#1 Imom Moturidiy 870-yilda Samarqandda tug’ilib, 944-yili shu yerda vafot etgan.
#2 Alloma moturidiylik aqidaviy muzhabi asoschisidir.
Bahouddin Naqshband haqida faktlar
#3 Imom Moturidiyning “Tavhid” kitobi aqida ilmiga eng asosiy manbalardan hisoblanadi.
#4 Bugungi kunda dunyo musulmonlarining yarmidan ko’pi moturidiylik aqidaviy mazhabiga ergashadi.
#5 Imom Moturidiy islom ta’limotida ilk bor “bilish nazariyasi”ni ilmiy asoslab bergan.
#6 Alloma “To’g’ri yo’lga yetaklovchi imom”, “Musulmonlar e’tiqodini tuzatuvchi”, “Ahli sunna val jamoa bayrog’ini baland ko’taruvchi” kabi yuksak nomlar bilan atalgan.
Yevropaliklar musulmonlardan nega qarzdor?
#7 Imom Moturidiy tafsir, aqida, fiqh ilmlariga oid 15 ga yaqin asar yozgan.
#8 Alloma IX – X asrlarda paydo bo’lgan adashgan oqimlarga qarshi chiqib, islomning asl mohiyatini ochib bergan.
#9 2020 – yil 11 – avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy – tadqiqot markazi tashkil etildi.
Ibn Sino haqida faktlar
#10 Biz – o’zbek xalqi Imom Moturidiyning avlodlarimiz.

Ma'lumotlarning bir qismi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va O'zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi chiqargan qo'llanmalardan olindi.
Comments