Stiv Jobs Haqida 14 ta fakt

Stiv Jobs, MacBook kompyuterlaridan iPod va iPhone-ga qadar butun dunyoni egallagan ko’p millionli brend bo’lgan Apple Inc.ni yaratishda mashhur.

Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni ko'rinishlari haqida 69ta fakt

Ammo uning safari qanday boshlandi va u Appleni qanday yaratdi?

Polat Alemdar haqida faktlar

Bu inson o’zining karyerasi davomida shaxsiy hayoti haqida jimlikni ma’qul ko’rdi.  So’nggi yillarda esa, u ommaga shaxsiy hayotini ochishni ma’qul ko’rdi.

Stiv Jobs haqida bilishingiz kerak bo’lgan 15 ilhomlantiruvchi faktlar.

#1 Stiv Jobs boqib olingan

Steve Jobs

Stiv Jobs 1955 yil 24 fevralda Abdulfatta Jandali va Joanna Shible oilasida tug’ilgan. Jandali islom diniga mansub oiladan kelib chiqqan bo’lib, Shible esa katolik bo’lgan. Lekin Shible homilador bo’lganida bu ikki yosh hali turmush qurishmagan edi.

Mirzo Ulug'bek haqida faktlar

O’sha paytda ikkalasi ham Viskonsin universitetida o’qishgan. Shible Kaliforniyaga tug’ilish uchun qochib ketgan. Shible bolani o’zida qoldirmaslik qaroriga kelib, Jobsni boshqa oilaga bergan. Biroq, yillar o’tib, ular qiz farzandli ham bo’lishgan va qizni o’zlarida qoldirishgan.

#2 Jobs kollejdagi o’qishni tashlab ketgan.

Steve Jobs

Ko’pgina muvaffaqiyatli tadbirkorlarga o’xshab Jobs kollejdagi o’qishini tashlab ketgan. U 1972 yilda Rida kollejiga o’qishga kiradi va birinchi semestrdan keyin o’qishni davom ettirishdan voz kechadi. Ota-onasiga esa, o’zi uchun mantiqsiz ta’limga pul sarflashni istamasligi haqida aytadi. 

#3 Stiv Jobs Apple companiyasiga 1976 yilda asos solgan. 

Steve Jobs

Stiv Voznyak bilan birgalikda Stiv Jobs birinchi Apple kompyuterini 1976 yilning martida yaratishgan. Voznyak Apple I ni ishlab chiqqandan so’ng ikkalasi ilk kompyuterlarinini keng ommaga sotishga qaror qiladilar. 1976 yilning 1 apreliga kelib ular Apple kompyuter kompaniyasiga asos solishib o’zlariga biznes sherik sifatida Ronald Ueynni tanlashadi. Hozirda Appla kompyanisining rasmiy nomi Apple Inc. 

#4 Jobs Apple kompyuterini qizining sharafiga nomlagan. 

Steve Jobs

Loren Pauel bilan turmushida Jobs 3 ta farzandli bo’lgan. Uning birinchi farzandi Krisan Brennan ismli qiz bilan bo’lgan. Brennan o’zining homiladorligini bilganida Jobs tug’ilajak bola unikiligini tan olmagan va natijada Brennan u bilan munosabatni to’xtatgan. 

Liza Nikol Brennan-Jobs 1978 yilning 17 mayida tug’ilgan. Jobs uning tug’ilishida ishtirok etmagan lekin 3 kundan keyin Brennanni ko’rgani borgan. Ikkisi yangi tug’ilgan qiz chaqaloqqa Liza deb ism berishgan. So’ng, Jobs o’zi ishlayotgan kompyuteriga Apple Lisa deb ism qo’ygan. 

Krishtianu Ronaldo haqida top faktlar!

#5 U o’quvchilaridan biriga uylangan.

Steve Jobs

Jobs bo’lajak rafiqasini 1989 yilda Stendford oliy biznes maktabida leksiya o’qiyotgan vaqtda uchratgan. Loren Pauel birinchi qatorda o’tirgandi. Jobs esa undan ko’zini uza olmagan. Ma’ruzadan keyin Jobs Pauelni kechki ovqatga taklif qilgan. Jobs Pauelning qo’lini 1990 yilda so’ragandan so’ng, ular Ahwahnee mehmonxonasida 1991 yil 18 martida to’y marosimini o’tkazishgan. 

#6 Jobs o’zining biologik singlisi bilan 27 yoshida uchrashgan.

Steve Jobs

Jobs yoshligida boqib olinganligi haqida yuqorida aytib o’tildi. Lekin u o’zining tug’ishgan singlisini haqida hech narsa bilmas edi va uni topish uchun ko’p kutgan. U faqatgina 27 yoshga to’lganida o’z singlisi yozuvchi Mona Simpson bilan uchrashishga muvaffaq bo’lgan. 

