Bahouddin Naqshband haqida faktlar

#1. Bahouddin Naqshband 1318 - yilda Buxoroda tug'ilib, 1389 - yili shu yerda vafot etgan.

#2. Alloma islom olamida "Balogardon", "Xojayi Buzurg", "Shoh Naqshband" nomlari bilan mashhur bo'lgan. 

Ibn Sino haqida faktlar

#3. Bahouddin ustozlaridan Qur'on, hadis, fiqh, aqida, tasavvuf va adabiyot kabi ilmlarni 35 yil davomida mukammal o'rgangan. 

#4. Bahouddin Naqshbandning tasavvuf ta'limotiga oid 10 ga yaqin asari shogirdlari orqali bizgacha yetib kelgan. 

#5. Bahouddin Naqshband sharofati bilan u tug'ilgan Qasri Hinduvon qishlog'i ilm-ma'rifat markaziga aylanib, Qasri Orifon deb atala boshlagan. 

#6. "Dil ba yor-u dast ba kor" shioriga amal qilib, matoga naqsh solish orqali kun kechirgani va qalblarni ma'nan jilolagani uchun Naqshband deb atalgan. 

Abu Bakr (RA) haqida ajoyib faktlar

#7. Alloma qo'lida 10 000 dan ortiq tasavvuf namoyandasi ta'lim olgan. 

#8. Allomaning ta'limoti asosida Movaraunahrda ahroriya va dahbediya, Hindistonda mujaddidiya, Turkiyada xolidiya kabi naqshbandlik tarmoqlari shakllangan. 

#9. Bahouddin Naqshband Xoja Yusuf Hamadoniy va Xoja Abduxoliq G'ijduvoniy tomonidan ishlab chiqilgan Haqqa yetishtirishning 8 qoidasini rivojlantirib, ularning sonini 11 taga yetgazgan. 

#10. Biz - o'zbek xalqi Bahouddin Naqshbandning avlodlarimiz. 

Krishtianu Ronaldo haqida top taktlar!

Bahouddin Naqshband
Foto manbasi

 

Manba

Ma'lumotlarning bir qismi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va O'zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi chiqargan qo'llanmalardan olindi. 

Comments