1. Abu Ali Ibn Sino 980-yilda Buxoroning Afshona qishlog’ida tug’ilib, 1037-yili Hamadon shahrida vafot etgan.
2. Alloma falsafa, tibbiyot, mantiq, musiqa va boshqa fanlarag doir 450 dan ortiq asar yozgan.

3. Alloma Yevropada “Avitsenna”, sharqda “Shayxurrais” nomlari bilan mashhur bo’lgan.
4. Sharq va G’arbda Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asaridan 700 yil mobaynida tibbiyot sohasida asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan.

5. Olim ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy bo‘lgan. U Notiliy qo‘lida mantiq, Handasa (Geometriya) va falakiyotni o‘rganadi va ba’zi falsafiy masalalarda ustozidan ham o‘zib ketadi. Ustozi uning ilmiga yuqori baho berib, yanada chuqurroq ilm olishni tayinlaydi.
6. Ibn Sino “Olimlar peshvosi” va “Tabiblar podshohi” kabi yuksak unvonlar sohibi bo’lgan.
7. Singan suyakni gipslash yo’li bilan davolash usuli ilk bor Ibn Sino tomonidan qo’llanilgan.

8. Insoniyat tarixida ko’z jarrohligi amaliyotini birinchilardan bo’lib Ibn Sino amalga oshirgan.
9. Alloma davolash jarayonida 540 dorivor o’simlikdan foydalangan bo’lib, ulardan 396 tasi hozir ham tibbiyotda keng qo’llaniladi.

10. Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik tabib Abu Mansur al-Xasan ibn Nuh al-Qumriyning xizmati katta bo‘lgan. Ibn Sino undan tabobat darsini olib, bu ilmning ko‘p sirlarini o‘rganadi.
11. Ibn Sino tibbiyotga oid asarlar yozibgina qolmay, Qur’oni karim suralaridan biri bo‘lgan “Ixlos” surasini boshidan oxirigacha arab tilida tarjima (tafsir) qilgani uni mufassir olim ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Ma'lumotlarning bir qismi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va O'zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi chiqargan qo'llanmalardan olindi.
Comments