Ruchka haqida ehtimol siz bilmaydigan ko'plab faktlar
#1. Bitta ruchka taxminan 45 000 so'z yozishi mumkin.
#2. Dunyodagi eng kichik ruchkasi "Nanofountain Probe" deb ataladi. Olimlar undan nano o'lchamdagi chiplarda naqsh yaratish uchun foydalanadilar. Ushbu qurilma ishlab chiqaradigan chiziqlar atigi 40 nanometr kenglikda bo'ladi.
Arab xurmosini tez-tez iste'mol qilishga 10 ta sabab
#3. Dunyodagi eng katta ruchka 2011-yilda Acharya Makunuri Srinivasa tomonidan yaratilgan sharikli ruchka hisoblanadi. Uning balandligi 5,5 metr, og‘irligi 37 kilogramm. U Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan va juda chiroyli ko'rinishga ega.
#4. Ixtiro qilingan birinchi ruchka haqidagi eng qadimgi yozuvlar miloddan avvalgi 3000 yilga to'g'ri keladi. Qadimgi misrliklar papirusga yozish mumkin bo'lgan birinchi ruchkalarni yaratadilar. Ular ruckani yog'och va bambuk somonidan, siyohni esa asal mumi bilan birlashtirgan holda yasaganlar.
Xiaomi haqida siz bilmaydigan faktlar
#5. Milodiy 700-yildan 1700-yillargacha ruchka asosiy yozuv asbobi boʻlgan. Oqqush patlaridan boy insonlar ruchka sifatida foydalangan bo'lsalar, oddiy odamlar g'oz patlaridan foydalanganlar, chunki oqqush patlarini topish qiyin va ular qimmat edi. Yupqa chiziqlar uchun qarg'aning patlari ishlatilgan.
#6. Siyoh idishi bo'lgan ruchka g'oyasi 973 yilda Afrika xalifasi Ma'ad al-Muizz tomonidan o'ylab topilgan. U qo‘llari va kiyimlariga siyoh to‘kilsa, nafratlanib, qo'l ostidagilarga uning muammosini hal qila oladigan ruchka ixtiro qilishni buyurdi. Natijada bugungi kunda biz ishlatadigan zamonaviy dizaynga juda o'xshash favvora ruchka paydo bo'ladi.
#7. Odamlar ruchkalardan 1700-yildan beri foydalanayotganligi haqida dalillar mavjud bo'lsa-da, ruchka aslida kechroq ya'ni 1888 yilda patentlangan edi. Patent egasi Jon Loud. Bugungi kunga qadar u asl sharli qalam ixtirochisi sifatida e'tirof etiladi.
#8. Biro ruchkasi, ya'ni britaniyalik sharikli ruchka, nomini o'z ixtirochisi - Laszlo Birodan oldi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni ko'rinishlari haqida 69ta fakt
#9. Sharikli ruchkalarning ko'p turlari mavjud. Ulardan eng keng tarqalganlari sharikli ruchka (biro ruchka), gel ruchka, favvora ruchka, cho‘tka ruchkasi va marker ruchkasi.
#10. Eng uzoq tarixga ega bo'lgan ruchka bu M. Bion tomonidan 1702 yildan qolgan favvora ruchkasidir.
#11. Yiliga 100 dan ortiq odam ruchka qalpoqchalari sababli vafot etadi. Eng ko'p tarqalgan holat esa, odamning ruchka qalpoqchasini og'ziga solib o'ynashidir. Ya'ni qalpoqcha behosdan yutib yuboriladi va insonning o'limiga sabab bo'lib qoladi. Shu sababli ko'pgina ruchka ishlab chiqaruvchilar qalpoqchani maxsus teshikli qilib ishlab chiqaradilar va bu ish orqali baxtsiz xodisaning oldini oladilar.
# 12. Inson qo'liga ruchka berilsa u birinchi bo'lib o'z ismini yozadi. Bu holat 95% insonlarda uchraydi.
Manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi
Comments