Angliya haqida qiziqarli faktlar

# Angliya aslida Buyuk Britaniyaning bir qismi bo'lgan davlat ekanligini bilarmidingiz?

# U g'arbida Uels bilan, shimolda Shotlandiya bilan, g'arb va shimoli-g'arbdagi Irlandiya dengizi orqali Irlandiya bilan, janubda esa Kelt dengizi bilan chegaradosh.

# Angliya poytaxti London shahri bo'lib, hozirda bu shaharda 9,748,000 aholi yashaydi. 

# Angliya aholisi soni 2024-yilga kelib 67,961,439 kishiga yetgan.

# Angliyada 51 ta shahar bor bo'lib, ularning ichida eng katta shahar bu London shahridir. Angliyaning eng katta shahri London, Angliyaning eng kichik shahri esa London Shahridir.

# Angliya pul berligi funt sterlingdir va u £ belgisi bilan belgilanadi.

# Angliya ob-havosi o'zgaruvchandir. Bu joyning harorati qishda 2° C dan yozda 22 ° C gacha kuzatiladi. Angliyaning ob -havosi bashorat qilib bo'lmaydigan bo'lib doktor Samuel Jonson bu ob-havo haqida shunday degan:"ikki ingliz uchrashib qolishganda, ularning ilk gapi ob-havo haqida bo'ladi".   

Angliyaning mashhur joylari: 

Ko'pchilikka ma'lumki bu davlat ko'plab tarixiy joylarga ega. Quyida esa ularning ichida eng mashhurlari haqida bilib olishingiz mumkin: 

Stounxenj Angliyaning Uilshir shahridagi Solsberi tekisligida joylashgandir va bu toshlarni uzoqdan ko'rishingiz ham mumkin! Stounxenj ming yillar oldin qurilgan taxminan 100 ta toshdan iborat halqadir. Har bir toshning balandligi taxminan 4 metrdir. Toshlarning eni esa 2 metr bo'lib, og'irligi 25 tonna atrofida!

Tower of London (London minorasi) - dastlab 1070-yillarda Londonni himoya qilish va o'z kuchini ta'minlash uchun bosqinchi Uilyam tomonidan qurilgan. Bu minora yillar davomida qurilib borilgan va bizning davrimizga kelib u bir nechta binolarni o'z ichiga oladi.

Windsor Castle (Vindsor qal'asi) - Vindsor qal'asi dunyodagi eng qadimgi va eng katta qasr bo'lib, u turar joy sifatida ishlatiladi. Bu qal'a qirollik oilasiga tegishlidir va Vindzor shahri yaqinida Temza daryosi ustidagi qoyada joylashgan.

Buckingham Palace (Bukingem saroyi) - Buyuk Britaniyaning hozirgi qiroli yoki qirolichasining rasmiy Londondagi uyidir. Bu ish joyi, shuningdek, oilaviy uy. Bu, shuningdek, juda mashhur sayyohlik diqqatga sazovor joyidir.

Rum hammomlari - dunyodagi eng yaxshi saqlanib qolgan Rum xarobalaridir! Mazkur hammomlar dastlab miloddan avvalgi 70-yillarda qurilgan bo'lib, ularda odamlar kamida haftasiga bir marta cho'milishlari va muloqot qilishlari mumkin bo'lgan. Bugungi kunga kelib bu hammomlar odamlar tashrif buyurishlari va o'sha paytdagi hayot qanday bo'lganini ko'rishlari uchun muzeyga aylangandir.

The London Eye (London ko'zi) - Mingyillik g'ildiragi sifatida ham tanilgan bu joy Londondagi Temza daryosi yaqinida joylashgandir. The London Eye butun Buyuk Britaniyadagi eng mashhur pullik turistik diqqatga sazovor joy hisoblanadi! 

Kelib chiqishi angliyalik bo'lgan mashhurlar

Florens Nightingale
Stiven Xoking
Elton Jon
Uilyam Shekspir
Meri Enning
Valter Tull
Charlz Darvin
Markus Rashford
Jeyn Osten

Bolalar uchun Angliya haqida 10 ta qiziqarli fakt
# Futbol Angliyada eng mashhur sport turi bo'lib, undan keyin regbi va kriket turadi. Bu uchala sport turlari asli kelib chiqishi Angliyadir.

# Qirol Temza daryosidagi barcha oqqushlarga egalik qiladi. Ushbu qonunchilik oqqushlar boylik ramzi bo'lganligi va ziyofatlarda iste'mol qilinganligi sababli yaratilgan.

# Angliyada har yili pishloq o'rash musobaqasi o'tkaziladi! Gloster yaqinidagi Kuper tepaligida bo'lib o'tadigan an'ana kamida 600 yil tarixga ega ekanligiga ishoniladi. 

# Yozgi Olimpiya o'yinlari Londonda uch marta bo'lib o'tgan: 1908, 1948 va 2012 yillarda.

# Ingliz kompyuter olimi Tim Berners-Li Butunjaxon o'rgimchak turini (internetni)  ixtiro qilgan.

# Normand istilosidan keyin taxminan 300 yil davomida frantsuz tili Angliyaning rasmiy tili bo'lgan.

# Angliyaning milliy hayvoni sher bo'lib, bu hayvon jasoratni anglatadi.

# Angliyada dunyodagi eng qadimgi yer osti temir yo'l tizimi joylashgan. London metrosi 1863 yilda ochilgan.

# 2024-yilga kelib Angliyada yashovchilar soni tahminan 67,961,439 ga tengdir. 

 

 

Comments