. Jizzax qadimgi Ustrushona davlati tarkibiga kirib Burnakad (Baxmal), Xarkana (G’allaorol) va Fekion (Jizzax) kabi tumanlarni o’z ichiga olgan.
Toshkent tarixi haqida faktlar
2. Somoniylar davrida Jizzaxdan Buxoro – Toshkent, Jizzax – Farg’ona, shuningdek Eron va Kavkazni Markaziy Osiyo orqali Mo’g’uliston va Xitoy bilan bog’lab turuvchi karvon yo’llari bo’lgan. Bu karvon yo’llaridan biri, Buxorodan eng qisqa yo’l – Forish tumani orqali o’tadigan karvon yo’li edi.
3. Jizzax 9–10-asrlarda somoniylar, 11–13-asr boshida Qoraxoniylar, Xorazmshohlar davlati, 14–15-asrlarda Temuriylar davlati, 16–18-asr 1-yarmida Buxoro xonligi, 18-asr 2-yarmidan 1866 yilgacha Buxoro amirligiga tobe boʻlgan.
Krishtianu Ronaldo haqida top faktlar!
4. Jizzax vohasining eng qadimgi yodgorliklardan hisoblangan Qaliyatepa 30 gektar maydonni tashkilt etadi. U yerdan topilgan ashyoviy dalillar eramizdan avvalgi XI – XII asrlarga taaluqli ekanligi aniqlangan.
5. Jizzax tarixida yana O’rda shahri bo’lib unga X asrda asos solingan. O’rda Qaliyatepadan 6 kilometr uzoqlikda joylashgan bo’lib Mog’ullar istilosi davrida Qaliyatepa vayron etilgach, aholi O’rdaga ko’chiriladi va keyinchalik u “Eski Shahar” nomi bilan yuritila boshlandi. 1866 yil 18 oktabrda esa chor qo’shinlar shaharni bosib olganda O’rda butunlay vayron etilgan.
6. Jizzax nomining kelib chiqishi. Jizzax shahri dastlab “Dizak” deb atalgan. Bobur o’zining “Boburnoma” asarida Jizzaxni “Dizak” deb tilga oladi. Turkiy tilda “diz” qal’a ma’nosini bildiradi. “Diza” so’ziga qo’shimcha harf qo’shilib “diza-k” so’zi yasalgan, dizak – kichik qal’a, kichik qo’rg’on yoki qo’rg’oncha ma’nolarini bildirgan.
Imom Termiziy haqida faktlar
Mirzo Ulug'bek haqida faktlar
7. Jizzaxning qadimgi o’rni devor bilan o’rab olingan. Shaharga 4 darvoza orqali kirilgan. Bu darvozalarning biri orqali Samarqanda, ikkinchisi orqali Buxoroga, uchinchisi orqali Farg’ona va Andijonga, to’rtinchisi orqali Toshkentga borilgan. Bu darvozalar kecha-kunduz himoya qilingan.
8. Buxoro xoni Abdullaxon juda katta strategik ahamiyatga ega bo’lgan Jizzax shahrini saqlab turish uchun 1575-1587 yillarda Tuyatortar kanalini yangidan qazitib, Zarafshon daryosi suvini birinchi marta Tuyatortar kanali orqali Jizzax vohasiga keltiradi. Tuyatortar kanalini qazishda boy va amaldorlar o’zlarining qo’l ostidagi kishilarni shafqatsiz ishlatganlar. Ishlar og’ir mehnat va zulm ostida olib borilgan.
9. Jizzax vohasining eng katta kanali Tuyatortar deb nomlanishining sababi barcha ishlar tuyalar yordamida bajarilganligi sabab degan fikrlar mavjud.
10. 1889 yilda Jizzax shahrida ilk rus-tuzem maktabida 11 talaba o’qidi. Maktabda “Ustodi avval”, “Muollim soni” kitoblari asosiy qollanmalardan hisoblangan. 1929 yili Jizzaxda muallimlar tayorlash bilim yurti tashkil etildi.
Mirzo Bobur haqida faktlar
11. Jizzax Davlat Politexnika Instituti 1974 yilning 26 iyulida tashkil topgan bo’lsa, 1977 yilda Jizzax shahrida Toshkent politexnika institutining “Umumtexnika” fakulteti ochilib, keyinchalik Jizzax Davlat Politexnika Institutiga aylangan.
12. Xo’ja Nuriddin xoji madrasasi. Bu bino qo’qonlik ustalar tomonidan 1890-1906 yillar oralig’ida qurilgan. Barcha shaharlarda madrasa bozorga qarab turadi. Jizzaxda ham shunday bo’lgan. Bozor (Katta bozar) 1970 yillargacha hozirgi Sh.Rashidov haykalining o’rnida edi.
13. Toshkentning eski shahar qismi. “Jizzax” ko’chasi. Bu qadimiy ko’cha hozir ham bor.
14. Sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari Sharof Rashidov tug’ilgan. (Suratda Sh.Rashidov tog’asi X.Nosirov (“Moskva” kolxozining raisi) bilan. X.Nosirov ayni vaqtda X.Olimjonning ham tog’asi bo’lgan.)
15. Jizzax viloyatining barcha hokimlari.
16. Inomov Shukur Ibrohim o’g’li. 17-18 yoshida mashhur JIZZAX SOMSAsini yaratgan odam. Gap shundaki, avvallari Jizzax somsasi kichkina bo’lgan. Odamlar uyida yopib bozorda savatda yurib sotganlar.
Richard Gir haqida faktlar
Video:
{"preview_thumbnail":"/sites/default/files/styles/video_embed_wysiwyg_preview/public/video_thumbnails/0SFIW-y8Fn0.jpg?itok=yIfrsxRb","video_url":"https://youtu.be/0SFIW-y8Fn0","settings":{"responsive":1,"width":"854","height":"480","autoplay":1},"settings_summary":["Embedded Video (Responsive, autoplaying)."]}
Maqolani tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi:
Suratlar: Facebook.com/groups/jizzax & Daryo.uz
Manbalar: Uz.Wikipedia & Ҳайитбой Ҳайдаров – Жиззах вилояти тарихи
Jizzaxlik ustoz Haydarbek Hamdam ma’lumotlaridan foydalanildi.
Comments