Afg’oniston, rasmiy ravishda Afg’oniston Islom Respublikasi, dunyoda aholisi ko’pligi jihatidan 37-o’rinni egallaydi. Uning maydoni 652 230 kvadrat kv. km. Afg’oniston Janubiy Osiyoda dengizga kirish imkoniga ega bo’lmagan mamlakatdir. Uning poytaxti va eng yirik shahri Qobuldir. Rasmiy tillari pushtu va dari. Aholisi afg’on yoki afg’onistonlik deb ataladi. Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Eron, Pokiston va Xitoy kabi oltita mamlakatlar bilan qo’shni. Afg’oniston Osiyoda anorlari bilan mashhur. Quyida sizlarga Afg’oniston va afg’onlar haqida 32 ta qiziqarli faktlar taqdim etiladi:
Boshqalar o'qimoqda: Minorai Kalon haqida qiziqarli faktlar
1. Qobul nafaqat Afg’oniston poytaxti, balki u mamlakatning eng yirik shahridir.
2. Afg’oniston dengizga chiqish imkoniga ega bo’lmagan mamlakat bo’lib, u Eron, Pokiston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Xitoy Afg’oniston bilan chegaradoshdir.
3. Afg’oniston xalqi afg’onlar deb atalib, ularning pul birligi afg’onidir. Qizig’i, chet tillarida afg’onlar va afg’oni (pul birligi) bir xil talaffuz qilinadi va ba’zan odamlar o’rtasida tushunmovchiliklarga olib keladi.
4. Qishloq xo’jaligi afg’onlar uchun asosiy daromad manbaidir. Yana Afg’oniston tabiiy boyliklarga boydir va misol sifatida gaz va neftni keltirishimiz mumkin.
Boshqalar o'qimoqda: Turkmaniston haqida faktlar
5. “Buzkashi” – Afg’oniston milliy o’yini. Bu huddi bizning ko’pkari o’yiniga o’xshash o’yindir. O’yinda 2 guruh a’zolari otda mingan holda echkini olishga harakat qiladilar. Bu o’yin uzun tarixga ega bo’lib, o’ziga yarasha murakkab sport o’yini hisoblanadi.
6. Afg’oniston 1919 yilning 19 avgustida mustaqillikka erishadi. Afg’onlar Buyuk Britani bilan 3 ta urush olib borgandan so’ng mustaqillikka erishadilar. Inglizlar bu davlatni boshqarmaganlar va faqatgina mamlakatning tashqi siyosati ularning ta’siri ostida bo’lgan.
7. Afg’oniston so’nggi 10 yillikda yangiliklarda eng ko’p tilga olingan davlatdir.
8. Yangi yilni afg’onlar huddi o’zbeklar kabi 21 martda nishonlaydilar. Bu bayramni ular huddi bizdagidek “Navro’z” deb ataydilar. Bu sharqona bayramda minglab sayohatchilar Mazori-Sharif shahrida yig’ilishadi va uni shu yerda nishonlashadi. Shahar markazida masjid bor. Masjid ko’rinishini quyidagi suratda ko’rishingiz mumkin.
9. Mobil telefon aloqasi qamrovi mamlakat hududining 90% dan ko’prog’ida mavjud. Mobil telefonlar kishining obro’ sini belgilaydi.
10. Afg’onlar she’rxonlik kechalarini janubiy Hirotda nishonlaydilar. Turli yoshlardagi insonlar u yerda to’planishib zamonaviy she’rxonlik va choy bilan birga shirinliklardan rohatlanadilar.
11. Makedoniyalik Aleksandr eramizdan avvalgi 330 yilda Hirot shahrini bosib oladi. Aleksandr u yerda qadimiy qal’a qurdiradi. Aleksandrning Balx viloyatidan bo’lgan ayoldan farzandi bo’lgan.
12. Qandahor aeroporti bir vaqtlari haftasiga 1700 dan 5000 gacha reyslarni o’z ichiga olgan dunyodagi eng yirik uchish-qo’nish yo’lagi bo’lgan.
13. Dunyodagi eng katta Budda haykallarining ikkitasi ilk bor Afg’onistonda qurilgan. Bu haykallar 2001 yilda toliblar tomonidan yo’q qilingan.
14. Yog’ bilan chizilgan ilk suratlar “Bamiana” g’orida yozilgandir. Mazkur suratlar eramizdan avvalgi 650 yillarga tegishlidir.
15. Islom dini kelishidan avval Afg’onistonda ikkita dinlar buddizm va zoroastrizm dinlari mavjud bo’lgan.
Boshqalar o'qimoqda: Makka haqida bilishingiz lozim bo'lgan faktlar
16. Afg’onistonda 1992 yildan 1996 yilgacha bo’lib o’tgan fuqarolar urushi davrida 50000 ga yaqin inson nobud bo’lgan deb baholanadi.
17. 2004 yilda esa Hamid Karzay birinchi bo’lib demokratik saylov orqali prezident sifatida saylanadi.
18. Afg’oniston so’zi afg’onlar yeri ma’nosini beradi.
19. Afg’onistonning buyuk ipak yo’lida joylashuvi unga turli iqtisodiy va madaniy afzalliklar bergan.
20. Afg’onistonning ikki rasmiy tillaridan biri bo’lgan pushtu Zahir-shox hukmronligi davrida Afg’onistonning milliy tili deb e’lon qilinadi. Dari (fors tili), yana bir rasmiy tildir va u doim davlat va biznes sohalarida ishlatilinib kelingan.
21. Juma kuni Afg’onistonda ko’pgina do’konlar va tashkilotlar yopiq bo’ladi. Bu kun dam olish kuni bo’lib musulmonlar uchun muqaddas kun deb sanaladi.
22. Ramazon oyi davomida ro’za tutish va ibodat qilish shartdir, ammo, chet elliklar, kasallar, sayohat qilayotganlar va boshqa shu kabi insonlar bundan mustasnodir.
Boshqalar o'qimoqda: Marokash haqida qiziqarli ma'lumotlar
23. Huddi o’zbeklardagi kabi afg’on diyorida mehmondorchilik madaniyatning eng muhim ko’rinishlaridan biridir. Mehmonlarga yuksak hurmat ko’rsatilib, uydagi eng shirin va mazali yeguliklar ularga tortiladi.
24. Nomahram ayollar va erkaklar bir biriga tikilib qarashi joiz emas.
25. Keyingi yillarda baholanishicha, bu diyorni 2,6 milliondan oshiq afg’onlar tark etib, boshqa davlatlarda qo’nim topishgan.
26. Afg’on oilasiga mehmonga kelgan kishiga eng yaxshi taom beriladi va mehmon oldidagi idishni taom bilan to’ldirishga alohida e’tibor beriladi.
27. Taomlanayotgan vaqtda to’g’ri o’tirish lozim ya’ni oyoqlaringizni cho’zmasdan, yig’ishtirib o’tirganingiz odobdir.
28. Afg’onistonning umumiy maydoni 652 230 kv. km.
29. Mamlakatda yashayotgan insonlarning 80% sunniylar, 19% shialar va 1% boshqa dindagilardir.
30. Afg’on milliy mustaqillik bayrami 19 avgustda nishonlanadi.
31. Gilmend daryosi mamlakatdagi eng uzun daryo hisoblanadi.
32. Afg’on gilamlari dunyoda juda mashhur.
Asosiy surat manbasi: www.pinterest.com
Thefactfile.org dan tarjima qilindi va tahrirlandi
Comments