Bugungi kunda, dunyoning turli burchaklarida urush va boshqa shakldagi zo’ravonlik holatlarini ko’rishimiz mumkin. Terrorchilik faoliyati butun dunyo bo’ylab begunoh odamlarni nishonga olmoqda. Bu tadbirlarning ko’pchiligida musulmonlar xudkush yoki terrorchi sifatida ko’rsatilmoqda.
Biroq, shia va sunniy mazhabidagi musulmonlarning aksariyati bunday zo’ravonlik harakatlarini qattiq qoralamoqda. Islom tinchlik dinidir va yuqoridagi holatlarning noto’g’riligi uning payg’ambarining ta’limotlari va xulq-atvor namunalari dalolat beradi.
Umar ibn Hattob haqida faktlar / Факты об Умаре ибн аль-Хаттабе (РА)
Bu postni yozishdan maqsadim shunchaki dunyodagi eng keng tarqalgan dinlardan birining kelib chiqishini yoritib, eng sevimli Payg’ambarimiz Muhammad (sav) bilan bog’liq eng to’g’ri, original ma’lumotlarni taqdim etishdir.
Payg’ambarimiz Muhammad Sallalohu Alayhi Vasallam haqida 30 ta fakt:
1. Muhammad Payg’ambar (S.A.V.) Ibrohim payg’ambarning o’g’li Ismoil payg’ambarning avlodlari.
2. Payg’ambarimiz Muhammad (S.A.V.) Makka shahrida tug’ilganlar.
Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni ko'rinishlari haqida 69ta fakt
3. Eramizning 570 yili edi.
4. Tug’ilganlaridan ko’p o’tmay onasi vafot etdi.
5. Otalari tug’ilishlaridan oldin o’lgan edilar. Shunday qilib Rasululloh Sallallohu Alayhi Vasallam yetim bo’lib qolganlar.
6. Keyin esa amakilari Abu Tolib va bobolari Abdul-muttalib ularga g’amxo’rlik qilishdi.
7. To’qqiz yoshlarida amakilari bilan birga savdo safarlariga chiqa boshladilar.
8. Payg’ambarimiz o’sha safarlarida turli millat va dindagi kishilar bilan uchrashdilar.
9. Ularning fe’l-atvorlarini hamma hurmat qilardi. Madina bo’ylab odamlar, jumladan, yahudiylar ularga “Al Amin – ishonchli” nomini berishdi.”
10. Safarlarning birida nasroniy olim bilan uchrashdilar, olim u zotning amakilariga – bir kun bu bola buyuk ish qilishlarini aytdi va barcha daraxtlar, tog’lar va dengiz u zotning oldilarida bosh egayotganini ko’rganini aytgan.
11. 25 yoshga to’lgach, Payg’ambar alayhissalom (S.A.V.) Xadichadan nikoh taklifini qabul qildilar va onamizga uylandilar. Xadicha bilan nikohlari vaqtida 40 yoshda edi.
12. Hayotlarining 50-yiligacha ularning yagona xotinlari Sayyida Xadicha bo’lgan.
13. Rasululloh Sallalohu Alayhi Vasallam o’g’il farzandli bo’lganlar, lekin ular yoshligida vafot etishgan.
Abu Bakr (RA) haqida ajoyib faktlar
14. Payg’ambarimiz Muhammad S. A. V. 9 yoshlarida Sayyida Oishaga uylanganlar. 1400 yil oldin yosh qizlarga uylanish keng tarqalgan. Aslida ular yosh qizlar hisoblanmas, aksincha ular yosh ayollar hisoblanishardi. 9-dan 14-gacha bo’lgan qizlar Yevropada, Osiyoda va Afrikada turmushga chiqishgani tarixiy haqiqatdir, aslida 10 yoshida ham qo’shma Shtatlarda qizlar bir asrdan ko’proq vaqt oldin turmushga chiqishgan.
15.Payg’ambarimiz Muhammad Sallalohu Alayhi Vassalam hech qachon yolg’iz ovqatlanmaganlar. Ular boshqalarni taklif qilib keyin ular bilan birga ovqatlanganlar.
16. Ovqat yeyishdan oldin va keyin qo’l yuvishga undaganlar.
17. Ular muntazam ravishda kambag’al va kasallarni ziyorat qilganlar.
18. Bir kishini ziyorat qilsalar, salom berib, keyin uyga kirmasdan oldin ulardan ruxsat olganlar va bu hurmat belgisini boshqalar ham ishlatishlarini targ’ib qilganlar.
19. Ular kiyimlarini o’zlari tikar, poyabzallarini ta’mirlab, yerni supurar, shuningdek, hayotlari davomida ro’zg’or xaridlarini bajararganlar.
20. O’sha paytda Makka ahli qizlarini o’ldirish, ichkilik ichish, zo’rlash ishlarini sodir etish va begunoh odamlarni o’ldirish kabi ko’plab gunoh ishlarda faol bo’lganlar. Payg’ambarimiz Muhammad Sallalohu Alayhi Vasallam bu tadbirlarga qatnashmaganlar va yakkalik, tinchlikda qolishlari uchun Hiro g’orida vaqtlarini o’tkazganlar.
21. Bir kuni g’ordagi vaqtlarida farishta Jabroilni ko’rdilar va farishta ularga “Alloh nomi bilan o’qing” dedi va Payg’ambarimiz Muhammad (S.A.V.) men na o’qiy olaman, na yoza olaman deb javob berganlar.
22. Farishta Jabroil vahiylar bilan yana kelgandan so’ng, Rasululloh (S.A.V.) odamlarga Islomni targ’ib qila boshlaganlar.
23. Payg’ambarimiz Muhammad (S.A.V.) odamlarga Islom haqida gapirib, ularni da’vat qilganlar lekin da’vatlarini o’rta miyona, odamlarni bezdirmasdan olib borganlar.
Al Xorazmiy haqida 8 ta faktlar
24. Ular ba’zan shunday ibodat qilardilarki hatto, oyoqlari shishib ketardi. Bir kuni ulardan nega bunday o’zlarini azoblashlarini so’rashganida u zot “Men (Allohga) shukr qiluvchi qul bo’lmaymanmi?” deb aytganlar.
25. Ular Arabistondan tashqaridagi podshohlar va rahbarlarni Islomga taklif qilib maktublar yuborganlar.
26. Butparastlar va musulmon bo’lmaganlar turli yo’llar bilan Payg’ambar Muhammad (S.A.V.) va boshqa musulmonlar uchun zarar keltirganlar, lekin Payg’ambar Muhammad (S.A.V.) sabr-toqat va qat’iyatli bo’lganlar.
27. Rasululloh (S.A.V.) 23 yil davomida Allohdan vahiylar olganlar.
28. Payg’ambar Muhammad (S.A.V.) hech qachon o’zlarini “ilohiy” deb ta’riflamaganlar.
29. Ularning ismlari hozir dunyodagi eng mashhur ismlardan biridir.
30. Payg’ambarlikning 23 yilidan so’ng Muhammad (S.A.V.) vafot etdilar va vafotlaridan so’ng Islom xalifalarning sa’y-harakatlari tufayli boshqa joylarga ham yoyildi. Allohdan Payg’ambar Muhammad (S. A. V.)ga kelgan vahiylar ul zotning vafotlaridan so’ng kitobga ko’chirilgan.
Surat va maqola manbadan olindi va tarjima qilindi
Comments