# Asalarilar gullar, meva va sabzavotlar uchun juda muhim changlatuvchilardir. Ularning bu harakati esa boshqa o'simliklarning o'sishiga yordam berishini anglatadi!
# Asalarilar uyalarda yashaydilar va uyada yashovchilar 3 turga bo'linadi:
Qirolicha: bitta malika butun uyani boshqaradi. Uning vazifasi asalarilarning keyingi avlodini dunyoga keltiradigan tuxum qo'yishdir. Malika boshqa asalarilarning xatti-harakatlarini boshqaradigan kimyoviy moddalarni ham ishlab chiqaradi.
Boshqalar o'qimoqda: Sher haqida top faktlar
Ishchilar: bularning barchasi urg'ochi bo'lib, ularning vazifalari oziq-ovqat olish (gullarning gulchanglari va nektarlari), uyani qurish va himoya qilish, qanotlarini bir-biriga urish orqali havoni aylantirishdir. Ishchi arilar insonlar uyaning tashqarisida uchayotganini ko'rgan yagona asalarilardir.
Dronlar: Bu erkak asalarilar va ularning maqsadi yangi malika bilan juftlashishdir. Bahor va yoz oylarida bir uyada yuzlab erkak asalarilar qo'nim topadilar. Ammo qish kelishi bilan bu dron asalarilar uyadan chiqarilib yuboriladilar.
# Asalarilar yig'gan asallari aslida qishga zahira sifatida to'playdilar. Baxtimizga bu kichik mavjudotlar asalni o'zlariga kerak bo'lganidan 2-3 baravar ko'proq ishlab chiqaradilar.
Boshqalar o'qimoqda: Kabutarlar haqida ajoyib faktlar
# Ona asalari: Ona asalari tanasi uzunligi 20 — 25 mm, vazni 200 — 250 mg, bahordan kuzga qadar tuxum qoʻyish va oilani boshqalari vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yigʻuvchi apparatining yukligi bilan farq qiladi. Ona asalarining jinsiy aʼzolari rivojlangan. 5 yilgacha yashaydi (tajribali asalarichilar onalari har ikki yilda yangilab turadilar). Bir sutkada 2 — 2,5 mingtagacha tuxum qoʻyadi.
# Apilak, asalari suti — ishchi asa-larilarning beli va ko‘krak qismidagi bezlarda ishlab chiqariladigan suyuqlikdan tayyorlanadigan oq yoki sarg‘ish quruq kukun.
# Asal yashash uchun zarur bo‘lgan barcha moddalar (suv, minerallar, turli fermentlar va boshqalar) ni o‘zida mujassam etuvchi yagona tabiiy mahsulot hisoblanadi.
# Asalarilar onglilik darajasi bo‘yicha Dunyodagi barcha mavjudodlar ichida 2-o‘rinda turadi (1-o‘rinda inson).
# Asalarilar bir-biriga qayerda gulzorlar mavjud ekanligini "raqs tushish" orqali tushuntiradi. Ular gulzorlarni aniqlaganda iniga qaytib, o‘zining turli harakatlari bilan gulzor aynan qayerda, qancha uzoqlikda ekanligini boshqalarga tushuntiradi. Bu harakatlar fanda "asalari raqsi" deyiladi.
Boshqalar o'qimoqda: Mushuklar haqida top 11 fakt
# Har bir asalari jamoasida faqat shu jamoa asalarilariga xos hid mavjud bo‘lib, jamoa a’zolari bir-birini shu hid orqali tanib olishadi.
# Asalari oziq qidirish jarayonida kun bo'yi 12 gektarga yaqin maydonni uchib o'tadi.
# Odam yuzta asalari baravar chaqsa, albatta o'lim topadi.
# Asal kosmonavtlar va g'avvoslarning iste'mol qilishi shart hisoblangan taomlaridan biri hisoblanadi.
# Bir kilogramm asal yig'ish uchun asalari 10 millionta gulni changlashi talab etiladi. Bir asalari esa bir kunda yetti mingtadan ziyod gulni changlashga ulguradi.
Boshqalar o'qimoqda: Chayonlar haqida hayratlanarli faktlar!
Asosiy surat manbasi
Manba: asalarichilik1.zn.uz
Manba: beekeepers.uz
Manba: natgeokids.com
Comments