Turkmaniston haqida faktlar

#1. Turkmaniston fuqarolari uchun gaz, svet, tuz va ichimlik suvi davlat tomonidan bepul beriladi degan tushuncha 2019-yilning 1-yanvarida bekor qilingan. Endilikda bu davlat fuqarolari ham yuqoridagilar uchun to'lov qiladilar. 

Turkmaniston gazi
Foto
Toshkent tarixi haqida faktlar

#2. Turkmanistonning ilk prezidenti Saparmurat Niyazov shu davlatning eng oliy mukofoti "Turkmaniston qahramoni" bilan taqdirlangan. Saparmurat Niyazovning suratlari va haykallarini davlatning har joyida, tez-tez ko'rish mumkin. Ayrim ma'lumotlarda keltirilishicha Saparmurat Niyazovning Turkmaniston hududida 14000 dan ortiq haykallari bor. 

Saparmurat Niyazov
Foto

#3. Bu davlat gaz zahiralari bo'yicha MDH (Mustaqil davlatlar hamdustligi) davlatlari ichida Rossiyadan keyin 2-o'rinda turadi. Jahon bo'yicha esa Rossiya, Eron, Qatardan keyin 4-o'rinni egallab turibdi. 

Makka haqida bilishingiz lozim bo'lgan faktlar

#4. Markaziy Osiyoda ot go'shtini yemaydigan yagona davlat bu Turkmanistondir. Bu millat otga chuqur xurmat ko'rsatib, uning go'shtini iste'mol qilmaydi. Ot go'shtini iste'mol qilishni man qilgan qonun 1986-yilda chiqarilgandir. 

#5. 1971-yilda Darvoza qishlog'ida gaz qudug'ini burg'ulash davomida sovet geologlari g'ayritabiiy hodisaga duch keladilar. Quduq o'rnida yer o'pirilib, bo'shliq hosil bo'ladi va shu joyda yuqori bosimda gaz chiqishni boshlaydi. Geologlar bu yerdagi zaharli gazni havoga chiqib ketmasligi uchun unda olov yoqishadi. Shundan so'ng, mahalliy aholi bu joyni "do'zax darvozasi" deb atay boshlaydilar. Bu chuqurlikning diametri 60 metr, chuqurligi 20 metr, olov balandligi esa 10-15 metrga teng.

Turkman gazi
Foto
Indoneziya haqida faktlar

#6. Kaspiy dengizining eng sho'r joy Turkmanistondagi qora bo'g'ozdagi ko'rfazidir. Lekin bu ko'rfazning sho'rligi Kaspiy dengizning sho'rligidan butunlay farq qiladi. Qora bo'g'oz sho'rligi glober tuzi ya'ni, meraglyutning ko'pligi bilan bog'liq. Bu degani bu yerdagi suv hattoki -10⁰  da ham muzlamaydi. 

#7. Turkmaniston gilamlari butun dunyoga mashhurdir. Ashhobodda dunyodagi yagona gilam muzeyi mavjud. Muzeyning eng qimmat yodgorligi 1942-yilda to'qilgan, maydoni 193 kvadrat metrni tashkil qiladigan gilamdir. 1996-yilda turkman gilamdo'stlari maydoni 266 kvadrat metr va og'irligi yarim tonna keladigan 2-yirik gilamni to'qishdi. Nihoyat 2001-yil 301 kvadrat metrli, og'irligi 1 tonnayu 200 kilogram keladigan gilamni to'qishdi. Bu voqea esa Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan.   

Turkman gilamlari
Foto

#8. Turkmaniston sobiq ittifoqning barcha davlatlari aholisi ushbu mamlakatga tashrif buyurishi uchun viza talab qiladigan yagona davlat hisoblanadi. 

Shveysariya haqida qiziqarli faktlar

#9. Turkmanistonning o'ziga yarasha faxri bu Ahal Teke otlaridir. Bu ot davlat gerbi va pul banknotlarida tasvirlangandir. Bu otlar o'zlarining rekordlari bilan ham mashhurdirlar. Ya'ni ular 2 metr 20 santimetrgacha sakrab Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilganlar. Ahal Teke otlari hech qachon poda bo'lib boqilmaydilar. Bu otni sotib olmoqchi bo'lsangiz, hisobingizda tahminan 3 million dollar bo'lishi kerak. 

Ahal Teke otlari
Foto

Surat manba

Ma'lumotlar manba

 

Comments