Shekspir haqida faktlar

To'liq ismi: Uilyam Shekspir.
Tug'ilgan: Aniq sana noma'lum
Shahar: Stratford-apon-Avon, Angliya.
Faoliyati: dramaturg, aktyor va shoir.
Vafot etgan: 1616 yil 23 aprel.
 

# Uilyam Shekspir hayoti davomida teatr uchun 37 ga yaqin pyesalar va 150 dan ortiq she'rlar yozgan! Lekin bu aniq dalillar emas, sababi uning ba'zi asarlari vaqt o'tishi bilan yo'qolgan bo'lishi mumkin - va ba'zilari boshqa odamlarning yordami bilan yozilgan bo'lishi mumkin.

# Uilyam 1564 yilda Angliyaning Stratford-apon-Avonda tug'ilgan. U qo‘lqop tikuvchi va charm ishlovchi Jon Shekspirning 8 farzandidan biri edi. 

# 1585-yilda sirli Shekspir tarixiy qo'lyozmalarda taxminan etti yilga g‘oyib bo‘lgan! Tarixchilar ko‘pincha bu davrni yozuvchining "yo‘qolgan yillari" deb atashadi...

# Shekspir ijodining ikkinchi davri 1601-1608 yillarga to'g'ri keladi. Bu davrda buyuk dramaturg ijodining shoh asarlari sifatida tan olingan 'Hamlet' (1601), 'Otello' (1604), 'Qirol Lir' (1605), 'Makbet' (1605),'Antoniy va Kleopatra' (1606), 'Koriolan' (1607),'Afinalik Timon' (1608) fojialari dunyoga keldi.

# Umrinig so'nggi yillarida Vilyam Shekspir Londonni tark etib ona shahriga qaytadi va 1616 yilda aynan tug'ilgan kuni - 23 aprelda vafot etadi.

Shekspir haqida g'alati va qiziqarli faktlar:

  • Uilyam Shekspir 23 aprelda tug‘ilib, aynan 23 aprelda vafot etgan. Uning Gamlet ismli o‘g‘li bo‘lgan.
  • Mauritsio Otello degan shaxs Shekspir davrida haqiqatan ham Italiyada yashagan. Lekin, u oq tanli, italiyalik dengiz kapitani
    bo‘lgan.
  • Shekspir asarlari eski ingliz tilida yozilgan. Ularda qarg‘ish va qo‘pol so‘zlar ko‘p bo‘lib, o‘sha zamonlarda zodagonlar oilasida
    uning asarlarini o‘qish madaniyatsizlik belgisi bo‘lgan. (manba)

 

Ma'lumotlarni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi:

National Geography Kids

Ziyouz.com

 

Comments