# Eyfel minorasi 1930 yilgacha inson tomonidan yaratilgan eng baland inshoot sanalgan.
Eyfel minorasi taxminan qirq yil davomida dunyodagi eng baland sun'iy inshoot sanalgan. Eyfel minorasi balandligi 300 metr bo'lib 1930 yildan boshlab u Nyu-Yorkdagi Chrysler Building va Empire State Building inshootlaridan balandlik bo'yicha oshib ketadi.
Boshqalar o'qimoqda: Nyu-York haqida qisqa faktlar
# Eyfel minorasini qurish uchun ketgan harajat. 1889-yilda qurilgan bu minoraga o'sha vaqtlarda 1.5 million dollar mablag' ishlatilgan.
# Mazkur minora Fransiyaning poytaxti Parijda joylashgan bo'lib u hali ham Parijdagi eng baland inshootdir.
# Minora nomi mazkur loyihani yaratgan Gustav Eyfel sharafiga nomlangan. Gustav Eyfel Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalini loyihalashda ham yordam bergan.
Boshqalar o'qimoqda: Marokash haqida qiziqarli ma'lumotlar
# Eyfelni qurish uchun atigi 2 yildan ortiq vaqt ketgan. Qurilish 1887 yil yanvarda boshlanib, 1889 yil martda tugallanadi. Biroq minora tepasiga liftlarni o'rnatish uchun yana ikki oy kerak bo'ladi. Minorani eng yuqorisiga chiqmoqchi bo'lgan ilk 30000 tashrifchi yuqoriga piyoda ko'tarilishgan.
# Har yili Eyfel minorasiga 7 millionga yaqin odam tashrif buyuradi. Bu albatta juda ham ko'p turistlar degani bo'lib o'z-o'zidan minora orqali Fransiya mo'maygina daromad ko'radi.
Boshqalar o'qimoqda: Qiziqarli tarixiy faktlar
# Dunyoning ko'pgina shaharlarida Eyfelning nusxalari bor. Eyfel minorasining dizayni shu qadar mashhur bo'ladiki, shunga o'xshash minoralar Blekpul, Tokio va Las-Vegasda qurilgan.
# Minora har yetti yilda qayta bo‘yaladi. Minora bo'yalishining asosiy sababi bu uning temirlarini zanglashdan to'xtatishdir.
# Eyfelning ikkinchi nomi "Temir xonim" dir. Balki minoraga bunday nom qo'yishlarining sababi uning 7300 tonna temirdan yasalganligidir.
Boshqalar o'qimoqda: Quritilgan mevalar foydasi
Mazkur ma'lumotlar quyidagi manbalardan tarjima qilindi va tahrirlandi:
Комментарии