Krishtianu Ronaldo haqida top faktlar!

Madeyrada tug'ilib o'sgan Krishtianu Ronaldu Portugaliyadan chiqqan eng mashhur inson sanalavi va u shuningdek, 446 million obunachi bilan Instagramda eng ko'p kuzatuvchilarga ega odam sifatida ham tanilgan. Undan tashqari Ronaldo yana ko'pchilik uchun dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. 

ronaldo

1. Ronaldo ishchilar sinfiga kirgan oilada o'sgan.

Dueyn Jonson haqida 24 qiziqarli faktlar

U Funshalning San-Pedro cherkovida tug'ilgan va kambag'al portugal oilasining to'rtinchi va eng kenja farzandidir. Uning onasi oshpaz, otasi esa bog'bon bo'lib, ichkilikbozlik bilan kurashgan va 2005 yilda jigar bilan bog'liq kasallikdan vafot etgan. Ronaldoning onasi Dolores Aveyro o'zining "Ona jasorati" kitobida qashshoqlik va erining spirtli ichimliklar bilan bog'liq muammolari tufayli Ronaldoga homiladorlik vaqtida homiladan qutulish choralari haqida gapirib o'tgan. 

ronaldoning bolaligi
Foto  

Ginnesning Rekordlar Kitobi Krishtianu Ronalduni xalqaro futbolda eng ko’p gol urgan odam deb topdi

2. Ronaldo - dunyo milliarderlari qatorida turadi. 
Krishtianu Ronaldo nafaqat dunyodagi eng boy futbolchi, balki u birinchi futbolchi milliarder hamdir. Forbes ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilda uning daromadi 1 milliard dollardan oshgan birinchi faol jamoaviy sportchi bo'ldi. 

ronaldo haqida
Foto: https://www.nytimes.com/2022/11/22/sports/soccer/ronaldo-manchester-united.html

4. U Ronaldoning yana bir ismi Reygan bo'lgan. 
Krishtianu Ronaldo GQ ga bergan intervyusida shunday deydi: "Ota-onam menga Ronald Reygan sharafiga nom qo'yishgan sababi, ular bu ismni yaxshi ko'rishgan va bu ismni qandaydir kuchga ega deb o'ylashgan". Ronald Reygan AQSh prezidenti bo'lishidan oldin aktyorlik kasbida ishlagan va Ronaldoning otasining sevimli aktyori hisoblangan. 

5. Krishtiano faoliyati davomida 800 dan ortiq gol urgan
Krishtianu Ronaldo faoliyati davomida 807 ta gol urganligi haqida bilarmidingiz? Bundan tashqari Ronaldo erkaklar futboli tarixidagi eng ko'p gol urgan futbolchiga aylangan. Lionel Messi o'z gollari bilan Ronaldodan 48 ta gol ortda qolib kelmoqda. Ronaldodan avvalgi rekordchi Jozef Bikan 1931-1955 yillarda 805 ta gol urgan edi.

ronaldo o'yini
Foto

6. Kristiano 2021-yilda “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda 32,51 km/soat tezlikka erishgan
2021-yil sentabr oyida Ronaldu 32,51 km/soat tezlikka erishadi va “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda buni boshqa futbol matchlaridanda eng tez bajargan futbolchiga aylanadi. U bu tezlik bilan «Manchester Yunayted»dagi jamoadoshi Aaron Uan-Bissaka va «Vest Xem Yunayted» hujumchisi Jarrod Bouenni ortda qoldirgan.

Doktor Zakir Naik haqida 8ta qiziqarli faktlar

7. 15 yoshda yurak operatsiyasi
Krishtiano Ronaldoga bolaligida taxikardiya tashxisi qo'yilgan, bu yurak urish tezligi daqiqada 100 martadan ko'proq deganidir. Bu insult yoki yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin bo'lgan va shu sababli Ronaldo 15 yoshida yurak operatsiyasi uchun jarrohlik stoliga yotadi. Uning onasi 2009 yilda Daily Mail nashriga shifokorlar muammoning manbasini yo'q qilish uchun shifokorlar lazerdan foydalanganliklarini va u ertalab operatsiya qilinganini aytadi. Operatsiyadan keyin bir necha kun ichida u yana futbol o'ynashga muvaffaq bo'ldi.

8. Krishtiano hech qachon tatuirovka qildirmaslikka va'da bergan
Krishtianu Ronalduning tatuirovkasi yo'qligi haqida bilarmidingiz? U muntazam ravishda qon topshiradi va donorlik qilish uchun tatuirovkadan keyin oylar kutishni xohlamaydi.

ronaldo donor
Foto

9. Krishtiano Ronaldo 2005 yilda zo'rlashda ayblanib hibsga olingan.
U 2005 yilda London mehmonxonalaridan birida ikki ayolni zo'rlaganlikda ayblanib hibsga olingan. U ayblovlarni rad etadi va dalillar yetarli emasligi sababli ish Skotland-Yard tomonidan to'xtatiladi. 

10. Krishtiano Ronaldoning oyoqlari 100 million yevrodan ortiq mablag'ga sug‘urta qilingan.
2009 yilda "Real Madrid" jamoasi Krishtianu Ronalduning oyog'i 100 million yevroga sug'urta qilganini e'lon qiladi. Bu futboldagi eng qimmat tana a'zolari sug'urtasi emas, chunki Lionel Messining chap oyog'i 750 million yevroga sug'urtalangandir. 

TikTok yulduzi Xabi Leym (Khabi Lame) haqida 10 ta fakt!

11. Ronaldo jufti Jorjina Rodriges bilan 2016-yilda Gucci kompaniyasida ishlayotganida tanishgan.
Krishtianu Jorjina bilan Madriddagi Gucci do‘konida tanishganida, qiz u yerda sotuvchi bo‘lib ishlab kelgan. O'sha vaqtda Jorjina 22 yoshga, Ronaldu esa 31 yoshga to'lishgan. Er-xotin 6 yildan beri birga va to'rt farzandli katta oilaga aylanishgan. Uning farzandlari: Cristiano Jr, Eva, Mateo and Alana. 

ronaldo farzandlari
Foto

12. Ronaldu xayriya ishlariga ko'p pul ajratadi. Ronaldo muntazam ravishda Qizil Xoch, Save the Children va Make-A-Wish fondlariga xayriya qiladi. Uning eng saxovatli ishlari orasida 2015-yilda 8000 ga yaqin odam halok bo'lgan zilziladan keyin Nepalga yordam berish uchun qilgan 5 million dollar xayriyasi bo'lgan. 

ronaldo xayriyasi
Foto

Video:

{"preview_thumbnail":"/sites/default/files/styles/video_embed_wysiwyg_preview/public/video_thumbnails/pVxm7l50Ueg.jpg?itok=VSbomDI9","video_url":"https://youtu.be/pVxm7l50Ueg","settings":{"responsive":1,"width":"854","height":"480","autoplay":1},"settings_summary":["Embedded Video (Responsive, autoplaying)."]}

Ma'lumotlar quyidagi manbalardan tarjima qilindi: 

Manba 1

Manba 2

Comments