Kompyuterda ishlaydiganlar qachon tanaffus qilishi kerak?

Nimaga kompyuterda ishlaydiganlar har 20 daqiqada tanaffus qilishi kerak?

— Kompyuter oldida uzoq vaqt ishlash ko‘z zo‘riqishiga, bo‘yin va umurtqa muammolariga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli, mutaxassislar 20-20-20 qoidasi" ga amal qilishni tavsiya qilishadi. Ya’ni, har 20 daqiqada ekrandan ko‘zingizni uzib, 20 soniya davomida 5-6 metr uzoqlikdagi nuqtaga qarash kerak. Bu usul ko‘z zo‘riqishining oldini oladi va diqqatni tiklashga yordam beradi.

Boshqalar o'qimoqda: Nimaga narsalarni qayerga qoʻyganimizni unutib qoʻyamiz?

— Bundan tashqari, uzoq vaqt bir joyda o‘tirish umurtqa va mushaklarga bosim beradi. Har 20 daqiqada tanaffus qilib, bir oz harakat qilish qonni yaxshi aylanishiga va charchoqni kamaytirishga yordam beradi. Natijada ish samaradorligi oshadi va ruhiy charchashning oldi olinadi.
 

Comments