☑️Tinchlantiruvchi vosita sifatida
Tinchlantiruvchi vosita sifatida romashka choyi kuniga 2-3 stakan ichish kerak. Bu dam olishga, tezroq uxlab qolishga, depressiyadan xalos bo‘lishga va stressdan keyin moslashishni tezlashtirishga yordam beradi.
Boshqalar o'qimoqda: Suyak sho'rvaning foydalari qanday?
☑️Qandli diabet uchun
Qandli diabet uchun romashka ichimligini muntazam iste’mol qilish qon shakar darajasini sezilarli darajada kamaytiradi, uni bir holatda ushlab turadi, bu esa bemorning ahvolini yaxshilaydi.
Boshqalar o'qimoqda: Nimaga nokni har kuni yeb turish kerak?
☑️Tomoq ogʻrishi yoki shamollashning oldini olish hamda ularni bartaraf etishda moychechak damlamasi bilan tomoqni chayish samarali hisoblanadi. Buning uchun quritilgan romashka gullaridan 4 osh qoshigʻini olib, yarim litr suvga solib, 45 daqiqa davomida dam beriladi. Va suzib olinadi-da, ogʻiz sohasi shu damlama bilan kuniga 4-5 mahal gʻar-gʻara qilinadi.
☑️Moychechak buyraklar salomatligini taʼminlashda, uni turli zaharli moddalardan tozalashda ham foydalaniladi. Buning uchun oshqovoq va zigʻir urugʻlari, dalachoy oʻti, moychechak gullaridan 1 osh qoshiqdan olib aralashtiring va 0,5 l. qaynoq suvda 30-40 daqiqa davomida damlang. Soʻng tindiring va tayyor damlamani 4 qismga boʻling. 5 kun davomida ovqatlanishdan oldin 1 soat oldin iching.
Moychechak uchun ham qarshi koʻrsatmalar mavjud!
Tibbiy preparatlarda boʻlgani kabi dorivor oʻsimliklarda ham isteʼmol qilish mumkin boʻlmagan holatlar borligini ham unutmaslik lozim. Har qanday dorivor oʻsimlikda boʻlgani kabi moychechak (romashka) ham baʼzi insonlarda allergiya chaqirish xususiyatiga ega. Agar oshqozon buzilishi, yuz va tanaga toshma toshishi kabi holatlar kuzatilayotgan boʻlsa, demak, moychechak damlamasini ichishni toʻxtatish hamda shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Bundan tashqari, moychechakli choyni tinchlantiruvchi va siydik haydovchi preparatlar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Sababi moychechak damlamasi ham xuddi shu dori vositalari singari tinchlantiruvchi hamda buyrak ishini faollashtiruvchi xususiyatlarga ega. Agar siz antidepressantlar qabul qilayotgan boʻlsangiz, moychechakdan tayyorlangan choy ichishingiz mumkin emas. Sababi moychechakli choy uning miqdorini (dozasi) oshirib yuborishi mumkin.
Moychechakli choyni uzoq vaqt ichish ham bosh ogʻrigʻi va holsizlikni paydo qilishi mumkin. Shuning uchun ham oʻz taningizga quloq soling va tanaffuslarga amal qiling.
Kimning qon bosimi past boʻlsa, moychechakli choy ichishi mumkin, ammo koʻp miqdorda emas. Chunki u qon bosimini tushirish xususiyatiga ham ega. Shunday ekan, har qanday tibbiy muolaja oldidan, albatta, shifokor koʻrigidan oʻtish hamda maslahatlashish lozim.
Manba: avitsenna.uz
Manba: Shifo_uz_tv
Comments