Youtubegi eng birinchi video

2005 yilning 23 aprelida Youtube videohostingiga ilk video yuklanganligi haqida bilarmidingiz? 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/jNQXAC9IVRw" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

16 yillik video rolik shu videohostingning asoschisi biri bo'lgan Javed Karim tomonidan yuklangandir. 

Ilk video 18 sekund davom etadi. Video rolikning nomi "men zooparkdaman" bo'lib Karimning youtube kanalida yagona videodir va u shu vaqtgacha 90 milliondan ortiq marta ko'rilgan. 

Qayd etilishicha ushbu video rolik yuklangan vaqtidan bir yil o'tib Youtube Googlega 1,65 milliard AQSH dollarida sotilgan. 

Hozirda Youtube platformasiga bir oyda 2 milliarddan ko'p odam tashrif buyuradi. 

Comments