# Misr Afrikada qit'asidagi eng ko'p aholiga ega bo'lgan davlatlar orasida 3-o'rindadir
2024-yil ma'lumotlariga ko'ra Misrda yashayotgan insonlar soni 114,484,252 ga yetgan. Bu raqamlar esa Misrni Afrikadagi Efiopiya va Nigeriyadan keyin aholi soni bo'yicha 3-o'ringa qo'yadi.
# Qohira - Afrikadagi aholi soni bo'yicha eng yirik shaharlardan biridir. Siz katta shahar shovqinini yoqtirasizmi? Agar javobingiz "Ha" bo'lsa sizga Misrning poytaxti Qohira yoqishi aniq. Bu yerda 2024 yil ma'lumotlariga qaraganda 22,624,000 (manba)aholi istiqomat qiladi va bu raqam Qohirani Afrika qit'asidagi eng ko'p aholiga ega shaharlardan biriga aylantiradi.
Boshqalar o'qimoqda: Shaxmat haqida faktlar
# Misr qit'alararo davlatdir. Bu davlat Sinay yarim oroli Afrikaning shimoli-sharqini va Osiyoning janubi-g'arbiy qismini o'rtasidagi quruqlikdagi ko'prikdir.
# Misr Afrikadagi eng uzun daryoning vatani hisoblanadi. Dunyodagi eng uzun daryolardan (Amazonka daryosidan keyin 2-o'rinda) biri Nil haqida eshitgandirsiz. Nil daryosi uzunligi 6,650 km bo'lib u Misr bo'ylab o'tgandir va bu daryo misrliklarning hayotiga singib ketgandir.
Boshqalar o'qimoqda: Minorai Kalon haqida qiziqarli faktlar
# Qadimgi Misr piramidalarining aksariyati fir'avnlar (Qadimgi Misr hukmdorlari) va ularning oilalari uchun qabr sifatida qurilgan. Bugungi kunga qadar Misrda 130 dan ortiq piramidalar topilgan.
# Qadimda misrliklar uchun keyingi hayot nihoyatda muhim bo'lgan. Ular o'lgan odamning jasadini saqlab qolish ya'ni mumiyalash orqali - ularning ruhi keyingi hayotda abadiy yashaydi, deb ishonishgan.
# Dunyoning so'nggi qadimiy mo'jizasi Qohirada joylashgandir. Buyuk Xufu Piramidasi Giza piramidalarining eng kattasi bo'lib, dunyodagi eng so'nggi qadimiy mo'jizadir. Qadimgi dunyoning qolgan 6 ta mo'jizasi so'nggi bir necha asrlarda vayron qilingan yoki yo'q bo'lib ketishgan.
Boshqalar o'qimoqda: Xitoy haqida faktlar
# Misrda YuNESKOning 7 ta ob'ekti joylashganligini bilarmidingiz? Bular Abu Mena, Fiba nekropoli, Qohira, Giza piramidalari, Nubiya yodgorliklari (Abu Simbel ibodatxonasi joylashgan), Avliyo Ketrin hududi va kit vodiysi. Misrning ko'plab ibodatxonalarini qurish uchun ishlatiladigan tosh bloklarning ba'zilari og'irligi 50 tonnadan oshadi. Qadimgi davrlarda ular qanday bir joydan boshqa joyga ko'chirilganligi haqida tarixchilarda hali ham aniq ma'lumot yo'q.
# Ierogliflar haqida. Qadimgi misrliklar ieroglif deb nomlanuvchi murakkab yozuv tizimini ishlab chiqganlar, unda tovushlar va fikrlarni ifodalash uchun belgilar va rasmlardan foydalanishgan. Ierogliflar asosan diniy matnlar va monumental yozuvlar uchun ishlatilgan.
# Yosh fir'avn Tutankhamunning qabri 1922 yilda arxeolog Xovard Karter tomonidan topilgan. U boy xazinani o'z ichiga olgan va tarixdagi eng mashhur arxeologik topilmalardan biri hisoblanib keladi.
Boshqalar o'qimoqda: Toshkent tarixi haqida faktlar
# Qadimgi misrliklar mohir matematiklar bo'lib, o'nlik sistemadan foydalanganlar. Ular o'zlarining monumental binolarini, shu jumladan piramidalarni qurish uchun zarur bo'lgan geometriya texnikasini ishlab chiqqanlar.
Ma'lumotlar manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi.
Comments