#7 Jobs Pixar grafik guruhini moliyalashtirgan

Steve Jobs

Pixar kompaniyasi Disneyning yordamchi kompaniyasidan xususiy kompaniyaga aylanishiga sabab Jobsning investisiyalari bo’lgan. Pixarning ilk filmi “O’yinchoqlar hikoyasi” (1995)ning yaratilishiga Jobs sababchi bo’lgan.

#8 Uning nomiga 300 dan ko’p patent ro’yxatlashtirilgan

Steve Jobs

Jobsning nomiga ro’yxatdan o’tgan patentlarning aniq soni haqida ma’lumotlar chalkashroq. Jobs o’z nomiga “kashfiyotchilik” uchun 43 ta patentga ega bo’lsa, boshqalari dizayn uchun deb hisoblanadi. U dinamiklar, narvonlar, paketlar, quvvatlantiruvchi adapter, telefonlar va boshqa narsalar uchun patentlarga ega bo’lgan. 

O’limidan oldin bo’lsa Jobs nomiga yana 141 ta patent olingan. Shunday qilib, Jobs nomini olgan 100 lab patentlar paydo bo’lgan. 

#9 Jobs kuni bo’yi bir xil kiyimda yurgan

Steve Jobs

Albatta bir xil kiyim emas, lekin bir xil stildagi kiyimlar. Jobsning dress-kodi qora vodolazka, jinsi va krosovkadan iborat bo’lgan. Uning kiyinish stili sodda bo’lgan. U faqat Levis jinsilarini kiygan. 

#10 Jobsda jigar transplantatsiyasini amalga oshirishgan

Steve Jobs

2003da Stiv Jobs oshqozon osti bezi saratoni kasalligiga chalinadi.

Dastlab, Jobs muqobil yo’llarni qidirib tavsiya etilgan tibbiy yordamni e’tiborsiz qoldirgan.

2004 yilda, u nihoyat me’da osti bezi o’simtasini olib tashlash uchun jarrohlik amaliyotidan o’tdi. Afsuski, 2006 yilda uning kasalligi qaytalandi, lekin ko’pchilik bu haqda bilmagan. 

Tim Kuk Jobsga jigarining bir qismini Jobsga taklif qiladi, sababi ikkisining ham qon guruhi bir bo’lib, bu guruh noyob qon guruhi bo’lgan.

2009 yilning aprelida Jobsga jigar transplantatsiyasini amalga oshiradi va 2011 yilda Apple kompaniyasi Jobsga sog’ligiga e’tibor berishi uchun kasallik ta’tilini berishga qaror qiladi. 

#11 2007 yil Jobs uchun muvaffaqiyatli yil bo’lgan.

Steve Jobs

2007da Jobs Kaliforniya shon-shuhrati zaliga kiritildi. Zal Kaliforniya tarixi, ayollar va san’at muzeyida joylashgan.

Birinchi iPhone 2007 yil 29 iyunda ishlab chiqarildi. 

Bundan tashqari, 2007da Fortune jurnali Jobsni biznesdagi eng nufuzli shaxs deb atadi.

#12 Jobsning o’limi oldidan uning boyligi 10,2 milliard dollarni tashkil etgan.

Steve Jobs

1978 yilda 23 yoshida Stiv Jobsning boyligi 1 million dollarni tashkil qilgan bo’lsa, faqatgina ikki yil o’tgach, uning boyligi 250 million dollarga ko’tarilgan.

Vafot etgan yili (2011) uning boyligi 10,2 milliard dollarni tashkil etgan edi.

Qiziqarlisi, boyligining aksar qismi Disney aksiyalaridan bo’lib, kamroq qismigina Apple kompaniyasidan bo’lgan. Lekin nima bo’lganda ham, bu boyliklar Jobsning o’limidan so’ng unga hech qanday foyda keltirmaganligi aniq.

#13 Jobsning biografiyasi uning o’limidan 19 kun o’tib nashr etilgan. 

Steve Jobs

2009 yilda Jobs o’z hayoti haqida gapirishda faol bo’la boshladi va jurnalistlar bilan intervyularda qatnashdi. Jobs Uolter Ayzeksonga o’zining yagona biografiyasini yozishga ruxsat bergan. Job Ayzeksonga do’stlari, oila a’zolari, hamkasblaridan biografiyasi haqidagi kitobni haqqoniy bo’lishi uchun intervyu olishiga ruxsat beradi. Ayzekson esa o’z navbatida biografik kitobni Jobs bilan bo’lgan 40 dan ortiq suxbat va 100lab intervyular asnosida yozib chiqdi. Kitob faqatgina Jobsning o’limidan so’ng 19 kundan keyin chop etildi. 

Spiderman haqida zo'r faktlar!

# 14 Stiv Jobsning Budapesht, Vengriyadagi haykali

Steve Jobs

Vengriya poytaxtida Jobsning 2,1 metr balandlikdagi bronza haykali bor. Haykal Jobsning Graphisoftga texnologik sanoatga qo’shgan hissasi sharafiga o’rnatilgan. 

Uzbek

Comments