QUROLNI ILK BOR KIM IXTIRO QILGAN?
Yunon afsonalarini kitob qilib jamlagan Gay Yuliy Gigin insoniyat tarixida ilk bor qurolni ixtiro qilgan odamning ismi Inaxning o‘g‘li Foroney ekanligini aytadi va shuning uchun ham u birinchi bo‘lib shohlik hukmronligiga ega bo‘lgan, deb qo‘shib qo‘yadi.
Nima ham derdik, kimning qo‘lida kuch va qurol bo‘lsa – hokimiyat o‘shaniki...
Boshqalar o'qimoqda: Sher haqida top faktlar
“URUSH” SO‘ZI QAYERDAN KELIB CHIQQAN?
Qadimgi yunon adibi Gay Yuliy Giginning yozishicha odamlar oldin tayoq va gurzilar bilan urishishgan, Neptunning o‘g‘li Bel birinchi bo‘lib qilich bilan urusha boshlagan. Shu boisdan ham urushning yunoncha nomi uning ismidan – bellum tarzida olingan ekan.
Koshkiydi bu voqea umuman bo‘lmagan va insoniyat bu so‘zni bilmagan bo‘lsa!
Boshqalar o'qimoqda: Yevropaliklar musulmonlardan nega qarzdor?
QANOT BOGʻLAB UCHGAN OTA VA O‘GʻIL
Qadimgi yunon afsonalarida aytilishicha Krit orolida Dedal degan ixtirochi yashagan ekan. U bir kuni o‘g‘li Ikar va o‘ziga qushlarning patlarini mum bilan bir-biriga yopishtirib qanotlar yasabdi va birgalikda osmonu falakka parvoz qilishibdi. Yosh va baquvvat Ikar uchishdan zavq olib, tabora yuqoriga ko‘tarila boshlabdi. Otasi unga: “Juda yuqoriga ko‘tarilaverma, qanotlaring kuyib ketmasin”,– debdi. Ammo u o‘z kuchiga ishongan Ikar yana ham yuqoriroqqa ko‘tarilibdi. Natijada uning qanotlari oftobda kuyib, mumlari erib to‘zg‘ib ketibdi va u pastga – dengizga qulabdi. Ikar qulagan dengiz hozirda ham Ikar dengizi deb ataladi.
KRITDAGI KIRSA-CHIQMAS SAROY HIKOYASI
Odam kirsa-chiqmas, to‘g‘rirog‘i kirib olib chiqaolmas joy haqidagi qadimgi yunon afsonalari mashhurdir. Labirint deb ataluvchi va bir-biriga tutashib ketgan yo‘laklardan iborat bo‘lgan bunday qurilmaga kirib qolgan odam chiqib ketish uchun qancha urinmasin yo‘l topaolmay halok bo‘lar ekan. Buning ustiga labirintning markazida jasadi odamu kallasi ho‘kiz bo‘lgan Minotavr degan maxluq istiqomat qilarkan va adashganni tutib yerkan. Bu afsona tarixda qolgan va qadimgi “Iliada”, “Odisseya” dostonlarida tarif-tavsiflab o‘tilgan.
Boshqalar o'qimoqda: Dunyodagi eng qadri baland valyuta
Bu qadimgi afsona shunchaki xayoliy to‘qimami yo rostdan ham bo‘lganmi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirib kelardi. Qadimshunoslir Yevropaning ilk tamadduni o‘chog‘i bo‘lgan Krit orolini tadqiq etishganida maydoni o‘n olti ming kvadrat kilometrni tashkil etuvchi juda katta saroy qoldiqlarini topishdi. Saroy uch yuzdan ortiq binolardan tashkil topib, bir necha mingtacha xonalari esa bir-birlari bilan tutashtirilgan edi. Eramizdan oldingi 2000 yillarda barpo etilgan bu inshoatdan garchi birinchi qavat yoki yer osti qurilmalarigina saqlanib qolgan bo‘lsa-da o‘z davrida ko‘pqavatli bu imoratning mahobati hamon sezilib turardi.
Surat manbasi
Comments