Marokash haqida qiziqarli ma'lumotlar

Jazoir, Liviya, Tunis va Marokash-bu ekzotik afrika mamlakatlari qadim zamonlarda bir so‘z bilan-MAGʻRIB deb etalgan. 
Marokash- bu islom dunyosining eng g‘arbiy mamlakatidir. 

Xiaomi haqida siz bilmaydigan faktlar

Xo‘sh Marokash haqida biz nimalarni bilamiz?  Bu ajoyib mamlakat haqida faqat bir nechta ma'lumotlarni bilamiz holos. Keling, siz bilan bu davlat haqida ba'zi bir qiziqarli ma'lumotlarni ko'rib chiqamiz. 
Marokash qirg‘oqlarini Atlantika okeani va O‘rtayer dengizi yuvub turadi. Marokash tarixi juda qadimgi bo‘lib, u o‘z ichiga ming yillarni oladi. Marokashda odamlar bundan 5000 yil oldin ham yashagan ekanlar, berberlar esa Marokashda 3000 yil oldin paydo bo‘lganlar.
Tahminan  er. av. 800 yillarda Marokash hududiga finikiyaliklar ko‘chib keladilar va Marokash tarixiga ulkan ta’sir ko‘rsatadilar. Bir necha asrlar o‘tib Marokash Rim imperiyasi ta’siriga tushib qoladi. Arablar Marokash hududlariga 7-asrda kirib keladilar. Berberlar islom dinini qabul qiladilar. Nasarolar Pirineydan musulmonlarni haydab chiqargach, Marokashni portugaliyalik mustamlakachilar ishg‘ol qiladilar. 1800 yilga kelib Marokash hududiga fransuzlar va ispanlar talabgor bo‘la boshlaydilar.

Umar ibn Hattob haqida faktlar

Marokash xozirgi kunda mustaqil qirollik mamlakatidir. U BMT va Arab Davlatlar Ligasiga kiradi.

Marokashliklar uchun or-g‘urur, mardlik kabi xususiyatlar juda muhim rol o‘ynaydi. Ular uchun bu tuyg‘ular oddiy so‘zlar emas.  Marokashliklar nafaqat o‘z sharaflari, balki oilasi sharaflari uchun ham qattiq kurashadilar. Marokashliklar uchun eng yomon narsa bu o‘zi va oilasining nomini bulg‘anishidir, ular uchun bu o‘lim hisoblanadi. Shuning uchun Marokashliklar chet ellardan kelgan yolg‘iz yurgan turistlarga ajablanadilar. Chunki Marokashliklar uchun oilasiz safarga chiqish bu g‘alati odatdir.

Marokash islomiy  mamlakat bo‘lgani uchun  erkaklar ko‘p xotin olishlari mumkin, lekin iqtisodiy  ahvol tufayli  Marokashda ko‘pxotinlik kam uchraydi. Marokash  aholisi islom bayramlarini juda keng nishonlaydilar. Ular Ramazon, Id-as-Sag‘ira  bayramlari bilan  birgalikda Xalq san’ati festivali, Al-Qala M'Gunadagi "Atirgullar festivali",  Sefridagi" Olchalar festivali ",  Gulimindagi" Tuyalar festivali",  Tisdagi "Otlar festivali"larini juda keng nishonlaydilar. 

Suratda: Marokashning shimoliy-sharqida joylashgan Fes shahri.

 

Manba

Uzbek

Comments